prokuratura organlari yagona
markazlashtirilgan tizimdan iborat
ekanligini mustahkamlaydi.
Prokuratura organlarining tizimi “Prokuratura to’g’risida”gi Qonunda
(10-modda) belgilangan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Bosh
prokuraturasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi prokuraturasi, viloyatlar va
Toshkent shahar prokuraturalari, tumanlar va shaharlar prokuraturalari,
viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan O’zbekistonRespublikasi
Harbiy prokuraturasi, O’zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi,
tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan harbiy okruglar, hududiy harbiy,
transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalaridan iborat.
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Soliq,
valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga
qarshi kurashish departamenti Majburiy ijro byurosi hamda Agrosanoat
majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish
inspektsiyasi, shuningdek, ularning joylardagi bo’linmalari faoliyat
ko’rsatadi.
708
Prokuratura organlari tizimi ularning zimmasiga yuklangan
vazifalardan kelib chiqib izchil takomillashib bormoqda. Bosh prokuratura
huzurida Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni
legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (2016-yil 23-sentabrdan
shunday nomlanmoqda
293
) tashkil etilgan bo’lsa, 2017-yil 29-mayda
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5059-sonli Farmoniga
asosan, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi ham faoliyat
ko’rsatmoqda.
2016-yil 23-sentabrda «Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi
kurashish departamenti» «Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy
daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti» deb
nomlana boshlangan bo’lsa, 2017-yil 29-maydagi «Elektr energiyasi va
tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to’lov intizomini
yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining PF-5059-sonli Farmoniga asosan,
2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo’nalishi bo’yicha
Harakatlar
strategiyasida belgilangan
vazifalarga muvofiq, shuningdek, elektr va gaz ta’minoti sohasida
boshqaruv tizimini, nazorat va hisobga olish mexanizmlarini yanada
takomillashtirish, to’lov intizomini mustahkamlash, javobgarlikni
kuchaytirish, ijro ishi yuritishning samaradorligini tubdan oshirish
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida
Majburiy ijro byurosi tashkil etildi. Unga ko’ra Byuroga O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan
direktor tomonidan boshqariladi va u o’z faoliyatida O’zbekiston
Respublikasi Bosh prokurori oldida hisobdor hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi
PF-5418-son "Qishloq va suv xo’jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoniga muvofiq
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat
majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish
inspeksiyasi tashkil etildi.
293
Ўзбекистон
Республикасининг
айрим
қонун
ҳужжатларига
ўзгартиш
ва
қўшимчалар
киритиш
тўғрисида
Ўзбекистон
Республикасининг
қонуни
.
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2016
й
., 39-
сон
, 457-
модда
. 2016
йил
23
сентябр
.
709
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan
nazorat qilish inspeksiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
a) qishloq va suv xo’jaligi, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi
sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi
holati;
–paxta va don ekinlarining urug’larini davlat tomonidan buyurtma
qilish, tayyorlash, alohida qayta ishlash hamda saqlash bo’yicha talablarga
rioya qilinishi;
–qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini davlat
buyurtmasining rejali amalga oshirilishiga muvofiq hajmlarda
shakllantirish bo’yicha talablar bajarilishi;
–don ekinlari, paxta va boshqa qishloq xo’jaligi ekinlari urug’lari,
shuningdek, ulardan qayta ishlangan mahsulotlar davlat resurslarining
sifati, ulardan oqilona hamda maqsadli foydalanilishi, ularning sifatli
saqlanishi hamda nobudgarchiligi kamaytirilishi ta’minlanishi;
–qishloq xo’jaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urug’lari
sifati sohasidagi davlat siyosatining ijro qilinishi, akkreditatsiya sohasiga
muvofiq urug’larni sertifikatlash, urug’ hamda ko’chat materiallarining
sifatini aniqlash va nazorat qilish bo’yicha ishlarning amalga oshirilishi;
–qishloq xo’jaligi yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza
qilish, Inspektsiya zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida aybdor
shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortish orqali
qonunchilik talablariga so’zsiz rioya etilishi;
–sun’iy suv ob’ektlarida suvdan oqilona va samarali foydalanilishi
hamda suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi;
–idoraviy bo’ysunuvidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha
korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda chorvachilikda naslchilik
ishlari to’g’risidagi qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlarga
rioya etilishi;
–qishloq xo’jaligi, melioratsiya va yo’l-qurilish texnikalarining, ularn-
ing ekspluatatsiya qilinishi, sifati samaradorligining, servis va ta’mirlash
xizmatlarining texnik holati ustidan nazoratni amalga oshirish;
b) eksport-import va respublika ichidagi tashishlarda don ekinlari,
paxta xom ashyosi, qishloq xo’jaligi ekinlari urug’lari va ulardan qayta
ishlangan mahsulotlar sifatini majburiy davlat tekshiruvidan o’tkazish;
c) huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va
shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko’rish borasida kompleks
chora-tadbirlarni amalga oshirish;
710
d) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar
to’g’risidagi ishlarni yuritish.
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan
nazorat qilish inspektsiyasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan
boshliq tomonidan boshqariladi; o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi
Bosh prokuroriga hisobdordir.
Inspektsiya boshlig’i maqomi, mehnatiga haq to’lash, tibbiy va
transport xizmat ko’rsatish shartlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi
Bosh prokurori o’rinbosariga tenglashtirildi
294
.
Do'stlaringiz bilan baham: |