Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet334/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

birinchidan,
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlari va 
qonunlari loyihalari; 
ikkinchidan,
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, 
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlariga hamda qonunlariga 
o’zgartish, qo’shimcha va tuzatishlar kiritish to’g’risidagi qonunlar 
loyihalari; 
uchinchidan,
O’zbekiston Respublikasi qonunlarini yoki ularning 
ayrim normalarini o’z kuchini yo’qotgan deb topish to’g’risidagi qonunlar 
loyihalari. 
Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish yuzasidan taklif 
kiritilgandan keyin uzog’i bilan olti oy ichida Konstitutsiyaga 
o’zgartirishlar kiritish to’g’risida qonun qabul qilinishi mumkin. Shuni 
e’tiborga olish lozimki, agar Oliy Majlis mazkur taklif asosida qonun 
qabul qiladigan bo’lsa, taklif kiritilgan muddat bilan qonun qabul 
qilinadigan vaqt orasi olti oydan oshmasligi lozim. Bundan tashqari, 
agar Oliy Majlis Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish to’g’risidagi 
taklifni rad etsa, taklif bir yil o’tgandan keyingina qayta kiritilishi
mumkin. Mazkur norma mazmunidan Konstitutsiyaga o’zgartirish 
kiritish tartibining murakkab jarayon ekanini bilishimiz mumkin.
Boshqa biror bir qonunga o’zgartirish kiritish bo’yicha 
bunday talab qo’yilmagan, ya’ni rad etilgan qonun loyihasining bir yil 
o’tgandan keyin qayta kiritilishi mumkinligi belgilab qo’yilmagan. 
Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish yuzasidan rad etilgan taklifning 
faqatgina bir yil o’tgandan keyin qayta kiritilish qoidasi, birinchidan, 
konstitutsiyaning barqarorligini ta’minlash sharti bo’lsa, ikkinchidan, 
konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish yuzasidan taklif kiritgan qonunchilik 
tashabbusi huquqi subyektiga loyiha ustida keng miqyosda ish olib borish, 
uni mukamallashtirishga imkon yaratadi; uchinchidan, Asosiy Qonunimiz 
qattiq konstitutsiya (alohida murakkab tartibda o’zgartirish kiritiladigan 
konstitutsiya) ekanidan dalolat beradi. 
313
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлиси
палаталарининг
Ахборотномаси
, 2006 
й
., 10-
сон
, 537-
модда



762 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 
tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirish 
kiritish yuzasidan tegishli tartibda qonun qabul qilinadigan bo’lsa, 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasida belgilangan 
talabga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun qabul qilingan 
kundan e’tiboran o’n kundan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ma’qullagan 
qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentiga o’n kun ichida yuboriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun o’ttiz kun 
ichida imzolanadi va e’lon qilinadi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad 
etilgan qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik pal-
atasiga qaytariladi. 
Agar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 
tomonidan rad etilgan qonunni qayta ko’rib chiqishda Qonunchilik
palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat 
ko’pchilik ovozi bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda 
imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti-
ga Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 
rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga
kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi 
deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komis-
siyasini tuzishi mumkin. Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul 
qilganda qonun odatdagi tartibda ko’rib chiqilishi kerak. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qonunni o’z e’tirozlari bilan 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli. 
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda O’zbekiston Respu-
blikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va 
Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat 
ko’pchilik ovozi bilan ma’qullansa, qonun O’zbekiston Respublikasi Pre-
zidenti tomonidan o’n to’rt kun ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak. 
Qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning matbuotda 
e’lon qilinishi ular qo’llanilishining majburiy shartidir. 


763 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish