Mavzu: Axloqiy-estetik qarashlarning shakllanishi va rivojlanishida dinning tuttan o’rni.
Reja:
1. Axloqiy-estetik qarashlarning shakllanishi va rivojlanishida dinning tutgan o’rni.
2. Axloqiy va estetik qarashlarning shakllanishida diniy tutgan o’rni.
3. Buddaviylik dinining paydo bo’lishi.
Axloqiy-estetik qarashlarning shakllanishi va rivojlanishida dinning tutgan o’rni.
Asrlar davomida din odamlarni eng ulug’ maqsadlar yo’lida birlashtirgan, xamjixat bo’lishga undagan. U xar doim kishilarni o’z-o’zini idora etishga undab, yaxshi xislatlarni ko’paytirib, xar bir insonga, oila, jamoa, mintaqa, umumxalqqa raxnamo bo’lgan. Din o’zining tantanali bayramlari va marosimlari bilan kishilar ko’nglida ko’tarinki kayfiyat, xursandchilik, xushfe’llik, raxm shafkat, sabrtoqat, qanoatlilik, odamiylik, vijdon, burch, poklik kabi insoniy fazilatlarni shakllantiradi, ma’naviy kamol toptiradi.
Diniy dunyoqarashning afzalligi shundaki, unda xar bir inson tomonidan amal qilinishi lozim bo’lgan Axloqiy me’yor va ko’rsatmalar ishlab chiqilgan.
Diniy dunyoqarashning xalq ongiga singib, uning qalbida chuqur ildiz otib ketishining boisi shundan iboratki, ular oddiy kishilarning ruxiyatiga moslashtirib, ularning hissiyoti, tafakkuriga katta ta’sir etadigan va ko’p vaqtgacha esda saqlanib qoladigan yorqin obrazlar, afsona va rivoyatlar shaklida izhor qilinishidadir.
Din va diniy dunyoqarash xususida so’z borganda shuni aytish kerakki, o’tmishda biz dinga bir tomonlama yondashib, uning inson manfaati, kishilarning Axloqiy munosabatlarini takomillashtirishdagi ijobiy rolini to’g’ri tushunmay keldik. Dinga qarshi kurashish niqobi ostida xalqimiz asrlar mobaynida amal qilib kelgan marosim va urf-odatlar taqiqlandi. Qanchadan-qancha masjid va madrasalar asossiz ravishda bo’zib tashlandi. Necha minglab jildlarni tashkil etadigan nodir kitoblar shaxsga sig’inish va qatag’on avj olgan yillarda kuydirib tashlandi.
Xozirgi paytda o’tmishda ro’y bergan xatolar to’zilib, ijtimoiy adolat tiklandi. Yangi masjidlar qurilib, diniy adabiyotlarni nashr etish ijobiy xal etilmokda.
Ma’lumki, mamlakatimizda islom dini bilan barobar nasroniylik, iudaizm, baptizm, adveptizm, katolitsizm singari undan ortik konfessiyalar erkin faoliyat ko’rsatmokda. Diniy arboblar odamlarni tinchlikni saqlashga, urushning oldini olishga, insoniyatning tili, tarixi va madaniyatini, madaniy merosi va ijobiy urf-odatlari, an’analarini avaylab-asrashga, mexnatni sevish va qadrlashga, ekologik va demografik muammolarni ijobiy xal etishga da’vat etmokdalar.
Yoshlarda sharqona Axloq-odob madaniyatini tarbiyalashda islom dini aloxida o’rin tutadi.
«Islom dini, — deydi mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov, — bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun xam iymon, xam Axloq, xam diyonat, xam ma’rifat ekanligini unutmaylik. U quruq aqidalar yig’indisi emas. Ana shu ma’rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladilar. Mexr-oqibatli, nomusli, oriyatli tushunchalariga rioya etishga xarakat qiladilar»1.
Islom dini ming yillar davomida barqaror mavjud bo’lib kelganligining o’ziyoq u inson tabiatida chuqur ildiz otganligidan, uning o’ziga xos bo’lgan bir qancha vazifalarini ado etishidan dalolat beradi. Eng avvalo, jamiyat, guruh aloxida shaxs ma’naviy xayotining muayyan soxasi bo’lgan din umuminsoniy Axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olgan. ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan. Madaniyatga katta ta’sir ko’rsatgan insonning odamlar bilan baxamjixat yashashiga ko’maklashgan va ko’maklashmokda. Binobarin, din odamlarda ishonch xissini mustahkamlagan. Ularni poklab, yuksaltirgan. Xayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarini yengib o’tishlarida kuch bag’ishlagan.
Umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga yetkazishga yordam berib kelgan. Bunday xulosalar chiqarishga, ota-bobolarimizning dini bo’lmish islom dini misolida aytish uchun xamma asoslarga egamiz. SHuning uchun din insonning ishonchli xamroxi, odamzot xayotining bir qismi bo’lib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |