Гулистон давлат университети “ёшларни ватанпарварлик руҳида тарбиялашда маҳаллий археологик материалларнинг роли”


Hofiz Tanish Buxoriyning ”SHarafnomaiy shohiy”asarining yoshlarni vatanparlik ruhida tarbiyalashdagi o’rni



Download 1,55 Mb.
bet17/78
Sana25.02.2022
Hajmi1,55 Mb.
#272502
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   78
Bog'liq
КОНФЕРЕНЦИЯ материали

Hofiz Tanish Buxoriyning ”SHarafnomaiy shohiy”asarining yoshlarni vatanparlik ruhida tarbiyalashdagi o’rni
Xoliqulov.Sh. GULDU magistranti.


Istiqlol sharofati ila tarixiy meroslarimizni o’rganish jarayoni muvaffaqiyatli ravishda olib borilmoqda.Jumladan,milliy manaviy tafakkurimizning tarkibiy qismi bo’lgan tarix fanini ilmiy o’rganishga,uning barkamol avlod haqidagi g’oyalariga va yoshlarni vatanparlik ,milliy ruhda tarbiyalashga e’tibor kuchayadi. Bir qator tarixiy manbalarimiz zamonaviy yozuvlarga o’girilib katta tirajlarda chop etildi. Shunday ezgu ishlardan biri Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” (Sharafnomaiy shohiy) asari 1999-yilda “Sharq” nashriyotida chop etildi. Ushbu asar tarix faniga oid muhum manbalardan biridir.Movarounnahr,Xuroson va Dashti Qipchoq hududlarining XVI asrdagi tarixi bo’yicha asosiy manbalardan biri “Sharafnomiy Shohiy” asari ko’pincha “Abdullanoma”nomi bilan mashxurdir. Asar Shayboniy Abdullaxon II ning topshirig’i bilan 1584-1590 yillar orasida yozilgan. Asar muallifi Buxorolik mashhur shoir va muarrix Hofiz Tanish ibn MirMuhammad al-Buxoriydir. Uning hayoti va ilmiy-adabiy faoliyatiga oid ma’lumotlar kam. Ayrim qisqa ma’lumotlar “Abdullanoma” asari muqaddimasida va ba’zi tazkiralarda uchraydi. Shu ma’lumotlarga tayanib Hofiz Tanish Buxoriy va uning otasi Mir Muhammad Shayboniy hukmdorlarga yaqin odamlardan bo’lishgan. Mir Muhammad ,Naqshbandiya tariqqatining namoyondalaridan biri,yirik olim Mahdum A’zam Kosoniy (1462-1542) ning hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan “Jome ul-maqomat” da yozilishicha Shayboniy Ubaydullaxon(1534-1539) saroyida xizmatda bo’lgan.Hofiz Tanish Buxoriy 1583- yilda Abdullaxon II ning xizmatiga kirgan va umrining oxirigacha shu xonning huzurida voqeanavis bo’lib xizmat qilgan. Olimning tug’ilgan yilini bazi faktlarga tayanib aniqlasa bo’ladi,lekin vafot etgan yilini aniqlab bo’lmaydi. ”Sharafnomaiy Shohiy” da mana bularni o’qiymiz:[…Abulg’oziy Abdulla Bahodirxon,tangri taolo uning podshohligini,saltanatini abadiy qilib, farqadon1dan ham baland qilsin, Movarounnahr mamlakatini zo’r bilan o’ziga bo’y sundirdi va sharq quyoshidek adolat va insonparvoarlik soyasini o’sha malakatning ilm ahllari boshiga tushirdi. Faxirlanishga munosib Buxoro shaxarini xalifalik taxtining oromgohiga aylantirdi...(o’sha paytda) faqiru xaqirning yoshi o’ttiz oltida edi]. Malumki, Abdullaxon Buxoro shaxrini 1577-yilda egallagan. Lekin Movarounnahr faqat XVI asrning 80-yillari boshida batamom Abdullaxon qo’liga o’tgan. Bunga qaraganda Hofiz Tanish Buxoriy Abdullaxonning xizmatiga u otasi o’rniga taxtga o’tirgandan so’ng 1583-yilda xonning yaqin kishisi Qulbobo Ko’kaldoshning vositachiligi bilan kirgan. Agar o’sha paytda 36 yoshda bo’lsa, unda Hofiz Tanish Buxoriy 1547 yili tug’ilgan bo’lib chiqadi. Uning qachon vafot etgani ma’lum emas.Mashhur adabiyotshunos olim va shoir Mutribiy “Tazkirat ush-shuaro” asarida [Janobi Hofiz Tanish ulamo jumlasidandir.U Mahdumiy Xasan hojaning tazkirasida tilga olinadi. Yuqorida tilga olingan Hofizning og’a-inilari uning vafotidan keyin qandaydir jinoyat qilganlikda ayblab unga davogar bo’lganlar va oliy farmonga ko’ra uning Buxoro minorasidan tashlab yuborilishiga erishganlar,degan mish-mishlar bor] deb yozgan. Bundan ayon bo’ladiki, Mutribiy tazkirasini tamomlagan yili (1604) Hofiz hayot bo’lmagan.
Shu o’rinda yana bir dalil muhum ahamiyat kasb etadi.Hofiz Tanish boshida “Sharafnomaiy Shohiy” asarini muqaddima,ikki maqola va xotimadan iborat qilib yozishni rejalashtirgan edi. Muqaddima va har ikkala maqola yozilgan asar so’nggi Abdullaxon tarafidan Xuroson markazi Hirotni(1588) olinishidir. Lekin xotima yozilmay qolgan. Muallif tuzgan rejaga ko’ra xotima qismida Abdullaxonning maqtovga munosib xislatlari,uning zamonida o’tgan shayxlar,vazirlar,amirlar,shoirlar,olimlar,shuningdek Abdullaxon davrida qurilgan binolar haqida hikoya qilinishi kerak edi. Shunga qaraganda muallif 1590-yillari olmadan o’tgan.Hofiz Tanish Buxoriy og’ir bir davrda,yani Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik kuchaygan, Abdullaxon II ning mamlakatni birlashtirish va markaziy davlat boshqaruvini mustahkamlash uchun tinimsiz olib borgan bir zamonda hayot kechirdi. Muallif uni manu bu iboralarda ifodalaydi:[Har tarafdan teskri shamol esardi. Har burchakdan fitna gardi osmonga ko’tariladi.Har kuni jigarni o’rtaydigan olov yoqiladi.Har zamon balo to’foni yuqori ko’tariladi. Sog’u salomatlik anqodek maxfiylik pardasi ostiga yashiringan edi. Tinchlik va xotirjamlik kibriti axmar1 va aqlu-hunarning rivojidek ko’rinmay ketgandi].
Muallif asarni yozishda xon saroyida yuritilgan maxsus kundaliklar,ishonchli va voqealarni shohidi bo’lgan kishilar og’zidan yozib olingan ma’lumotlardan foydalangan. Bir ikki misol. U 1551\52 yili Abdullaxon bilan Navro’z Axmadxon o’rtalarida Koson (Qashqadaryoga qarashli)yonida bo’lgan urush tafsilotini bayon etarkan,uni [o’sha voqea tepasida bo’lgan va o’z ko’zi bilan ko’rgan bir guruh odamlardan eshitdim],deb yozadi. Yana Abdullaxonning Navro’z Axmadxonning o’g’li Do’stim sulton bilan Farob yonida 1554 yili qilgan urushi tafsiloti ham o’sha urush qatnashchilari tomonidan aytilgan ma’lumotlarga asoslangan. Muallifning axborotchilari ko’proq keksa va xonning yaqin kishilari bo’lgan:[Ushbu satrlar muallifi ul xazratning eski pahlavonlaridan bo’lgan mulla Keldishdan shuni eshitgan edimki...]. Asarda bayon etilgan ko’plab voqealar muallifning ishtirok etgan va o’z ko’zi bilan ko’rgan voqealaridir. Manbalarning bu qadar ishonchli bo’lishi asarning qimmatini oshirgan. Asar muqaddimasida Abdullaxonning nasl nasabi, uning o’sha zamonning yirik ruhoniylardan hoja Muhammad Islomga muridligi, Chingizxon,Jo’jixon,Muhammad Shayboniyxon haqida, shuningdek Movarounnahrning XV asr oxiri XVI asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli haqida qisqacha ma’lumot keltiriladi. Birinchi maqola Movarounnahr, Janubiy Turkiston va Xurosonda 1557-1583 yillar orasida bo’lib o’tgan voqealar,ya’ni Abdullaxon II davlatning zuhuridan to xonlik masnadiga o’ltirishi va o’z nomiga hutba o’qitib, pul zarb ettirishigacha kechgan katta davrni o’z ichiga olgan. Ma’lumki ushbu davrda Abdullaxon siyosiy jihatdan tarqoq bo’lib ketgan Movarounnahrni birlashtirish va markaziy hokimyatni mustahkamlashga muvaffaq bo’ldi. Ikkinchi maqola 1583-1588 yillar, ya’ni Abdullaxon II ning taxtga o’tirishidan to Hirotni uzoq muddat davom etgan qamaldan so’ng shayboniylar qo’shini tomonidan fath etilishigacha bo’lgan davrni o’z ichiga olgan. Asarda tarixiy voqealar bayoni bilan bir qatorda Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, madaniy hayoti, Shayboniylar davlati va qo’shinining tuzilishi,Buxoro xonligining Eron,Turkiya,Hindiston,Sharqiy Turkiston va Rassiya davlatlari bilan olib borgan siyosiy va savdo aloqalari haqida ham qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.
Xonlikning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli borasida keltirilgan ma’lumotlar orasida “iqto”,”suyurg’ol”,”tanho” va “jogir” yer egaliklari,ulus tartibi va uning ijtimoiy –siyosiy hayotidagi mohiyati va o’rni, aholidan yig’iladigan turli –tuman soliq va jarimalar: xiroj(mol),ixrojot,tavol,ulufa, qo’nalg’a,begor,madadi lashkar,boj,tamg’a,tansuqot,tuhfa va hakazo malumotlar,shuningdek xarbiylar,zodagonlar hayotida katta o’rin tutgan xarbiy o’lja haqidagi ma’lumotlar alohida qimmatgs egadir. Qo’shni yurtlar va xalqlar ustiga tez-tez uyishtiriladigan urushlar va bunday yurishlarning jamiyatda tutgan o’rni haqidagi ma’lumotlar ham muhumdir. Asarda xonlar, yirik feodallar tarafidan Jizzax,Nasaf,Xisori Shodmon va Jayxunning so’l qirg’ogidagi viloyatlardagi qo’riq yerlarning mahalliy aholini safarbar etish yo’li bilan o’zlashtirilishi, shaxar, suv omborlari,sardobalar qurilishi haqida ham ma’ lumotlar keltiriladi. Shu o’rin daqadimgi Usturushona hududida sardoba qurdiriladi bu xonlik va sirdaryo boyi shaharlarining oralig’ida joylashgan. Bundan tashqari hunarmandchilikning umumiy ahvoli haqida ham ko’p muhum ma’lumotlar uchratamiz. Asarda mamlakatda XVI asrda, ayniqsa uning ikkinchi yarmida ilm-fan va madaniyat ham bir qadar rivojlanganligini ko’rsatuvchi ma’lumotlar bor. Fan va madaniyat ayniqsa xonlikning markazi Buxoroda ravnaq topdi. Birinchidan, Abdullaxon davrida shaxar atrofidagi, undan taxminan 1 farsah masofada bolgan Sumiton(Jo’ybor) qishlog’ini shaxarga qo’shib,uning janubiy-g’arbiy tarafida yangidan devor olingan. Ana o’sha Sumitonda Jo’ybor ho’jalarining bobolari Abu Bakr Sa’d maqbarasi,atrofida masjid va xonaqoh bino qilindi,binolar atrofida esa chiroyli chorbog’ qurildi.”Sharafnomaiy Shohiy” asar muallifining guvohlik berishicha,”Sumitonni shaxarga qo’shib olish va uni obod qilish ishlari,Buxoroning ham obod bo’lishi qariyb o’n yil(1559-1568) davom qilgan”.
Xulosa qilib aytganda “Shohnomaiy Shohiy”asari boshqa asarlardan ma’lumotlarning qamrovi,aniqligi va vatanparlik ruhi bilan yo’g’rilganligi bilan ajralib turadi. Bugungi tarixni haqqoniy yoritish va milliylikga,vatanparvarlikga chorlovchi g’oyalar masalasi qo’yilgan davrdaa sarning qimmati yanada oshib bormoqda. Mintaqa tarixiga oid ma’lumotlar XV asr oxiri va butun XVI asrda Mavorounnahr, Xurosonning ijtimoiy-iqtisodiy,siyosiy va madaniy ahvoliga real baho berishga yordam beradi. Tarix ilmining asosiy maqsadi ham voqelikka maksimal darajada baho bera olishni o’rgatishdir.



Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish