Basketbolchilarda uchraydigan shikastlanishlarning oldini olish.
Basketbolchilarda uchraydigan shikastlanishlarning oldini olish uchun quyidagi gigiyenik tadbirlarga e’tibor berilishi lozim:
1. Trenirovka va musobaqa mashqlari uslubiy jihatdan to‘g‘ri rejalashtirilishi va qoida bo‘yicha o‘tkazilishi lozim. Bu vazifa trener va hakam zimmasiga yuklatiladi;
2. Trenirovka mashqi va musobaqa o‘tkaziladigan joyning sanitariya-gigiyenik sharoiti talab darajasida bo‘lishi. Bu vazifa sport inshoati rahbari zimmasida bo‘ladi. Shuningdek, trenirovka oldidan trener, musobaqa oldidan hakam nazoratidan o‘tkazilishi lozim;
3. Basketbolchining kiyimi va poyabzali o‘ziga mos bo‘lishi;
4. Trenirovka mashqlari va musobaqalarni qoida asosida tashkil etish, o‘yinchilar tomonidan qo‘pollikka, o‘yin qoidalarining buzilishiga qat’iy yo‘l qo‘ymaslik. Mazkur vazifalar trenirovka paytida trener zimmasida, musobaqa paytida hakam zimmasida bo‘lishi tabiiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |