Voleybol maydoniga gigiyenik talablar.
Voleybol maydoni yuqorisi (tepasi) da 9 metr bo‘sh joy bo‘lishi kerak. Bu joyda elektr, radio, telefon simlari, simyog‘och, daraxt shoxlari bo‘lishi mumkin emas. Xalqaro musobaqalarda esa maydon tepasidagi bo‘sh joyning balandligi kamida 12,5 metr bo‘lishi talab etiladi.
Voleybol to‘ri o‘rnatiladigan ikkala ustunlar yon chiziqlardan 50 sm ichkarida bo‘lishi kerak.
Voleybol maydonini yon tomondan sun’iy yoritilishi – 50 lk, yuqoridan yoritilishi – 30 lk.
Voleybol zalining yon tomondan sun’iy yoritilishi – 300 lk, yuqoridan yoritilishi – 100 lk.
Voleybol bo‘yicha respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan musobaqalarda maydon atrofidagi chiziqning tashqi tomonida 6-10 metr bo‘sh joy (himoya zonasi) bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |