O’zini-o’zi nazorat qilish savolari
1.
“Milliy xavfsizlik” tushunchasi nimani anglatadi?
2.
O’zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida
qanday xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o’rnatgan?
3.
O’zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida
qanday xalqaro huquqiy hujjatlarga qo’shilgan?
4.
Milliy xavfsizlikning ob’ekti bo’lib nimalar hisoblanadi?
5.
Harbiy doktrina deganda nimani tushunasiz?
6.
O’zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizligini ta’minlashning
huquqiy asoslari qanday huquqiy hujjatlar bilan belgilangan?
756
YETTINCHI BO’LIM. KONSTITUTSIYAGA
O’ZGARTIRISH KIRITISH TARTIBI
XXX BOB. KONSTITUTSIYAGA O’ZGARTISH VA
QO’SHIMCHALAR KIRITISH TARTIBI
1-§. Konstitutsiyaga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish tushunchasi
va tartibi.
2-§. O’zbekiston
Respublikasida amalga oshirilayotgan
konstitutsiyaviy islohotlar va Konstitutsiyaga o’zgartish va
qo’shimchalar kiritish zaruriyati.
1-§. Konstitutsiyaga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish tushunchasi
va tartibi
O’zbekiston tarixida bir nechta konstitutsiyalar qabul qilingan
bo’lib, ularning mazmun va mohiyati o’sha davr shart-sharoitlari bilan
o’lchanadi. Shuningdek, dunyo mamlakatlarining hayotiy tajribasi shuni
ko’rsatadiki, konstitutsiyalar turli davlatlarda turlicha qabul qilinishi
mumkin:
1.
Konstitutsiya davlat hokimiyatining oliy vakillik organi –
parlament tomonidan ishlab chiqiladi va ayrim hollarda umumxalq
muhokamasidan o’tgandan so’ng qabul qilinadi (O’zbekistonda Oliy
Majlis tomonidan qabul qilinadi).
2.
Konstitutsiya maxsus ta’sis etilgan davlat organi tomonidan
ishlab chiqiladi va qabul qilinadi (Xitoy, Mozambik, Vetnam va
Gruziyada Ta’sis yig’ilishi tomonidan qabul qilinadi).
3.
Referendum yo’li bilan bevosita xalq tomonidan qabul qilinadi
(Fransiya, Rossiya,Belorusiya, Aljir, Shvetsariya va Filippinda).
Jahon konstitutsiyaviy amaliyotida Konstitutsiyalar o’zgartirish
kiritish tartibining murakkabligiga qarab
“yumshoq”
va
“qattiq”
konstitutsiyalarga ajratiladi. “Yumshoq” Konstitutsiya deganda
nisbatan oson o’zgartiriladigan, o’zgartirish kiritish tartibi sodda bo’lgan
konstitutsiyani tushunamiz. “Qattiq” Konstitutsiya esa, o’zgartirish kiritish
tartibi murakkab bo’lgan, birmuncha muddat davom etadigan
konstitutsiyani tushunamiz.
757
“Yumshoq” konstitutsiyalar oddiy qonunlar uchun belgilangan tartib
asosida o’zgartiriladi yoki to’ldiriladi. “Qattiq” konstitutsiyalar alohida
o’rnatilgan tartibga muvofiq (qo’shimchalar taqdim etilgandan so’ng
ma’lum vaqt o’tgach yoki malakali ovoz berish
–
deputatlarning 2/3
qismi ovozi bilan, federatsiya subyektlarining hammasi ratifikatsiya qilgan
taqdirda va hokazo) o’zgarishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi ham «qattiq» konstitutsiyalar qatoriga kiradi.
Qayd etish kerakki, Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish tartibining
murakkabligi uning barqarorligini ta’minlash usullaridan biri sanaladi.
Bu borada xorij tajribasiga murojaat etadigan bo’lsak, turlicha
yondashuvlar mavjudligini kuzatamiz. Masalan, qator mamlakatlarda
oddiy qonun loyihasi parlamentning birgina a’zosi tomonidan
taklif qilinishi mumkin bo’lsa, Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish
to’g’risidagi loyiha esa faqat Prezident, hukumat yoki deputatlarning
muayyan guruhi (masalan, Turkiyada – parlament a’zolarining 1/3 qismi),
federatsiya subyektlari (masalan, Braziliyada – shtatlarning yarmi)
tomonidan kiritiladi. Bundan tashqari, Konstitutsiyaga kiritilayotgan
o’zgartirishlar, qoida tariqasida, parlamentning har bir palatasida malakali
ko’pchilik tomonidan ma’qullanishi lozim. Masalan, Avstriya, Italiya,
Niderlandiyada parlament a’zolarining 2/3 qismi ovozi zarur bo’lsa,
Gretsiya, Ispaniyada 3/5 qismini tashkil etishi lozim bo’ladi. Parlament
Konstitutsiyaga o’zgartirishlarni qabul qilgach, ayrim davlatlarda mazkur
o’zgartirishlar federatsiya subyektlari tomonidan (masalan, AQSHda
3/4 qismi tomonidan ma’qullanishi), ba’zi mamlakatlarda esa (masalan,
Daniya, Shveytsariya) referendumda ham tasdiqlanishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi 1-bandiga
ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirish va
qo’shimchalar kiritish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlariga kiradi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining oldingi tahrirdagi
127-moddasida “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga
o’zgartirishlar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi jami deputatlarning
uchdan ikki qismidan iborat ko’pchiligi tomonidan qabul qilingan
qonunlar bilan kiritiladi” deb belgilangan edi.
758
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazkur moddasiga
2003-yil 24-aprelda kiritilgan tuzatish va qo’shimchalardan so’ng
“O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar
tegishincha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan
ikki qismidan iborat ko’pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki
O’zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi” deb o’z
ifodasini topdi.
Demak, Konstitutsiya qabul qilish va unga o’zgartirish,
qo’shimchalar kiritish yuqorida ko’rsatilgan konstitutsiyaviy normaga
asosan, Oliy Majlis palatalari yig’ilishining 3/2 qismi ovozi roziligini
bildirgan taqdirdagina yoki referendum yo’li bilan amalga
oshiriladi. Buning uchun asoslangan ma’lumotlar, takliflar murojaatlar va
xalqning to’liq fikri o’rganilgani to’g’risidagi dalillar bunday qaror
qabul qilinishiga sabab bo’lishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan
konstitutsiyani qabul qilish, o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish,
qonun, qaror va boshqa hujjatlarni qabul qilish, o’zgartirishga nisbatan
farq qiladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartish va
qo’shimchalar kiritish tartibi bilan bog’liq normalar boshqa qonunlarda
ham o’z ifodasini topgan. Xususan, “O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy
Qonun
310
ning 29-moddasiga asosan, O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish,
konstitutsiyaviy qonunni qabul qilish hamda unga o’zgartish va
qo’shimchalar kiritish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy
sonining uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi talab qilinadi.
Shuningdek, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasining Reglamenti to’g’risida”gi Qonunning 18-moddasiga
ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, konstitutsiyaviy
qonunning, ularga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi
qonunlarning loyihalarini qabul qilish uchun Qonunchilik palatasi
deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi
talab qilinadi. Qonunchilik palatasi O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi
310
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлис
Ахборотномаси
2002
й
. 12-
сон
, 215-
модда
.
759
qonun loyihasini tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy ichida
uning keng muhokamasini inobatga olgan holda ko’rib chiqishi
mumkin. Agar Qonunchilik palatasi O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi
qonun loyihasini qabul qilmasa, uni ko’rib chiqish kamida bir yildan
keyin qayta boshlanishi mumkin.
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’g’risida”gi
Konstitutsiyaviy Qonunning 24-moddasiga ko’ra, O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasini, unga kiritilgan o’zgartish va
qo’shimchalarni, O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlari
hamda ularga kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalarni ma’qullash uchun
senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi
talab qilinadi. Binobarin, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senatining Reglamenti to’g’risida”gi Qonun
311
ning 14-moddasiga
muvofiq, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy
qonunni, ularga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi
qonunlarni ma’qullash uchun senatorlar umumiy sonining uchdan
ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi talab qilinadi.
Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish murakkab jarayon bo’lib,
mazkur jarayonni tartibga solish qo’shimcha qonunlarga murojaat
etishni taqozo etadi. Masalan, Konstitutsiyaga referendum yo’li bilan
o’zgartirish kiritish uchun “O’zbekiston Respublikasining
referendumi to’g’risida”gi Qonun
312
talablaridan kelib chiqish lozim.
Mazkur Qonunning 1-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining
referendumi O’zbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa
qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng
muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir. Bu
Qonunga ko’ra, referendumga qo’yiladigan masala davlat va jamiyat
hayotining eng muhim masalalaridan sanalishi bilan bir qatorda ayrim
masalalarga daxldor bo’lmasligi lozim,ya’ni qonunning
2-moddasiga asosan O’zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini
o’zgartirish, O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va soliqlar,
amnistiya va avf etish, jamoat tartibini, aholi sog’lig’i va
311
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлис
Ахборотномаси
2003
й
. 9-10-
сон
, 137-
модда
.
312
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
. 2001
йил
, 21-
сон
, 147-148-
моддалар
.
760
xavfsizligini ta’minlash bo’yicha favqulodda va shoshilinch
chora-tadbirlar o’tkazish, O’zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish, mansabdor
shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish masalalari referendum
predmeti bo’lishi mumkin emas.
Demak, yuqoridagilar referendum predmeti bo’lmagani kabi,
Konstitutsiyadagi bunga taalluqli masalalarga referendum yo’li
bilan o’zgartirish kiritish ham mumkin bo’lmaydi.
Referendum o’tkazilgach, qabul qilingan qaror Markaziy saylov
komissiyasi tomonidan e’lon qilinib, respublikaning butun hududida
majburiy kuchga ega bo’ladi va davlat hokimiyati organlarining
hujjatlari bilan biron-bir tarzda tasdiqlashni talab qilmaydi. Mabodo,
referendumda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim
normalariga o’zgartirish kiritishni taqozo etuvchi qaror qabul qilinsa,
Konstitutsiyaning muayyan normalari referendum qaroriga
muvofiqlashtiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasiga
ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif
kiritilgandan keyin olti oy mobaynida Konstitutsiyaga o’zgartirishlar
hamda tuzatishlar kiritish to’g’risida keng va har taraflama muhokamani
hisobga olgan holda qonun qabul qilishi mumkin. Agar Oliy Majlis
Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish to’g’risidagi taklifni rad etsa,
taklif bir yil o’tgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga ko’ra,
qonunchilik tashabbusi huquqiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, o’z
davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog’iston
Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi deputatlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh
prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi
subyektlari tomonidan qonun loyihasini O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar kiritish
bo’yicha tayyorlangan qonun loyihalari ham yuqoridagi subyektlar
tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasiga kirtiladi. 2006-yil 11-oktabrdagi “Qonunlar loyihalarini
tayyorlash va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
761
palatasiga kiritish tartibi to’g’risida”gi Qonunning
313
18-moddasiga ko’ra,
tartibga solinadigan munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari bilan
bog’liq holda qonunlar loyihalari quyidagi shaklda ishlab chiqiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |