Гулистон давлат университети “ёшларни ватанпарварлик руҳида тарбиялашда маҳаллий археологик материалларнинг роли”


Kaltaminor madaniyati qadim Xorazm vohasining ko’zgusidir



Download 1,55 Mb.
bet20/78
Sana25.02.2022
Hajmi1,55 Mb.
#272502
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   78
Bog'liq
КОНФЕРЕНЦИЯ материали

Kaltaminor madaniyati qadim Xorazm vohasining ko’zgusidir.
Nazarov O. GulDU dotsent

O’rta Osiyodagi hech bir hudud shu vaqtgacha Xorazmdek boy arxeologik materiallar bergan emas. Bu albatta, vohani muntazam va keng ko’lamda o'rganish natijasi bo’lib, biroq o’rinda shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, jonsiz sahrolar o’tmishdagi odam turmushi haqidagi dalillarni yaxshiroq va ko’proq saqlab qoladi. Shuning uchun ham Xorazm arxeologik yodgorliklari sahro sharoitida saqlanib qolishi tufayli qo’lga kiritilgan. Shu bois biz Xorazm vohasining arxeologik durdonasi hisoblangan Kaltaminor madaniyati haqida so’z yuritishni lozim topdik.


Sababi, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev o’zining ilm-fan namoyondalari bilan uchrashuvda arxeologiya sohasini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish mutaxassislarga arxeologiyani rivojlantirish bo’yicha alohida davlat dasturi qabul qilish yuzasidan topshiriq berilganligi bejis emas1. Albatta kaltaminorliklarning dastlabki hayot tarzi vositasi hisoblangan o’z mehnat qurollarini faqat tosh va suyaklardangina yasaganlar. Makonning qatlamida chaqmoqtoshdan qilingan son-sanoqsiz buyumlar, eng muhimi, turli maqsadlar uchun ishlatilgan jajji, ingichka, pichoqsimon plastinkalar (qirg'ichlar, taroshlagich,nishlar, suyakdan qilingan katta qurollarga o'rnatiladigan tig'lar) e’tiborga loyiqdir. Sababi bunday plastinkalardan bir uchli, faqat bir tomoniga ishlov berilgan nayza uchlari tayyorlaganlar, shuningdek, ikki tomonidan silliqlangan, uch burchakli ingichka nayzalar uchraydi. Katta qurollarni (masalan, trapetsiya shaklidagi katta toshbolta) silliqlangan toshdan yasalgan. Shuningdek makonda bezak buyumlari asosan chetdan keltirilgan chig’anoqlardan va toshdan ishlangan. Chig'anoqdan yasalgan silindr shaklidagi mayda marjon va chig'anoqdan yoki silliqlangan tosh plastinkalardan qilingan, bir uchi teshik tuxum shaklidagi ziraklar ayniqsa xarakterli bo’lgan2.
Bundan tashqari kaltaminorliklar xo’jaligi asosan baliq ( ko'proq cho'rtan va laqqabaliqlar) iste’mol qilingan. Makonning madaniyh qatlamida baliq suyaklari to'lib-toshib yotadi. Baliqchilikdan tashqari, ov ham muhim tirikchilik vositalaridan bo'lgan. Qobon, bug'u, suvda yashovchi qushlarning suyaklari ham ko'p uchraydi3.
Shuningdek, Kaltaminorliklarning turar joylari ayniqsa diqqatga sazovor bo’lib, rejali tuxum shaklini eslatadigan yog'och va qamishdan ishlangan bu ulkkan ( 24x17 m) inshoаt qachonlardir baland qum tepa ustiga qurilgan edi. Binoning umumiy markazga ega bo'lgan uchta sinchi bo’lib, ular markazda – bosh o'choqning atrofida, uyning chekkasida va har ikkalasining o'rtasida joylashgan4.
Kaltaminorliklarning uyida, bolalarni ham qo'shib hisoblaganda 100 – 120 kishidan iborat urug'dosh jamoa istiqomat qilgan. Oila o'choqlarning barqaror emasligiga, bir joydan ikkinchi joyga ko'chirib yurilganligiga va mohiyat e’tibori bilan o'choq emas, balki gulxan ekanligiga qaraganda, bu vaqtda oila xo’jalik-turmush jihatidan urug'dan ajralib chiqmagan. O'chmay yonib turadigan muqaddas o'choq ijtimoiy hayotning markazi hisoblangan. Makonning chap tomonidagi bo'linmalarida gulxanlar yo'qligining boisi shuki bu joyda jamoa urf-odati bajarilgan va marosimiy raqslarga tushilgan. Nihoyat, bu bo'linmaning chekkasidagi kichik gulxanlar xuddi andamanliklar uyidagi singari, bu yerning bo’ydoq yigitlar joyi ekanligidan darak bersa kerak: chunki ular oila o'chog'ida pishirilgan ovqatni iste’mol qilganlar, gulxanlarda esa, aftidan, sovuq kechalari isingan bo'lsalar kerak5 degan xulosaga kelingan.
Makonning butun maydonida bir-biridan baravar masofada diametri 50 – 70 sm keladigan yumaloq yuzagina chuqurchalar bor. Ular juda ko'p bo'lib, bu chuqurchalar gulxan yoqilgan hamda uning atrofida ayrim oilalar joylashgan va ovqatlangan. Har bir o'choq chuqurining atrofida va ichida, kuldan tashqari, qurollar, ro'zg'or anjomlari va asosan oshxona jihozlari deb ataladigan topilgan. Oshxona qoldiqlari asosan baliq suyaklaridan iborat bo'lib, ular butun maydondagi madaniy qatlamda juda ko'p miqdorda uchraydi6.
Uy anjomlari asosan ochiq gulxanlarda pishirilgan kulolchilik idishlardan iborat. Ular o'tga chidamli dag'al loydan qo'lda ishlangan bo'lib. Tagi dumaloq turli xildagi idishlardir. Bularning ba’zilari ancha qalin ishlangan bo'lib, tarkibiga ko’p miqdorda dresva aralashgan. Bu idishlarning ko’pchiligining sirt tomoni bosma yoki chizma naqshlar bilan bezatilgan. Bezaklar asosan halqa-halqa qilib, idishning yuqori qismiga solingan1.
Kaltaminorliklarning xo’jaligida ovchilik va moddiy turmush jihozlari chaqmoqtoshdan yasalgan mikrolitoid va suyak buyumlardan iborat bo’lgan. Toshdan ishlangan buyumlar o'zining turli –tumanligi bilan ajralib turadi. Ular ichida ko'proq suyak va yog'och qurollar qadaladigan uzunchoq to’g’nog’ichlar ham mavjud bo’lgan.
Xullas, Kaltaminor madaniyati yodgorliklarini boshqa madaniyatlar bilan taqqoslab ko’rilganda Kaltaminor madaniyatining unga muvofiq keladigan Shimoli-sharqiy Evropa, Uralbo'yi va Janubi-g'arbiy Sibir neoliti va eneoliti madaniyati yodgorliklariga yaqinlashib kelishini aniqlashda S.P. Tolstovning xizmatlari va xulosalari beqiyosdir2.
Kaltaminor madaniyatiga oid ikkinchi makon 1946 yilda A.I.Terenojkin3 tomonidan Buxoro vohasidan Shimol tomondagi Quljuqtov tog' etaklari hududida topilgan. Makon katta tog’ ustida joylashgan bo’lib, Quljuqtov makonida topilgan kulolchilik buyumlari va toshdan ishlangan buyumlar kaltaminorda topilgan shunday buyumlarga juda ham o'xshaydi. Shuningdek, A.A.Fаrmozov tomonidan G'arbiy Qozog'istonda so’nggi Kaltaminor tipiga kiruvchi makon tekshirilgan bo'lib, uning qadimiy madaniy qatlamida topilgan suyaklarning ko’pchiligi uy hayvonlariniki ekanligi aniqlangan4.
Shunday qilib, Afanasev-Kaltaminor madaniyati tarqalgan hududini belgilash mumkin. Demak, Prikamye va Quyi Obdan boshlab to Minusinsk o'lkasi va O'rta Osiyo hududining katta qismini o'z ichiga olgan Sharqiy Turkistongacha bo'lgan taxminiy etnik aloqalarni belgilash mumkin.
O'rta Osiyo bilan Sharqiy Eron o'rtasidagi taxmin qilingan aloqalar yangi eradan avvalgi I va, ehtimol, II ming yillikda bo'lmagan, chunki o’sha davrda bu o'lkalar o'rtasida istiqomat qilgan aholida hind-evropa etnik-lingvistik elementi ustun bo’lganligi aniq. Aloqalar yangi eradan avvalgi IV – III ming yilliklarda, ya’ni Kaltaminor madaniyatini yaratgan xalqlar bu aloqalarning vositasichisi bo'lgan, deb taxmin qilingan davrda mavjud bo'lgan degan xulosaga kelingan5.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Kaltaminor madaniyati insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan madaniyat o’choqlaridan biri hisoblanadi. Sababi bu madaniyatning taraqqiyoti uch bosqichdan iborat bo’lib, shu tariqa har bir bosqich o’ziga xos xususiyati bilan ajralib turishi va voha tarixida o’troq hayot shaklining yuzaga kelishida muhim omillardan biri hisoblangan.



Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish