O`zbekiston Respublikasi xavfsizligi va mudofaasini ta`minlashning konstitutsiyaviy asoslari


O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Milliy xavfsizlik konsepsiyasining asosi sifatida



Download 107 Kb.
bet3/4
Sana15.07.2022
Hajmi107 Kb.
#802335
1   2   3   4
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasi xavfsizligi va mudofaasini ta`minlashning konstitutsiyaviy asoslari

3. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Milliy xavfsizlik konsepsiyasining asosi sifatida
O`zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi 1997 yilning 29 avgustida qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga binoan amal qilib kelmoqda. U siyosiy yo`nalishdagi masalalarni hamda tegishli qonunlar, qonunosti hujjatlarini tayyorlashda asos bo`ladigan normativ-huquqiy atamalar, prinsiplarni o`z ichiga oladi. Mazkur Konsepsiya yana shu ma`noda siyosiy-huquqiy hujjat hisoblanadiki, unda davlatimizning milliy xavfsizlikni ta`minlash masalasiga doir rasmiy qarashlari o`z ifodasini topgan va shunga binoan bu Konsepsiya xavfsizlik muammosi, uni hal etishning strategiyasi va taktikasiga doir, jumladan, qonunchilik sohasiga taalluqli yaxlit, umumdavlat qarashlari tizimini o`zida mujassam etgan hujjatdir.
Konsepsiyaning birinchi qismida hozirgi davrning xususiyatlari, O`zbekistonning geopolitik holati, shu jumladan Markaziy Osiyodagi mavqei bilan bog`liq omillar, xalqaro hamkorlik sohasidagi vazifalar bayon qilinadi. Konsepsiyaning ikkinchi qismida shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlari mazmuni ochilgan; uchinchi qismida sohalar bo`yicha milliy xavfsizlik ta`riflab o`tilgan. To`rtinchi qismda milliy xavfsizlikni ta`minlashning asosiy yo`nalishlari bayon qilingan. Beshinchi qismda milliy xavfsizlikni ta`minlashning tizimi va prinsiplari haqida so`z boradi.
Konsepsiya o`zida milliy xavfsizlikning maqsadga muvofiq tizimini yaratishning asosiy g`oyasini, amaliy prinsiplarini ochib bergan. Unga tayangan holda tegishli tashkiliy-huquqiy mexanizm shakllantiriladi, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolar o`rtasida hamkorlik tizimiga asos solinadi. Eng muhimi, ushbu Konsepsiya, bamisoli Konstitutsiya singari, muammoni tushunish va yechimini topishga bir xil yondashishga imkoniyat yaratadi. Masalan, unda «milliy xavfsizlik”, “milliy manfaat”, “tahdid” singari tushunchalarning mazmun-mohiyati O`zbekiston Respublikasiga tatbiqan atroflicha talqin etiladi.
Unda davlatchilik manfaatlari millatning o`ziga xos holati hamda millat yashaydigan va o`z manfaatlarini amalga oshiradigan shakl – himoya etilishi va rivojlantirilishi zarur bo`lgan shakl sifatida talqin etiladi.
Xalq manfaati shaxs va jamiyat manfaatlarining o`zaro uyg`un va bir-birlarini taqozo etadigan birlashmasidir.
Shunday qilib, «davlat, xalqning oliy manfaatlari, ularning farovonligi va xavfsizligi” yaxlit olganda hayotiy muhim milliy manfaatlardir. Konsepsiyada boshqa darajadagi milliy manfaatlar ko`rsatilmaganligi sababli, ta`kidlashimiz kerakki, milliy manfaatlar, eng avvalo, hayotiy muhim manfaatlardir. AQShda bunday tabaqalashtirish (hayotiy muhim, shunchaki muhim, torroq doiradagi va boshqa darajadagi manfaatlar) qo`llaniladigan chora-tadbirning mutanosibligini aniqlashga xizmat qiladi: masalan, yadro qurolini qo`llashdan tortib vazirlik yoki shtat miqyosida ma`muriy qarorlar qabul qilishgacha bo`lgan choralar ko`rishga asos bo`ladi.
Shuni ta`kidlash kerakki, Konsepsiyada shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari ham, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, gumanitar, harbiy, ekologik, ilmiy-texnikaviy, texnologik va axborot sohalarida tug`iladigan milliy xavfsizlikka tahdidlar ham batafsil ta`riflab berilgan. Shu asosda milliy xavfsizlikning asosiy yo`nalishlari ham belgilab berilgan. Davlatning faoliyati xuddi ana shu qoidalar bilan muvofiqlashtirilishi, qonunchilik esa tegishli tarzda rivojlantirilib borilishi kerak.
Bu faqat milliy manfaatlar mazmunining tuzilmaviy bayonigina emas, balki xavfsizlik, tahdid obyektlarini belgilash va manfaatlarni amalga oshirishning asosiy yo`nalishlari ifodasi hamdir. Xavfsizlikning har bir turi o`z navbatida tarkibiy turlarga ega bo`lib, ular zamonaviy ijtimoiy munosabatlarning yuksak integratsiyasi sharoitida xavfsizlikning boshqa tur hamda tarkibiy turlari bilan kesishuvi mumkin. Masalan, oziq-ovqat xavfsizligi, bu faqat iqtisodiy masala emas, ayni paytda, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, tibbiy sanitariya va ekologik masala hamdir. Shu sababli xavfsizlikning turlarga bo`linishi shartli ekanligini doimo nazarda tutish zarur.
Biroq, bu masalada qonunchilik uchun va davlat boshqaruvini to`g`ri tashkil etish uchun xavfsizlikning bunday bo`linishi o`zini to`la oqlaydi. Xususan, milliy xavfsizlikka tahdidlarni tabaqalashtirish va milliy xavfsizlikni ta`minlashning sohalar bo`yicha asosiy yo`nalishlari (siyosiy va tashqi siyosiy, iqtisodiy, jamiyat va davlat qurilishi, ijtimoiy, gumanitar, harbiy, ilmiy-texnika, texnologiya, axborot, ekologiya sohalari), ko`p jihatdan, qonunchilikning tegishli tarmoqlarini o`zida ifoda etadi. Boshqa jihatdan, mazkur sohalar tarmoqlararo normalar majmuining torroq doiradagi o`rganish yo`nalishini belgilaydi va maxsus institutlar shakllantirilishini taqozo etadi.
Masalan, siyosiy sohadagi xavfsizlikni ta`minlashning huquqiy normalari asosan kafolat, himoya yoki muhofaza xususiyatida bo`lib, mohiyat e`tibori bilan murakkab tarmoqlararo institut hosil qiladi. Jumladan, siyosiy xavfsizlikni ta`minlash sohasida vujudga keladigan munosabatlar quyidagi normalar bilan nazorat qilinadi:
xalqaro huquq (bular – ikkitomonlama, mintaqaviy hamda universal shartnomalar va bitimlar), normalar, milliy qonun hujjatlarining tashqi siyosat sohasida amal qiluvchi va O`zbekiston Respublikasining ichki ishlariga aralashishdan, uning suverenitetiga tajovuz qilishdan himoya etadigan va umuman xalqaro munosabatlar tizimida milliy manfaatlarni himoyalashga qaratilgan normalari;
terrorizmga qarshi kurashga doir qonun hujjatlari;
konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish to`g`risidagi, nodavlat notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar to`g`risidagi, OAV to`g`risidagi, so`z erkinligini himoyalash bo`yicha qonunlar, inson huquqlari va erkinligini himoya etuvchi, demokratik institutlarning takomillashuvini ta`minlovchi va kafolatlovchi gumanitar, saylovga oid va boshqa qonun hujjatlari;
agressiv millatchilik va millatlararo nizo kuchayishining oldini oluvchi normalar;
diniy ekstremizm tarqalishining oldini oluvchi qonunlar;
davlat hokimiyati va boshqaruvida korrupsiya, to`rachilik, mahalliychilik va urug`-aymoqchilik munosabatlari vujudga kelishining oldini olish va ularga qarshi kurashga yo`naltirilgan normalar;
jinoyatchilikning, ayniqsa, uyushgan jinoyatchilikning o`sishini oldini olishga qaratilgan, qurol-yarog` bilan noqonuniy savdo qilishga va giyohvandlikning tarqalishiga qarshi kurashga oid qonunlar.
Tegishli huquq normalari vositasida oldi olinadigan shunday tahdidlar borki, ular turli mohiyatga va har xil predmetga ega. Biroq, ularning subyektlari siyosiy munosabatlar jabhasida harakat qiladi, o`z siyosiy maqsadlariga ega yoki ushbu tahdidlarni amalga oshirish orqali siyosiy tizimga va konstitutsiyaviy tuzumga jiddiy zarar yetkazadi. Boshqa tomondan, yuqorida sanab o`tilgan har bir yo`nalish o`ziga xos jihatlarga ega va, ta`bir joiz bo`lsa, «sub-institutlar” shaklida (masalan, terrorizmga qarshi kurash instituti, OAVda so`z erkinligini himoyalash va kafolatlash instituti kabilar) namoyon bo`lishi mumkin.
Milliy xavfsizlikni ta`minlashga taalluqli qonunchilik tizimida qator tarmoqlar borki, ularning o`rnini aniqlash ancha murakkab. Chunki ular o`z huquqiy mohiyatiga ko`ra ma`lum bir sohada xavfsizlikni ta`minlashga qaratilganligidan tashqari boshqa masalalarni ham tartibga soladi. Masalan, tabiatni muhofaza qilish to`g`risidagi qonun hujjatlari tabiiy muhit sharoitlarini saqlash hamda tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilar ekan, inson bilan tabiat o`rtasidagi munosabatlar muvozanatli tarzda uyg`un rivojlantirilishini ta`minlashga, ekologik tizimlarni, tabiat majmualarini va ayrim obyektlarni muhofaza qilish, fuqaroning qulay tabiiy muhitga bo`lgan huquqini kafolatlash maqsadlariga ham qaratilgan bo`ladi. O`zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish nafaqat “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi Qonun vositasida, ayni paytda, yer, suv, o`rmon xo`jaligi, yer osti boyliklari to`g`risidagi, atmosfera havosi, o`simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risidagi qonunlar misolida ayon bo`lib turibdiki, bunday qonunlar majmui o`z doirasiga murakkab tarmoqlararo tizimni oladi, ular ekologik xavfsizlikni ta`minlash bilan bir qatorda boshqa vazifalarni ham ado etadilar. Ana shu bois, qonunchilik tizimlarini tarmoqlar bo`yicha bo`lib qarashga asoslangan mumtoz usulni bu o`rinda tatbiq qilish mushkul. Harbiy huquq tarmog`i bundan mustasno, negaki, mazkur qonunchilik amalda batamom harbiy xavfsizlikni ta`minlash masalalariga bag`ishlangan.



Download 107 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish