Basketbolchining poyabzali: Charm yoki rezinadan tayyorlangan yumshoq, yengil, poshnasiz poyabzal.
Basketbolchining shaxsiy gigiyenasi.
Basketbolchining tirnoqlari kalta qilib olingan bo‘lishi kerak. Aks holda, u mashq va musobaqa paytida raqibini tirnab jarohatlashi mumkin.
Basketbol o‘yinlari o‘tkaziladigan joylarga gigiyenik talablar.
Basketbol bo‘yicha trenirovka mashqlari ochiq maydonlarda va sport zallarida o‘tkaziladi.
Ochiq basketbol maydoni.
Maydonning qurilishida e’tiborga olinishi zarurki, musobaqa o‘yinlari asosan kunning ikkinchi yarmida o‘tkaziladi. Shuni hisobga olib, o‘yin paytida quyosh maydonni yon tomonidan yoritishi rejalashtiriladi.
Maydon tekis, qattiq, to‘pning yaxshi sabchishini ta’minlaydigan bo‘lishi talab etiladi.
Maydon yeri ko‘pincha ohak g‘isht aralashmasi bilan qoplanadi. Shuningdek, asfalt, asfalt rezin, bitum rezina, sintetik materiallar bilan ham qoplanishi mumkin.
Basketbol maydonining sun’iy yoritilishi:
- yon tomondan – 50 lk;
- yuqoridan – 20 lk..
Do'stlaringiz bilan baham: |