Maxsus basketbol zali.
Maxsus basketbol zalida quyidagilar joylashadi:
1. Basketbol maydoni.
2. O‘quv-trenirovka anjomlari:
- sakrash harakatini rivojlantiruvchi stanok;
- basketbolning trenirovka shitlari;
- gimnastik devor;
- arg‘amchi va boshqa anjomlar.
Basketbol zalining sun’iy yoritilishi:
- yon tomondan – 300 lk;
- yuqoridan – 100 lk.
Basketbolchilarda uchraydigan shikastlanishlar.
Basketbolchilarda tayanch-harakat a’zolarining quyidagi shikastlari deyarli ko‘proq uchraydi:
1. Qo‘l barmoqlari boylamlarining lat yeyishi, cho‘zilishi;
2. Tizza bo‘g‘imi meniskining lat yeyishi va paylarining cho‘zilishi;
3. Boldir-tovon bo‘g‘imining shikastlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |