birinchidan
, 1993-yil 28-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi
Qonunga asosan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
77-moddasi 1-qismi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 150 nafar
deputatdan iborat)dagi “150 nafar deputatdan” degan so’zlar
“deputatlardan” degan so’z bilan almashtirildi;
783
ikkinchidan
, 2003-yil 24-apreldagi “O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi
Qonunga muvofiq, Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga
va Konstitutsiyaning 6-bo’limi 127-moddasiga o’zgartish va
qo’shimchalar kiritildi;
uchinchidan
, 2007-yil 11-apreldagi “O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (89-moddasiga, 93-moddasining
15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga) tuzatishlar kiritish
to’g’risida”gi Qonun bilan Konstitutsiyaning 89-moddasiga,
93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar
kiritildi;
to’rtinchidan
, 2008-yil 25-dekabrdagi “Saylov to’g’risidagi
qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston
Respublikasining ayrim qonunlariga o’zgartish va qo’shimchalar
kiritish haqida”gi Qonun bilan kiritilgan o’zgartishga muvofiq,
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasining birinchi
qismi “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat” deb bayon
etildi;
beshinchidan
, 2011-yil 18-apreldagi “O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish
to’g’risida (78, 80, 93, 96, va 98-moddalariga)”gi Qonun bilan
Konstitutsiyaning 78, 80, 93, 96, va 98-moddalariga o’zgartish va
qo’shimchalar kiritildi;
oltinchidan
, 2011-yil 12-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish to’g’risida”gi
Qonun bilan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga
tuzatish kiritilib, unga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
konstitutsiyaviy vakolat muddati etti yildan besh yilga qisqartirildi;
ettinchidan,
2014-yil 16-aprelda qabul qilingan “O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o’zgartish va
qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonuni bilan Konstitutsiyaning
32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar
kiritildi;
sakkizinchidan,
2017-yil 6-aprelda “O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga o’zgartishlar va qo’shimcha kiritish to’g’risida”gi
qonuni qabul qilinishi bilan Konstitutsiyasining 80, 81, 83, 93, 107, 110 va
111-moddalarigao’zgartish va qo’shimchalar kiritildi;
784
Do'stlaringiz bilan baham: |