3-§. Milliy xavfsizlikning subyekti, ob’ekti hamda uni ta’minlash
sohasidagi davlat siyosati
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlaboq tezkor, puxta
tayyorgarlik ko’rgan va zamonaviy qurollangan armiyani tashkil etish
harbiy qurilishning bosh yo’nalishiga aylandi.Mintaqamizdagi tez sur’atlar
bilan o’zgarib borayotgan ijtimoiy-siyosiy va harbiy vaziyatdan kelib
chiqqan holda, armiyani isloh qilish bo’yicha yangi prinsiplar negizida
Qurolli Kuchlarni barpo etish va tashkil qilishga asoslangan, xavfsizlikka
tahdid soladigan real xavf-xatarlarni nazarda tutadigan uzoq muddatga
mo’ljallangan dastur shakllantirildi.
Ushbu dasturni amalga oshirish jarayonida milliy armiyamiz
tashkiliy jihatdan yangicha tarkibiy tuzilishga ega bo’ldi, qisqa muddatda
harbiy okruglar, chegaraviy mintaqalar tashkil etildi, Qurolli Kuchlarni
boshqarishning butun tizimi, birlashma va qismlarning tarkibi hamda
2
И
.
А
.
Каримов
.
Хавфсизлик
ва
барқарор
тараққиёт
йўлида
.
Т
.6.-
Тошкент
.: ”
Ўзбекистон
”, 1998.-
Б
.37.
3
Ш
.
М
.
Мирзиёев
Миллий
тараққиёт
йўлимизни
қатъият
билан
давом
эттириб
,
янги
босқичга
кўтарамиз
. “
Халқимиз
биздан
қонун
ва
адолат
усуворлигини
амалда
таъминлашни
кутмоқда
” –
Прокуратура
ходимлари
ва
фахрийлари
билан
учрашувдаги
маъруза
. 2017
йил
7
январь
. 207
б
.
727
joylashuvi qayta ko’rib chiqildi, qo’shinlarning moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash, ularni zamonaviy qurol-yarog’ va texnika bilan ta’minlash
bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi
1
.
Milliy xavfsizlik subyekti, ob’ekti va bu boradagi siyosat. Mamlakat
xavfsizligini ta’minlash davlatning bosh vazifalaridan biri bo’lib, aynan
shu soha uning qonunchilik asoslarini yaratadi, moddiy-moliyaviy va
kadrlar resursi safarbarligini, zarur boshqaruv mahkamasini, maxsus
xizmatlarni, Qurolli Kuchlarni tashkil qiladi va ta’minlaydi.
Xavfsizlikni ta’minlash mamlakatni rivojlantirishning muhim sharti,
xalqaro munosabatlar sohasida, milliy manfaatlar va ustuvor vazifalarni
belgilashda davlat siyosatining tarkibiy qismi va mezoni hisoblanadi.
Ushbu sohada davlat siyosati quyidagi masalalarni o’z ichiga oladi:
tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy faoliyatda milliy manfaatlarni himoyalash
strategiyasini aniqlash; O’zbekiston Respublikasining hayotiy muhim
manfaatlariga tahdidlarni aniqlash, baholash, tahlil etish va bu tahdidlarga
qarshi kurash; milliy xavfsizlikka tahdidlarni bartaraf etish uchun zarur
bo’lgan mexanizmlar, tezkor tadbirlar va resurslar bilan ta’minlash; shaxs,
jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish kafolatlari tizimini
kengaytirish; milliy xavfsizlikni ta’minlash tizimini va tegishli qonunchilik
bazasini takomillashtirish.
Milliy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat siyosati mamlakat
va butun dunyodagi vaziyatning, Konstitutsiyada belgilangan, hozirgi
davrning alohida xususiyatlari, jug’rofiy-siyosiy omillarning, Markaziy
Osiyodagi vaziyatning va tashqi siyosatdagi xalqaro huquqning
umume’tirof etilgan prinsiplari va normalaridan kelib chiquvchi ustuvor
vazifalarning chuqur va har tomonlama tahlilini hisobga olgan holda
quriladi.
Hayotiy muhim milliy manfaatlarni turli ko’rinishdagi ichki va tashqi
tahdidlardan kafolatli himoya etish milliy xavfsizlikning mazmun-
mohiyati hisoblanadi.Milliy xavfsizlikning ob’ekti quyidagilardan
iborat:inson - uning huquq va erkinliklari;jamiyat – uning ma’naviy va
moddiy boyliklari;davlat – uning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va
hududiy yaxlitligi.
Inson, milliy xavfsizlik ob’ekti sifatida eng yuksak qadriyatdir. Shu
boisdan uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati har doim birinchi
1
Каримов
И
.
А
.
Ўзбекистоннинг
16
йиллик
мустақил
тараққиёт
йўли
.
Тошкент
.: “
Ўзбекистон
”,
2007. –
Б
. 21.
728
o’ringa qo’yiladi. Aslini olganda ham, shaxsning xavfsizligi va manfaatlari
shu yo’nalishdagi davlat siyosatini tushunishda hal qiluvchi
mezondir. Jamiyat va davlat tomonidan olib borilayotgan faoliyatning
ta’sirchanligi shaxs hayotining daxlsizligi va xavfsizligi davlat tomonidan
qay darajada ta’minlanishi orqali ayon bo’ladi.
Jamiyat xavfsizligi yoki “ijtimoiy xavfsizlik”ni milliy
xavfsizlikdan ayri holda tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu – uning tarkibiy
qismidir. Jamiyat xavfsizligiga tahdid ijtimoiy munosabatlarga, ijtimoiy
turmush tarziga, ma’naviy negizlarga va madaniy-moddiy qadriyatlarga,
fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlariga, boshqaruv tartibiga, jamoat
tartibi va boshqalarga iqtisodiy, ekologik, harbiy zarar yetkazadi.
Ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, madaniy, axloqiy, huquqiy, diniy va boshqa
turdagi munosabatlar tizimidan iborat jamiyatga tahdid qilish milliy
xavfsizlik asoslariga qilingan tahdiddir. Masalan, millatlararo,
konfessiyalararo munosabatlarga va fuqarolar totuvligiga raxna solinganda
jamiyat taraqqiyotini uzoq muddat orqaga surib yuborishi yoki milliy
davlatchilikni barbod qilishi mumkin. Demokratiya, fuqarolik jamiyati
asoslari, ma’naviy qadriyatlar, oila, aholining salomatligini muhofaza
qilish, shuningdek, jamiyatning davlat ustidan nazorati samarali usullarini
shakllantirish milliy xavfsizlikni ta’minlashning zarur shartlaridir.
Davlat milliy xavfsizlik ob’ekti sifatida millatning bir butunligi va
barqarorligini ta’minlashni muqarrar zaruriyat, deb biladi. Chunki davlat
insonning huquqlari va erkinligini ta’minlar va kafolatlar ekan, milliy
suverenitet davlat timsolida namoyon bo’lishi boisidanoq davlatning o’zi
alohida bir qadriyat bo’lib qoladi.
Shu ma’noda, milliy xavfsizlikni ta’minlash siyosati barqaror
demokratik rivojlanish strategiyasi bilan uzviy bog’liq bo’lib, aslida, uning
tarkibiy qismi va ayni paytda, xuddi shu demokratik taraqqiyotni amalga
oshirishning muhim shartiga aylanadi. U quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
-
inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish;
-
Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi;
-
millatning ma’naviy salohiyatiga tayanish;
-
milliy manfaatlarning ustuvorligi;
-
millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni ta’minlash;
-
hududiy yaxlitlikni saqlash;
-
xavfsizlikning bo’linmasligi;
-
harbiy-siyosiy bloklarda qatnashmaslik;
-
tashqi siyosatni mafkuralashtirishdan voz kechish;
-
tashqi va ichki siyosatning birligi;
729
-
boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
-
xalqaro shartnomalar bo’yicha zimmaga olingan majburiyatlarga
og’ishmay rioya etish;
-
xalqaro nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, kuch ishlatmaslik yoki
kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik;
-
jamiyat turmushining barcha jabhalarida o’zgarishlarning izchilligi
va bosqichliligi;
-
izchil demokratlashuv, fikrlar xilma-xilligi va fuqarolarning o’zini
o’zi boshqarishini rivojlantirish;
-
ijtimoiy adolat va kuchli ijtimoiy siyosat;
-
ekologik muammolarni hal etishning ustuvorligi;
-
milliy xavfsizlikka tahdidlarning xususiyati va ko’lamiga javob
choralarining bamavridligi va mutanosibligi.
Milliy xavfsizlik hamisha ham chuqur idrok qilingan emas.
“Milliy xavfsizlik” atamasi ilk marta Amerika siyosiy lug’atiga prezident
T. Ruzvelt tomonidan 1904-yilda kiritilgan
307
. Keyinchalik mazkur
tushunchaning mazmun doirasi asta-sekin ijtimoiy munosabatlar,
globallashuv va integratsiya jarayonlari, shuningdek, xilma-xil
ko’rinishdagi tahdid va tahlikalar bilan uzviy bog’liq ravishda kengayib
bordi. Bugungi kunda mamlakat hayoti uchun xatarli bo’lgan har
qanday muammo milliy xavfsizlikka tahdidga aylanishi mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, milliy xavfsizlikni ta’minlashning
asosiy yo’nalishlari milliy manfaatlar ustuvorligi, real hamda potensial
tahdid va tahlikalar bilan bevosita bog’liq ravishda belgilanadi. Mazkur
yo’nalishlar sohalarga bo’linadi va quyidagicha nomlanadi:
-
siyosiy xavfsizlik, u ichki va tashqi jihatlarga qarab, ya’ni ichki
siyosiy va tashqi siyosiy xavfsizlik tarzida bo’linadi;
-
iqtisodiy xavfsizlik, bu ham ichki va tashqi jihatlarga qarab, ya’ni
ichki iqtisodiy va tashqi iqtisodiy xavfsizlik tarzida bo’linadi;
-
ijtimoiy xavfsizlik;
-
gumanitar xavfsizlik;
-
harbiy xavfsizlik;
-
ilmiy-texnikaviy, texnologik va axborot xavfsizligi;
-
ekologik xavfsizlik.
307
Қаранг
:
А
.
И
.
Васильев
,
В
.
П
.
Сальников
,
С
.
В
.
Степашин
.
Национальная
безопасность
России
:
конституционное
обеспечение
. –
СПБ
., 1999.
С
.15
730
Milliy xavfsizlikni ta’minlashning qonunchilik va nazariy-metodologik
asoslari to’g’risida so’z yuritilar ekan, kontseptual va dasturiy hujjatlar
xususida ham to’xtalib o’tmaslik mumkin emas. Ular, garchi
to’g’ridan-to’g’ri normativ-huquqiy hujjatlar sirasiga kiritilmasa-da,
qonunlar yoki Prezident Farmonlari bilan tasdiqlanadi va shu tarzda
huquqiy kuchga ega bo’ladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasining
Milliy xavfsizlik konsepsiyasi, Mudofaa doktrinasi yoki Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 10-yanvardagi Xavfsizlik Kengashi
majlisidagi “Qurolli Kuchlarimiz – mamlakatimiz barqarorligi va
taraqqiyotining mustahkam kafolatidir” BOBsidagi nutqida xavfsizlikni
ta’minlash sohasida belgilab berilgan asosiy vazifalarni amalga oshirish
shular jumlasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |