O`zbekiston Respublikasi xavfsizligi va mudofaasini ta`minlashning konstitutsiyaviy asoslari



Download 107 Kb.
bet1/4
Sana15.07.2022
Hajmi107 Kb.
#802335
  1   2   3   4
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasi xavfsizligi va mudofaasini ta`minlashning konstitutsiyaviy asoslari


O`zbekiston Respublikasi xavfsizligi va mudofaasini ta`minlashning konstitutsiyaviy asoslari

Reja



1. Milliy xavfsizlikni ta`minlashning konstitutsiyaviy prinsiplari va normalari
2.Milliy xavfsizlikning subyekti, obyekti hamda uni ta`minlash sohasidagi davlat siyosati
3.O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi-Milliy xavfsizlik konsepsiyasining asosi sifatida
4.Mamlakat mudofaasini ta`minlashning konstitutsiyaviy huquqiy asoslari
1. Milliy xavfsizlikni ta`minlashning konstitutsiyaviy prinsiplari va normalari

Milliy xavfsizlikni asosan davlat va jamiyat qurilishi sohasida ta`minlashning tayanch prinsiplari va normalarini, shuningdek, mafkuraviy qoidalarini belgilab beradigan konstitutsiyaviy huquq asoslari bu tizimda alohida o`rin tutadi.


O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy normativ-huquqiy manba sifatida milliy xavfsizlikni ta`minlashning asosiy masalalari bo`yicha muqim milliy manfaatlar hamda ustuvor prinsiplar va normalarni, shuningdek, mafkuraviy qoidalarni belgilab beradi. Mohiyat e`tibori bilan, undagi ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu masalalariga doir har bir modda mazkur munosabatlarning asosiy subyekti – inson, jamiyat, davlat himoyasiga qaratilgandir.
Jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida milliy xavfsizlikni muhofaza etishning tashkiliy-huquqiy tizimini shakllantiruvchi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar Konstitutsiya asosida ishlab chiqiladi.
Avvalambor, Konstitutsiya mamlakatni demokratik yo`ldan rivojlantirishning asosiy va mustahkam negizi – xalq hokimiyati prinsipi va tizimini kafolatlaydi hamda himoya qiladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasida xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir, deyilgan va yana quyidagilar ta`kidlangan:
Shuningdek, Konstitutsiyada mamlakat va fuqarolar xavfsizligini ta`minlashga da`vat etilgan organlar tizimi ham belgilab beriladi.
Mamlakat va fuqarolar xavfsizligini u yoki bu jihatdan ta`minlashga da`vat etilgan organlar tizimini, xavfsizlik mezonlarini va boshqa masalalarni belgilar ekan, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi milliy xavfsizlik tushunchasini aniq belgilash uchun zarur bo`lgan asoslarni ham yaratadi.
«O`zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko`zlab va O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi.
Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o`zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to`xtatib qo`yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo`ladi».
Shunga mos tarzda jamiyatimizning siyosiy tizimi faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari ham ushbu konstitutsiyaviy prinsipdan kelib chiqqan holda yaratiladi. Jamoat birlashmalariga O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro`yxatdan o`tish tartib-tamoyilini majburiy qilib qo`yuvchi norma ham shundan kelib chiqadi.
Davlat faoliyatida siyosiy fikrlar xilma-xilligini, demokratik huquqlar va erkinliklarni, inson va jamiyat manfaatlarini himoya qilishga, ijtimoiy adolat va qonuniylikni, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, millatlararo totuvlik va hokazolarni ta`minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy prinsiplar hamda normalarning barchasi siyosiy xavfsizlikni ta`minlash institutini tashkil etadi.
Masalan, Asosiy Qonunning 12-moddasida siyosiy fikrlar xilma-xilligi kafolatlanadi va unda: «O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.
Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o`rnatilishi mumkin emas», deb ta`kidlangan.
Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni va siyosiy tizimning izchil rivojlanishini ta`minlash Konstitutsiyaning eng asosiy vazifalaridan biridir. Yo`l qo`yib bo`lmaydigan hodisalarning mohiyatini ifodalar ekan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va fuqarolar amal qilishlari lozim bo`lgan xavfsizlik mezonlarini belgilab beradi. Masalan, Konstitutsiyaning 57-moddasida: «Konstitutsiyaviy tuzumni zo`rlik bilan o`zgartirishni maqsad qilib qo`yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ`ib qiluvchi, xalqning sog`lig`i va ma`naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi.
Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi», deb ko`rsatib o`tilgan.
Ekologik xavfsizlik ham milliy xavfsizlikni tashkil etuvchi eng muhim omillardan biridir. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majbur ekanliklari (50-modda), yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylik bo`lib, ulardan oqilona foydalanish zarurligi va ular davlat muhofazasida ekanligi (55-modda) belgilab qo`yilgan.
O`zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizligi konsepsiyasida ekologik tanazzul hozirgi davrning o`ziga xos xususiyati sifatida belgilangan. Orol dengizining muammolari ham qo`shilib chuqurlashib borayotgan noxush ekologik vaziyat, shuningdek suv resurslari hamda qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi uchun yaroqli bo`lgan yerlarning cheklanganligi O`zbekistonning jug`rofiy siyosiy ahvoliga ta`sir ko`rsatuvchi omillar qatorida ko`rsatib o`tilgan.
Ekologiya shaxs, jamiyat va davlatning eng muhim hayotiy manfaatlarini belgilash mezonidir, inson hayoti va faoliyati uchun oqilona ekologik sharoitlarni ta`minlash, kishilar salomatligini saqlash hamda barqaror ekologik vaziyatni, shu jumladan mintaqamizda barqaror ekologik vaziyatni yaratish ushbu manfaatlarning mazmunini tashkil etadi. Milliy xavfsizlik konsepsiyasi ekologiya sohasida milliy xavfsizlikka tahdidlar mavjudligini alohida ko`rsatib o`tadi. Avvalambor, bu:
Orol ekologik tanazzuli hamda uning atrof muhit va millat genofondi, o`simliklar va hayvonot dunyosi uchun keltirib chiqaradigan oqibatlari;
ishlab chiqarishni rivojlantirishga doir qarorlar qabul qilayotganda ekologik omillarni yetarli darajada hisobga olmaslik;
aholi salomatligi va atrof muhit uchun zararli bo`lgan ishlab chiqarishlarning faoliyat ko`rsatishi va kengaytirilishini qo`llab-quvvatlash;
ishlab chiqarish chiqindilari, zaharli va radioaktiv materiallarni zarur darajada saqlamaslik va utilizatsiya qilmaslik hamda ularning mintaqamiz havo va suv havzalariga chiqarilishini nazorat qilmaslik;
suv resurslarining kamayib ketishi va yer resurslarining zavol topishi, tuproq eroziyasi;
ekologik jihatdan zararli bo`lgan texnologiyalar, moddalar, materiallarning hamda aholi salomatligi uchun xavfli bo`lgan oziq-ovqat mahsulotlari va farmakologiya preparatlarining olib kirilishini nazorat qilmaslik;
tabiatdagi va texnogen tusdagi keskin o`zgarishlar (yer silkinishlari, suv toshqinlari, yong`inlar, sel va boshqalar)dir.
Konstitutsiya tashqi siyosatning asosiy mezonlarini belgilab beradi, bu mezonlar orasida xavfsizlik manfaatlari alohida o`rin tutadi. Tashqi siyosiy faoliyat, chunonchi, davlatlararo tuzilmalarda ishtirok etish avvalo xavfsizlik manfaatlaridan kelib chiqqan holda olib borilmog`i zarur. Mohiyatan olganda, Konstitutsiyaning har qanday prinsipial qoidasi, milliy manfaatlarning oliy siyosiy-huquqiy ifodasi bo`lib, bundan «davlatning, xalqning oliy manfaatlari, uning farovonligi va xavfsizligi» – bu, avvalo, Konstitutsiyaning o`zi, uning qoidalarini himoya qilish, uning ustuvorligi va mustahkamligi ekanligi kelib chiqadi.
Tashqi siyosat O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida davlat faoliyatining sohasi sifatida belgilangan bo`lib, unga xalqaro huquqning umum e`tirof etilgan prinsiplari va normalariga sodiqlik, shuningdek davlatlararo tuzilmalarda ishtirok etish nuqtai nazaridan qaraladi hamda u oliy milliy manfaatlardan kelib chiqib amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi ko`p tomonlama hamkorligining asosiy yo`nalishlari asosan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasi ikkinchi qismida belgilab qo`yilgan bo`lib, unda: «Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta`minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo`stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin» deyiladi.
Xalqaro tashkilotlarga (ittifoqlar, hamdo`stliklar va boshqa davlatlararo tuzilmalarga) a`zolikka nisbatan belgilangan bu norma-prinsip mamlakatimizning integratsiya jarayonida yanada faolroq ishtirok etishini ta`minlashga, boshqa davlatlarning huquqiy tizimlari bilan tegishli shartnoma munosabatlarini yo`lga qo`yish va o`zaro uyg`un hamkorlik qilish uchun keng istiqbollar yaratishga da`vat etilgandir. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 17-moddasining ikkinchi qismidagi tushunchadan shu narsa kelib chiqadiki, respublika, agar milliy manfaatlarga zid bo`lsa, xalq farovonligi va xavfsizligiga zarar yetkazadigan bo`lsa, davlatlararo tuzilmalarda ishtirok etmaydi.
Shuningdek, Konstitutsiya ikki tomonlama munosabatlarning ham asosiy prinsiplarini belgilab beradi. Garchi ikki tomonlama davlatlararo munosabatlar masalalari xalqaro huquq doirasida va asosan tegishli shartnomalar negizida hal etilsada, shunga qaramay, xalqaro shartnomalarni tuzish va ularning bajarilishini ta`minlashning davlatimiz ichkarisidagi tartibini Konstitutsiya belgilab beradi. Aynan Konstitutsiya xalqaro shartnomalarning milliy qonun hujjatlari tizimidagi maqomi va o`rnini belgilaydi hamda vakolatlar bermagan holda xalqaro shartnomalarni tuzish va ularni ratifikatsiya qilish huquqiga ega bo`lgan subyektlar doirasini belgilaydi. Bundan tashqari, Konstitutsiyada ikki tomonlama davlatlararo munosabatlarning mazmuni va yo`nalishini belgilashga da`vat etilgan fundamental yo`l-yo`riqlar hamda normativ qoidalar aks etadi.
Bundan tashqari, Konstitutsiya muhofaza qiluvchi vazifasini bajaradi, masalan, davlatning tashqi siyosatini yo`lga qo`yishga aralashuvga yo`l qo`ymagan holda fuqarolar va davlat manfaatlariga zid bo`lmagan xususiy yoki guruh manfaatlarini ham himoya qiladi; tashqi siyosiy faoliyatning «siyosat – siyosat uchun» degan birdan-bir maqsadga aylanib ketishiga yo`l qo`ymaydi. Bunda Konstitutsiya nisbatan kuchli davlat bilan o`ta qulay iqtisodiy aloqalarni ham, agar bunday davlat salmoqli moliyaviy iqtisodiy yordam (hatto beg`araz bo`lsada) evaziga O`zbekistonning suverenitetiga xilof bo`lgan turli xil yon berishlarga erishishga harakat qiladigan bo`lsa, rivojlantirishga yo`l qo`ymaydi va hokazo.
Konstitutsiyaga binoan davlatning tashqi siyosiy harakatlari Asosiy Qonunimizning muqaddimasida belgilab qo`yilgan O`zbekiston erishishga intilayotgan insonparvar demokratik huquqiy davlat maqomi talab etadigan darajada oqilona va huquqiy bo`lmog`i darkor. Xalqaro huquqning umum e`tirof etilgan prinsiplari va normalariga konstitutsiyaviy maqom berib, Asosiy Qonun shu ma`noda xalqaro munosabatlarda huquqni muhofaza qilish samarali mexanizmining yo`qligi o`rnini to`ldiradi, chunki u o`z davlatining tashqi siyosiy harakatlariga nisbatan oliy hokimiyat yo`l-yo`riqlarini berish xususiyatiga egadir. O`zbekistonda demokratik huquqiy davlatning qaror topishi va rivojlanishi sharoitlarida Konstitutsiyaning davlat tashqi siyosatining, shu jumladan ikki tomonlama munosabatlarning asosiy yo`nalishlarini belgilashdagi roli o`ta muhimdir.
Konstitutsiyaviy prinsiplar va xalqaro hamkorlik ustuvorliklari xavfsizlikni ta`minlash maqsadida amalda mintaqaviy xavfsizlik tizimini yaratishda aks etadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatni tahlil qilar ekan, Afg`onistonda vaziyatni barqarorlashtirish va qayta tiklash borasida davom etayotgan ijobiy jarayonlar bilan bir qatorda mintaqada strategik mavhumlik hamon saqlanib qolayotganligini ham tan olishga to`g`ri kelishini ta`kidladi. “Bu yerda jahondagi yirik davlatlar va bizga qo`shni mamlakatlarning geostrategik manfaatlari mavjud bo`lib, ba`zida ular bir-biri bilan kelishmasligini ham kuzatish mumkin. Xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkoagressiya va mintaqaviy xavfsizlikka nisbatan boshqa transmilliy tahdidlar hamon saqlanib qolmoqda…. Bunday tahdidlarga qarshi samarali choralar ko`rish, mintaqada xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta`minlash bilan bog`liq boshqa vazifalarni faqat shu zaminda joylashgan davlatlarning faol ishtiroki bilan hal etish mumkin.
Aynan shu bois bu yerda yashayotgan xalqlarning muhim hayotiy manfaatlariga daxldor bo`lgan iqtisodiy, suv-energetika, transport-kommunikatsiya, ekologik xarakterdagi umummintaqaviy masalalarni yechish uchun o`zaro hamjihatlik va amaliy harakatlar mexanizmini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi”.
O`zbekiston mintaqaviy hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishning izchil tarafdori bo`lib chiqmoqda va Markaziy Osiyo Hamkorligi Tashkilotiga mintaqadagi davlatlar ko`p tomonlama hamkorligining eng muhim mexanizmi sifatida qaramoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov parlament palatalarining 2005 yil 28 yanvar kuni bo`lib o`tgan qo`shma majlisida ta`kidlab o`tganidek, “Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Markaziy Osiyo Hamkorligi Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligimiz mintaqada xavfsizlik, tinchlik va barqaror rivojlanishni ta`minlashning muhim sharti hisoblanadi”. O`zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining 2001 yilda qabul qilgan 1373-sonli va 2004 yilda qabul qilgan 1566-sonli Rezolyutsiyalari hamda barcha 12 ta aksilterroristik konvensiyalarni ratifikatsiya qildi.
O`zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi qoshidagi Terrorizmga qarshi kurash qo`mitasi, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Aksilterror markazi ishida qatnashmoqda, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida tegishlicha ish olib bormoqda, Aksilterror kuchlarning Xalqaro koalitsiyasi sa`y-harakatlarida faol ko`maklashmoqda.
Chunonchi, Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 2003 yil may oyida Moskvada bo`lib o`tgan sammitida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining organlari to`g`risidagi qator nizomlar, shuningdek Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining (MATT) Reglamenti tasdiqlandi. Davlatlarning boshliqlari tomonidan MATT Ijroiya qo`mitasining joyini Qirg`izistonning Bishkek shahridan O`zbekistonning Toshkent shahriga ko`chirish, shuningdek, Tashkilotning doimiy ishlovchi organlarini – Pekin shahrida SHHT Kotibiyatini va Toshkent shahrida MATT Ijroiya qo`mitasini 2004 yil 1 yanvardan boshlab ishga tushirish to`g`risida qarorlar qabul qilindi.
Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkilotining rejalariga umumiy xavfsizlik makonini mustahkamlash, shu jumladan terrorizmga qarshi kurashish ham kiradi. O`zbekiston Respublikasining 2000 yil dekabr oyida qabul qilingan “Terrorizmga qarshi kurash to`g`risida”gi Qonuni milliy xavfsizlikni ta`minlashda katta ahamiyatga egadir.
Mazkur Qonunda tegishli qilmishlarni kriminallashtirish to`g`risidagi normalar, terrorchilik harakatlarining oldini olish hamda terrorchilar va ularning sheriklarini jinoiy ta`qib etish bo`yicha protsessual choralar nazarda tutilgan.
Terrorchilik faoliyati uchun jinoiy javobgarlik O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining quyidagi moddalarida ko`zda tutilgan:
155-modda. Terrorizm ;
245-modda. Shaxsni garov sifatida tutqinlikka olish ;
264-modda. Temir yo`lning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo kemasini olib qochish yoki egallab olish ;
152-modda Xalqaro himoyaga olingan shaxsga yoki muassasaga hujum qilish.
2004 yil avgust oyida O`zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to`g`risida”gi Qonuni qabul qilindi (u 2006 yil 1 yanvardan e`tiboran amalga kiritiladi). Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo`yiladigan maxsus vakolatli davlat organi pul mablag`lari yoki o`zga mol-mulk bilan operatsiyalarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qiladi. Qonunda asosiy normalar qatorida tegishli axborotdan erkin foydalanishni majburiy tarzda nazorat qilish va cheklash choralari belgilab qo`yilgan. Shunga muvofiq tashkilotlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog`liq o`z faoliyatlarida yuridik va jismoniy shaxslarni ularga nisbatan olib borilayotgan majburiy nazoratdan xabardor qilishga haqli emaslar. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog`liq axborotlarni berish tartibi ushbu Qonunga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Bundan tashqari, Qonunda maxsus vakolatli organning vakolatlari ochib beriladi, pul mablag`lari yoki o`zga mol-mulk bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning majburiyatlari belgilanadi, shuningdek, ushbu sohadagi xalqaro hamkorlik masalalariga doir bir qator blanket normalar, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi nizolar hamda tegishli qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.
Terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari konstitutsiyaviy prinsiplar va normalarga, shu jumladan fuqarolarning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan konstitutsiyaviy prinsiplar va normalarga qat`iy tarzda muvofiqdir.
Biroq O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida faqat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining milliy xavfsizlikni ta`minlash borasidagi faoliyatigina emas, balki fuqarolarning o`z mamlakatini himoya qilish majburiyatlari ham belgilangan. Chunonchi, 52-moddaga muvofiq “O`zbekiston Respublikasini himoya qilish – O`zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o`tashlari shart”.
Milliy xavfsizlikni ta`minlash maqsadida xalqaro tuzilmalarda ishtirok etish prinsipini konstitutsiyaviy mustahkamlash quyidagi qat`iy (nazariy) nuqtai nazarlarga asoslanadi.
Birinchidan, bu – xavfsizlik yaxlitligi, uzluksiz holatligi va hadsiz-hududsiz ekanligini tushunishdan iboratdir.
Ikkinchidan, har bir mustaqil mamlakatning o`z milliy manfaatlariga muvofiq, o`z mustaqilligi va barqarorligini ta`minlash maqsadi bo`lishi lozim. U yoki bu xalqaro tuzilmalarda va kollektiv xavfsizlik shartnomalarida qay darajada qatnashishini ularning o`zi belgilash huquqi nazarda tutilishi zarur.
Uchinchidan, “Hozirgi sharoitda xavfsizlik faqat kollektiv bo`lishi mumkin. U hamfikr davlatlarning birgalikdagi sa`y-harakatlari bilan, ularning imkoniyatlarini birlashtirish bilan ta`minlanadi”.
Milliy xavfsizlikni ta`minlash maqsadida xalqaro tuzilmalarda ishtirok etish konstitutsiyaviy prinsipi O`zbekiston Respublikasining 2001 yil 22 mayda qabul qilingan “Mudofaa to`g`risida”gi, 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to`g`risida”gi, 2000 yil 15 dekabrda qabul qilingan “Terrorizmga qarshi kurash to`g`risida”gi qonunlarida hamda O`zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasida yanada rivojlantirildi.
Chunonchi, O`zbekiston Respublikasining “Mudofaa to`g`risida”gi Qonunida mudofaa sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan biri xalqaro huquq normalariga muvofiq kollektiv xavfsizlik tizimlarida ishtirok etish, shuningdek mudofaa vazifalarini hal etish uchun tashqi siyosiy xarakterdagi choralarni ko`rishdan iborat ekanligi ko`rsatib o`tilgan.
Shuningdek, Qonunda “O`zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning yakka tartibda va kollektiv tarzda mudofaalanishdan iborat bo`lgan huquqni mustahkamlovchi umum e`tirof etilgan normalari va prinsiplariga asoslanib, harbiy qurilish, tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish sohasida boshqa davlatlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi” deb aytilgan .
Shu bilan birga bu faollik mafkuraviy jihatdan fikrini o`zgartirishlarga asoslanmasligi lozim. Bunday yo`l bugungi kunda ham kuzatilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov parlament palatalarining 2005 yil 28 yanvarda bo`lib o`tgan qo`shma majlisida qilgan ma`ruzasida ta`kidlab o`tganidek, O`zbekistonning tashqi siyosati xalqaro munosabatlarda mafkuralashtirilgan asoslarni istisno etadi.
Bugungi kunda ham YEXHT, Yevropa Ittifoqi va NATO kabi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish masalalari dolzarb bo`lib qolmoqda. “Yevropa qit`asidagi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi va NATO kabi muhim tuzilmalar bilan yurtimizda demokratik va bozor islohotlarini chuqurlashtirish, mamlakatimizda va umuman mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlash borasida hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdormiz”.
Shu bilan birga, «milliy xavfsizlik”ning qamrov doirasidagi asosiy vazifasi uning obyekti va subyekti tushunchasini belgilashdan iboratdir. Binobarin, har bir davlat o`zi duch kelayotgan xavf-xatarni yengib o`tishga mintaqaviy va dunyo miqyosidagi omillar ta`siri doirasida va o`z imkoniyati darajasidagi mavjud barcha resurslarni yo`naltiradi. Darhaqiqat, «Har bir mintaqada xavfsizlikni ta`minlash muammolari muayyan mohiyatga ega. Shuningdek, har bir mintaqaning o`z xususiyatlari, o`z tahdid manbalari va xavfsizlikni saqlash omillari bor”. Bundan tashqari, “milliy xavfsizlik” tushunchasi o`z ichiga tashqi siyosatda milliy manfaatlarni himoya qilish, texnogen va ekologik xavfsizlikni ta`minlash, mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy hayotida shaxs kamoloti va jamiyatning barqaror rivoji singari bir qator sohalarni ham qamrab oladi. Mazkur masala O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan g`oyat lo`nda ta`riflangan: “O`tgan yillarning mantig`i bizni hozirgi kunda uchta asosiy savolga murojaat qilishga undamoqda. O`zbekistonning kelajagi ana shu savollarga qanday javob berishimizga bog`liq. Bular quyidagilardir: xavfsizlikni qanday saqlab qolish lozim? Barqarorlikni qanday ta`minlash darkor? Taraqqiyot yo`lidan sobitqadam rivojlanishga nimalar hisobiga erishish mumkin?
Xavfsizlik, barqarorlik va tanlagan yo`ldan og`ishmaslik degan ana shu oddiy so`zlar zamirida chuqur ma`no-mazmun bor. Biz buni bilib olmog`imiz va anglab yetmog`imiz zarur.
Xavfdan qanday xoli bo`lish mumkin? Rivojlanish uchun kuch-madadni qayerdan izlash lozim? Bular strategik muammolar bo`lib, har qanday mustaqil davlat, eng avvalo, ana shu muammolarga e`tibor berib kelgan va bundan buyon ham e`tibor berajak”.



Download 107 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish