shuningdek, davlat
organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish
va takomillashtirish
yo’li bilan amalga oshiriladi
”
kabi norma kiritildi;
–ikkinchidan, Konstitutsiyasining 78-modda birinchi qismining
21-bandiga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
va Senatining birgalikdagi vakolatlari sifatida parlament nazoratini
amalga oshirish huquqi belgilandi. Darhaqiqat, parlament demokratik
asosda shakllantiriladigan, xalq xohish-irodasini ifoda etuvchi oliy
vakillik organidir. Mazkur organning davlat ijro hokimiyati organlari
320
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлиси
палаталарининг
Ахборотномаси
, 2011
й
. 12/1-
сон
,
343-
модда
.
773
faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishi qabul qilinayotgan qonunlarni
samarali ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.
Parlament nazorati –
birinchidan,
qabul qilingan qonunlarning
ijro etilishi darajasini o’rganishga;
ikkinchidan,
qonunlarning
amaliyotda qo’llanilishiga salbiy ta’sir etuvchi ob’ektiv va subyektiv
omillarni o’z vaqtida aniqlashga;
uchinchidan,
mavjud kamchiliklarni
bartaraf etishga qaratilgan tezkor chora-tadbirlarni belgilashga;
to’rtinchidan,
tegishli qonunlarga nazorat-tahlil natijalariga asosan
qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilishiga;
beshinchidan,
davlat
hokimiyati va boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar hamda
fuqarolarning qonun hujjatlari qoida-talablariga so’zsiz amal qilish
mas’uliyati va majburiyatini oshirishga xizmat qiladi;
– uchinchidan, 93-moddaning 8, 10, 16, 24-bandlariga ayrim
tuzatish va to’ldirishlar kiritildiki, ular Bosh vazir vakolatlarini
kengaytirdi, Prezidentning ayrim vakolatlarini amalga oshirish
tartibotini yanada takomillashtirdi;
– to’rtinchidan, Konstitutsiyaning 98-moddasi mazmuni Bosh
vazir lavozimiga nomzod O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida
uning nomzodi ko’rib chiqilayotgan va tasdiqlanayotgan paytda
Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo’ljallangan
harakat dasturini taqdim etishini nazarda tutadigan yangi qoidalar bilan
to’ldirildi. Shu bilan birga Konstitutsiyaning 98-moddasida Vazirlar
Mahkamasi va Bosh vazirning vakolatlari aniq belgilab berildi;
– beshinchidan, Konstitutsiyaga (103-modda) mahalliy ijroiya
hokimiyati organlari mustaqilligining kafolatlari va ayni paytda
vakillik organlari oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan norma
kiritildi. Unga ko’ra viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq
deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar
taqdim etishi, ular bo’yicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli
qarorlar qabul qilishi tartibi mustahkamlab qo’yildi. Mazkur norma ham
vakillik organlari tomonidan mahalliy ijro hokimiyati ustidan amalga
oshiriladigan nazoratning huquqiy asoslarini takomillashtirdi;
– oltinchidan, Konstitutsiyaga (117-modda) demokratik saylov
tizimining tashkiliy va huquqiy asoslarini mustahkamlashga
qaratilgan normalar kiritildi. Unga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik,
qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo’lishi
alohida belgilandi. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Markaziy
774
saylov komissiyasining a’zolari Qoraqalpog’iston Respublikasi
Jo’qorg’i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar
Kengashlarining tavsiyasi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidansaylanishi, Markaziy
saylov komissiyasining Raisi komissiya a’zolari orasidan O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining taqdimi bo’yicha komissiya majlisida
saylanishi kabi konstitutsiyaviy norma mustahkamlandi
1
.Mamlakatimizda
2016-yildan boshlab barcha jabhalarda ulkan
islohotlar amalga oshirilmoqda
. Xususan,
2017–2021-yillarda O’zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi
bo’yicha Harakatlar strategiyasida, davlatning taraqqiyotini belgilab
beruvchi muhim yo’nalishlarda bir qancha maqsad va vazifalar belgilab
berildi. Albatta, buning negizida inson manfaatlari har narsadan ustun
g’oyasi ustuvorlik ahamiyat kasb etdi. Ko’plab qonunlar, qonun osti
hujjatlar, davlat dasturlari, kontseptsiyalar ishlab chiqish vazifalari
yuklatildi. Hammamizga, ma’lumki, Konstitutsiyamizning 11- moddasida
sud hokimiyati alohida hokimiyat tarmog’i sifatida o’z faoliyatini
mustaqil tarzda amalga oshiradi. Asosiy vazifasi sifatida inson huquq va
erkinliklarini himoyalashga qaratadi. Shundan kelib chiqib, 2017-yil
6-aprelda “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga
o’zgartishlar va qo’shimcha kiritish to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi
.
U
shbu o’zgartish va qo’shimchalar O’zbekiston Respublikasida sud
tizimini takomillashtirish va uning faoliyati samaradorligini oshirish,
sudyalar korpusini yanada mustahkamlash va sud hokimiyatining
chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida kiritildi. Qolaversa,
O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi
konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko’maklashish
uchun O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tuzildi hamda
ularning asosiy vazifalari sifatida, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni
tanlov asosida tanlash, eng malakali va mas’uliyatli mutaxassislar
orasidan sudyalarni tayinlash, shuningdek, rahbar sudyalik lavozimlariga
ko’rsatish uchun tavsiya berish asosida sudyalar korpusini shakllantirish va
boshqa shu kabi vazifalar belgilandi.
Mazkur o’zgartish va qo’shimchalarga to’xtalib o’tadigan bo’lsak:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddaning
4-bandi quyidagi tahrirda bayon etildi. Unga muvofiq, O’zbekiston
1
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2014
й
., 16-
сон
, 177-
модда
775
Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash masalasi
Oliy Majlisi Senati tomonidan amalga oshirilishi belgilab berildi.
Darhaqiqat, O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar
hamjamiyatining organi hisoblanishining o’zi Raisga ulkan
mas’uliyatni yuklaydi.
Mamlakatimizda sud tizimidagi islohotlardan kelib chiqib,
Konstitutsiyaning 81-moddaning yettinchi qismidagi “Oliy xo’jalik sudi”
degan so’zlar “Sudyalar oliy kengashi” degan so’zlar bilan almashtirildi.
Qonunchilik tashabbuskorlari subyektlarini belgilab beruvchi
83-moddadagi “Oliy xo’jalik sudi” degan so’zlar chiqarib tashlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari mazkur sud
tizimidagi konstitutsiyaviy islohotlardan kelib chiqib, tegishli tarzda
yangicha tahrir etildi. Xususan, Konstitutsiyaning 93-modda birinchi
qismining13-bandiga muvofiq,O’zbekiston Respublikasi
PrezidentiO’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi
tarkiblariga, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy
kengashining raisi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
boshqaruvining raisi, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish
davlat qo’mitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi.
Mazkur moddaning 14-bandiga muvofiq esa,
O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti
O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy
kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar sudlari
raislari va rais o’rinbosarlarini, O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudi
raisini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi; O’zbekiston Respublikasi
Sudyalar oliy kengashining a’zolarini qonunga muvofiq tasdiqlaydi.
Oxirgi ikki yil davomida sud hokimiyatini amalga oshirishda
bevosita ta’sir etadigan sud tizimida, ularning ijtimoiy moddiy ta’minoti
va faoliyatining kafolatlarida qator o’zgarishlan amalga oshirildi.
Xususan, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy nizolarni ko’ruvchi
ko’p pag’onali sudlar tizimi shakllantirilib, ushbu sudlarning sud
ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi sifatida
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi belgilandi.
776
Mazkur yangilanishlar asnosida, Konstitutsiyaning 107-moddaning
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladigan bo’ldi. Jumladan,
“O’zbekiston Respublikasida sud tizimi O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy
sudlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari
bo’yicha sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha viloyatlar va
Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahar iqtisodiy va ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari
bo’yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo’yicha
tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va
tuman, shahar ma’muriy sudlaridan iborat”.
Qolaversa, 110-moddaning birinchi qismi “jinoiy” degan so’zdan
keyin, “iqtisodiy” degan so’z bilan to’ldirildi, uchinchi
qismidagi
“Qoraqalpog’iston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar,
shaharlar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning” degan
so’zlar “quyi sudlarning” degan so’zlar bilan almashtirildi.
Sudyalar oliy kengashinining konstitutsiyaviy maqomini
mustahkamlash maqsadida, Konstitutsiyaning 111-moddasi yangi tavsifda
bayon etildi. Unga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy
kengashi sudyalar hamjamiyatining organi bo’lib, u O’zbekiston
Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga
rioya etilishini ta’minlashga ko’maklashadi. O’zbekiston Respublikasi
Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun
bilan belgilanadi.
Ma’lumki, O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham “O’tgan bir yil
davomida sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash
bo’yicha keng ko’lamli ishlar boshlandi. Xususan, sudlar tuzilmasini
hamda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash
tizimini yanada takomillashtirish maqsadida hech qaysi hokimiyat
bo’g’iniga bo’ysunmaydigan organ – Sudyalar oliy kengashi tashkil
etildi. Kengash tomonidan sudyalikka nomzodlarni tanlash va
777
tayinlashda ta’sirchan jamoatchilik nazorati o’rnatildi”
321
, deb bu borada
amalga oshirilgan ishlarga to’xtalib o’tgan edi. Shubhasiz, ushbu
sohada amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlar fuqarolarning
huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim rol o’ynadi.
Mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, sud - huquq sohasini
mustahkamlash maqsadida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2017-yil 1-iyunda e’lon qilingan, O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsisining ayrim moddalariga o’zgartishlar kiritish to’g’risida
(80, 93,108 va 109-moddalariga)gi qonunida, Tabiatni muhofaza
qilish davlat qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy
sudi maqomi, faoliyati qayta ko’rib chiqilib takomillashtirildi.Mazkur
o’zgartishlarga muvofiq:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80- moddasining
5- bandi chiqarib tashlandi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi raisini tayinlash).
Shuningdek, mazkur moddaning 12-bandidagi
“O’zbekiston
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi raisining” degan
so’zlar chiqarib tashlandi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatiga
tegishli bo’lgan Konstitutsiyaning 93-modda birinchi qismining
13-bandidagi “O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat
qo’mitasining raisi” degan so’zlar chiqarib tashlandi.Bu yerda,
O’zbekiston Respublikasi Prezidentning Oliy Majlis Senatiga Tabiatni
muhofaza qilish davlat qo’mitasining raisi nomzodini taqdim etish
vakolati haqida so’z bormoqda.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi
qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining
Konstitutsiyaga muvofiqligi to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish
bo’yicha doimiy faoliyat ko’rsatuvchi sud hokimiyati organidir.
Konstitutsiyaviy sud huquqiy maqomini takomillashtirish yuzasidan
1995-yil 30-avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy
sudi” to’g’risidagi qonunning ko’plab normalarini yangitdan ko’rib
chiqish hamda takomillashtirish natijasida,2017-yil 31-mayda
321
Ўзбекистон
Республикаси
Президенти
Шавкат
Мирзиёевнинг
Олий
Мажлисга
Мурожаатномаси
//
Ўзбекистон
Республикаси
Президенти
Матбуот
хизматининг
расмий
веб
-
сайти
– www.prezident.uz
778
“O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi” to’g’risidagi yangi
tahrirdagiqonuni qabul qilindi. O’zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining konstitutsiyaviy sud faoliyati bilan bog’liq bo’lgan
normalari ham takomillashtirildi.
Xususan, Konstitutsiyaning 108 hamda 109 moddalari yangi
tahrirda bayon etildi. Konstitutsiyaning 108-moddasiga ko’ra,
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi
va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi
to’g’risidagi ishlarni ko’radi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Senati tomonidan O’zbekiston Respublikasi
Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan siyosat va huquq sohasidagi
mutaxassislar orasidan, Qoraqalpog’iston Respublikasining
vakilini qo’shgan holda saylanadi.O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyaviy sudi o’z tarkibidan O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudining raisini va uning o’rinbosarini saylaydi.
Xorijiy mamlakatlar tajribasiga e’tibor qaratadigan bo’lsak,
Germaniyada federal konstitutsiyaviy sud mamlakat parlamentining
yuqori palatasi – Bundesrat tomonidan shakllantiriladi. Bunda nomzodlar
palata jami a’zolarining uchdan to’rt qismi ovozini to’plashi lozim
1
.
Mazkur o’zgartishlarga muvofiq, Konstitutsiyaviy sudni saylashda
O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining ishtiroki,
Konstitutsiyaviy sudining raisini va uning o’rinbosarini saylash tartibi
konstitutsiyaviy sud majlisi tomonidan amalga oshirilishi kabi yangi
qoidalarni nazarda tutadi.
Konstitutsiyaning 109-moddasiga muvofiq, O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
1) O’zbekiston Respublikasi qonunlarining va O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining,
hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O’zbekiston
Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;
1
Хо
rijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy huquqi.darslik/ A.A.Azizxo'jayev: - T.: TDYI nashriyoti,2010. – 58
-59 betlar.
779
2) O’zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan
imzolanguniga qadar O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy
qonunlarining, O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini
ratifikatsiya qilish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi
qonunlarining O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga
muvofiqligini aniqlaydi;
3) Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi
qonunlarining O’zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi
to’g’risida xulosa beradi;
4) O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari nor-
malariga sharh beradi;
5) O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda
qo’llanilishi lozim bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligi to’g’risida sudlar
tashabbusi bilan kiritilgan murojaatini ko’rib chiqadi;
6) konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini
umumlashtirish natijalari yuzasidan har yili O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalariga va O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga
mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to’g’risida
axborot taqdim etadi;
7) O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan
berilgan vakolati doirasida boshqa ishlarni ko’rib chiqadi.
Konstitutsiyaviy sudning hujjati rasmiy e’lon qilingan kundan
e’tiboran kuchga kiradi.Konstitutsiyaviy sudning hujjati qat’iy va
uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.Konstitutsiyaviy sudni tash-
kil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi”.
Mazkur o’zgartishlarga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining
Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar O’zbekiston Respublikasi
konstitutsiyaviy qonunlarining, O’zbekiston Respublikasi xalqaro
shartnomalarini ratifikatsiya qilish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi
qonunlarining O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga
muvofiqligini aniqlash, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan
ishda qo’llanilishi lozim bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarning
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligi to’g’risida
sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaatini ko’rib chiqish,
konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish
natijalari yuzasidan har yili O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi pal-
780
atalariga va O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konsti-
tutsiyaviy qonuniylikning holati to’g’risida axborot taqdim etish kabi
yangi qoidalar bilan takomillashtirildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning
2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida
Kengashlar faoliyati xususida to’xtalib, quyidagi fikrlarni bildirib
o’tgan edi: “ Keyingi paytda yurtimizda xalq deputatlari
Kengashlarining roli, xalq noiblarining vakolatlari tubdan oshirildi.Siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |