Oila haqida maqollar va hikmatli so’zlar



Download 144,02 Kb.
Sana07.04.2022
Hajmi144,02 Kb.
#534709
Bog'liq
Oila mavzusida mustaqil ta\'lim


Oila haqida maqollar va hikmatli so’zlar.

  • Oila-qo’sh ustunli ayvon

  • Oila tinch- yurt tinch

  • Olis yo’l otni sinar-og’ir kun xotinni

  • Yaxshilik butun dunyo bo’ylab oqmaydi, balki bir oila bo’lib yashaydi

  • Oilada adovat bo’lsa yaxshilik bo’lmaydi

  • Maslahatlar va tanbehlar oiladagi illatlardir

  • Oila mustahkam bo’ladi, agar uning ustida bitta tom bo’lsa

  • Oilasiz odam mevasiz daraxtga o’xshaydi

  • Rasulululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: ‘’Ayol kishini to’rt xislati uchun nikohga olinadi: hasabi(ota- bobolarining obro’i ba maqtovga loyiq xislatlari) uchun; jamoli uchun; dini uchun. Sen dindorni tanlagin, qo’ling qurigur’’. Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.

  • Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar:’’Ayollarni go’zalligi uchun uylanmang,ularning husni o’zlarini qulatishi mumkin. Mol dunyosi uchun ham uylanmang, mol-dunyosi ularni to’g’onga ketkizishi mumkin. Va lekin dinini deb uylaninglar. Albatta, kelishmagan besunaqay qora tanli dindor ayol(diyonati yo’qlardan) afzaldir” Ibn Moja rivoyat qilgan.





Oila – muqaddas dargoh!

Oilada shirin-shirin orzular og'ushida, qalblarga quvonch olib farzand dunyoga keladi. O'g'ildir, qizdir alloh bergan ulug' ne'matdir. Qiz bola ulg'ayar ekan uning ilk o'ynaydigan o'yinchog'i, ovunchog'i — qo'g'irchoqdir. Bolalar birga o'ynashar ekan ularning biri ota, biri esa ona, o'yinchoqlar esa farzandlari bo'lib o'ynashadi. Balkim, shundandir, oila to'g'risidagi tushuncha bolaligimizdan qon-qonimizga singib ketgan. O'zbek xalqi shuning uchun ham oilani muqaddas deb biladi. Haqiqatdan ham, boshqa xalq turmush tarzini kuzatar ekanmiz, bizdagi oilaga bo'lgan mehr- muhabbat, fidoyilik, oilaning muqaddasligini his qilish, farzand tarbiyasiga bo'lgan munosabat, oilalardagi totuvlik, sabr-toqat, qanoatlilik, insof-diyonat kabi ijobiy fazilatlar faqatgina o'zbek xalqiga, o'zbek oilalariga mosdek tuyuladi kishiga. Ha, oila jamiyatning bir bo'lagidir. Mustahkam oila — mustahkam jamiyatdir. Oilani bir ulkan daraxtga o'xshatsak, uning baquvvat tanasi va ildizi ota va onadir. Shunday daraxtning shoxlari ham sog'lom va ko'rkam bo'ladi. Ildiz va tana ota-ona ekan, bunday sog'lom tana va ildizdan albatta sog'lom shaxslar, yani sog'lom farzandlar dunyoga keladi. Shunday ekan ota-ona inoq, tarbiyali, bir-birini hurmat qiladigan, bir-birini tushunadigan bo'lsa, bunday oilada oqila qizlar va yetuk yigitlar voyaga yetadi. Lekin atrofdagi qurt-qumursqa, shamol-to'zon, har-xil ofatlar bor ekan, daraxtga ham ozmuncha ta'sirini o'tkazmay qo'ymaydi. Bunday ofatlardan talofat ko'rish mumkin. Ammo tana va ildiz mustahkam, sog'lom bo'lsa, o'z shoxlarini baloy-u ofatlardan asraydi, egilgan shoxlarini esa asta sekinlik ila o'z qaddini tiklashga yordam beradi. Turmushda ham shunday noxushliklar uchrab turadi. Oila ustuni er hisoblanadi. Oila ustuni bo'lmish er aqlli va o'z jufti halolidan hamma jixatdan ustun ekanligini yaxshi bilamiz. Bizga qadim- qadimdan o'tib kelayotgan qadimiy va ulug' odatlarimizdan biridir. Ayollarga oilaning tinch- totuvligi, ozodaligi, farzandlar tarbiyasi yuklatilgan bo'lsa, erkaklar boshiga esa oila tashvishlari yuklatilgan. Ular bu hayotda zakovatli qozi bo'lmoqliklari va hamma ishni adolatli hal qilmoqlari lozim. Erkak-ayolning qalqoni, bolalarning panohidir. Xadislarda er-xotin, farzand, oila haqida juda ko'p ibratli so'zlar keltirilgan. Ayolning va erning bir-biriga qiladigan vazifalari va majburiyatlari mavjud. Erning xotin oldidagi vazifasidan biri; «Er o'zi yegan ovqatdan xotiniga va bolalariga yedirmog'i, o'zi kiygan kiyimdan xotini va bolalariga kiydirmog'i shart». Bundan tashqari har bir er axli ayolning yuziga urmasligi, xotiniga yomon so'z aytmasligi yoki bo'lmasa xotinidan ajralmoqqa to'g'ri kelsa uydan chiqib ketmog'i darkor degan fikrlar bitilgan. Axli-ayoliga yaxshi munosabatda bo'lsa, u bilan murosay-u mudaro qilmasa, o'sha oilada turmush lazzati yo'qoladi. Uydan fayzu baraka ketadi. Er ham, xotin ham bunday ishlardan yiroq yurishlari, o'zlarining hayotlari farzandlarining kelajak hayotlarini gullab-yashnashi uchun va bir umr faravon hayot kechirishlarini ta'minlashga xizmat qiladi. Oila boshi, oila ustuni faxsh bilan shug'ullansa, qandaydir yengil tabiatli ayollar bilan vaqti chog'lik qilsa, ozgina shaxvoniy xirsini deb oilasidan ayrilishi yoki bo'lmasa, ayol shunday ish qilsa o'zining shirin turmushidan ayrilishi muqarrar. Ana shu shirin turmushga raxna soluvchi kishilarning o'z-o'zidan yo'qolib ketishi uchun bir- biriga vafodor er-xotinlar ko'paymog'i darkor. Har bir inson turmush qurar ekan, bir dunyo orzu-umidlar qiladi. Oilasini dunyodagi eng baxtli oila bo'lishini, qo'rg'oshindek mustaxkam bo'lib, farzandlari kamolini ko'rishni bir umr roxat-farog'atda yashashni, qaynona-qaynota, qarindosh- urug' munosabatlarini mustaxkam bo'lishini hoxlaydi. Afsuski, orzular hamma vaqt ham amalga oshavermaydi. Yuraging tubidagi gaplarni ba'zan eng yaqin kishingga ham ayta olmaysan, alam va dardlarni ko'z yoshlaringdan olasan. Dilingdagi gaplar o'zining ayovsiz qasosini yana o'sha bechora ko'z yoshlaringdan oladi, va bir qadar tinchlanadi. Asosan, ko'z yoshni kim to'kadi? Albatta, bu ayollardir. Ayol hamma vaqt gox shod yursin, gox qayg'uda yursin farzandlari yonida bo'lsa uning g'uborlari tarqaladi. Uning yonida tayanchi borligi mehriboni, suyangan tog'i shu farzandlari ekanligi, shularning kamolini ko'rish uning uchun eng buyuk baxt ekanligidan taskin topadi. Ularning buyuk insona bo'lib yetishishiga umid bog'laydi. Ana shunday jonkuyar onalar va fidoyi erkaklar bor ekan, ularning qarshisida doimo bosh egsang arziydi. Oila muqaddas uni asrab avaylaylik Azizlarim!
Download 144,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish