«Masnaviy»ning ikkinchi kitobi:
«Toki foydadan xabar berilmas
ekan, bandasi qimirlamas. Zero, ul bandasini qimirlatuvchi, odamiyga
xos bir narsadirkim, so’z, maslahat ana shu xususidadir», ya’ni
«Janobi Haq har narsani mezoni ila berar, hisobsiz, mezonsiz
bermas», – deyiladi. Ikkinchi kitobda insonning ma’naviy-axloqiy
shakllanishida ikkinchi qadam ko’proq insondagi mezon, me’yor,
sabr, matonat, vijdon tushunchalari borasida fikr yuritilgan va u
shunday boshlanadi:
Masnaviy nazmida yuz berdi sukut,
Vaqt lozim qondin ayrilguncha sut.
Ul shirinsut qondin ayrilmaydi, to
Etmaguncha toleing farzand ato.
Ul Ziyoulhaq Husomiddin bu on
Masnaviyni burdi ko’kdin yer tomon
1
.
Ikkinchi kitob ancha tanaffuslardan keyin yana davom ettirilib
asarda «Xayoldagi hilol», «Ilonchi voqeasi», «Iysoning hamrohi»,
«Darvesh va muttaham xizmatchi», «Podshoning lochini», «Xalvo»,
«So’qir ko’zlar», «Eshak ketdi», «Bir muflis kishi», ««Agar...»li uy»,
«Mardum malomati», «Odamiy pinhon erur til ostida», «Chanqagan
kishi», «Do’stlik» kabi ko’plab hikoyatlar keltiriladiki, bu hikoyatlar
insonda iymon-e’tiqodning shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Kitobda boshidan oxirigacha foydasiz ilm borasida so’z yuritilib:
Uyqu – bedorlik bilimlar birla, hoy,
Kechsa nodon birla, bedorlikka voy
2
, – deyiladi.
Bu misralar mantiqan «Bilimli bo’lib uxlamoq bilimsiz ibodat
etishdan afzaldir» hadisiga muqoyasa qilinadi. Uni Rumiy o’z ruhiy
holati tufayli ma’naviy darslardan bebahra qolgan shogirdlariga xuddi
uzr sifatida keltiriladi.
Bir ariqdan, sira oqmaydi suv,
O’zi ichmas, boshqalarga bermas u.
1
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (131-бет).
2
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (132-бет).
141
Unda bir obi zilol topmas qaror,
Yo’q yana labtashna, suv ichmoqqa zor
1
.
Bu misralar ma’naviyatsiz kishilarga qaratilgan bo’lib, ariq –
vosita, suv – ma’no ramzini anglatadi. Suv ariq orqali o’z manziliga
yetib, tashnaning chanqog’ini qondiradi. Ustoz esa hayotdagi vosita
bo’lib, undagi ma’no ma’naviyatdir. Ustoz vazifasida bo’laturib,
o’zidagi bor bilimni shogirdiga berib bilmasa, unda ma’no-mohiyat
bo’lmasa, bunday ustozlardan hech qaysi shogird bilim olishga
oshiqmaydi. Shuningdek, bilimsiz kishi ustoz bo’la olmaydi. «Zero,
o’zgalarga bermoq istarsan bilim, ul bilim yo’qdir o’zingda,
o’ylakim
2
».
Bilamizki, Rumiy buyuk voiz ham edi. Ikkinchi kitobning
kulminatsion nuqtasi sifatida Rumiyning tinglovchiga nisbatan:
«...hikoyatning ko’proq tashqi jihatlariga e’tibor qilib, uning asl
ma’nosidan bebahra qolishi» haqida so’z yuritganini belgilash
mumkin. Chunki bu holatda Rumiy o’zi ko’p bor to’qnashgan
insoniyatdagi mavjud muammoni yechishga harakat qiladi va «Garchi
so’z yo’qdir, vale so’z sehri bor...» – deydi va insonni ogohlikka,
uyg’oqlikka chorlaydi.
«Masnaviy»ning uchinchi kitobi quyidagi misralar bilan
boshlanadi:
Ey Ziyoulhaq Husomiddin, ketur,
Ul uchinchi jildi, uch sunnat erur.
Och o’shal ganjinayi asrorni,
Qo’y hama uzringni, ayt axborni
3
.
«Masnaviy» boshlanishidan yana Husomiddinga murojaat
qilinmoqda, chunki Rumiy tomonidan belgilangan bu olis ma’naviyat
yo’lining mashaqqatlariga Husomiddinning sabr qilishiga dalda
sifatida Rumiy uni ma’rifatga o’rta-o’rtada chorlab qoladi.
«Masnaviy»ning uchinchi kitobida
«Fil qissasi», «Bir qishloqlik
shaharlikni mehmonga chaqirib aldagani», «Shoqolning tovuslik
da’vo etgani», «Lofchining jazosi», «Muzlagan ajdaho voqeasi»,
«Filning shaklu shamoyili», «Vahimaga tushgan ustoz», «Darvesh
hikoyati», «Ibtidodan intihoni ko’rgan zargar qissasi», «Nafsga bandi
1
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (145-бет).
2
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (138-бет).
3
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (246-бет).
142
bo’lgan kishi», «Xachir va tuya» kabi qator hikoyatlar keltiriladi.
Uchinchi kitob inson ma’naviy-axloqiy shakllanishida uchinchi qadam
– oraliq tashxis sifatida nafs, hirs, manmanlik, takabburlik, ma’naviy
shakllanishga tahdidlar borasida fikr yuritiladi va aqli noqislarga
izohlar berib o’tiladi. Kitobning «Bir Shayx voqeasi» hikoyatida
Daquqiy (Daquqiy haqida aniq tarixiy ma’lumotlar yo’q. Mavlono
ushbu nom ostida bag’dodlik mashhur mudarris Abdul Mun’im binni
Muhammadni ko’zda tutgan, degan taxminlar bor) qissasi va
karomatlari haqida gapirilib, Daquqiy obrazi orqali nafs tarbiyasi
tasvirlanadi: «Bir narsaga bog’lanib qolmaslik uchun, ey nafs,
deyman, bir narsaga erishmoq bo’lsang, yo’lga tush, imtihondan
yaxshi o’tish uchun ko’nglingni biror yerga bog’lagin», – deyiladi
asarda va Daquqiy yuksak ma’naviyatli inson sifatida gavdalantiriladi.
Asarning keyingi kitoblarida komil insonlar timsolini tasvirlashda
Daquqiy qatorida Luqmon, Ayoz siymolari keltiriladi.
«Masnaviy»da ko’p bora tilga olingan Samarqand, Damashq,
Iroq, G’azna, Buxoro nomlari tarixdan ilm-ma’rifat maskanlari
sanalgan. Masalan, asarda «Qulning tuhmatga uchrab Buxorodan
qochgani» hikoyatida bir Sadri Jahon (Buxoroda Sadr Muhammad ibn
Abdullaziz «Sadri jahon» unvoniga sazovor bo’lgan) izmidagi qul
tuhmatga uchrab, o’n yil darbadar yurib, yurtini sog’inib qaytib
kelibdi. Do’stlari qulga Buxoroga borma, shoh navkarlari seni o’n
yildan beri pichog’ini tezlab qidirib yuribdi, – deyishibdi. Oshiq
baribir Buxoroga boribdi.
Bunda yurt sog’inchi, Vatan hissi tasvirlangan bo’lib,
darhaqiqat,
inson
Vatanida
qanchalik
xavf-xatar
bo’lishiga
qaramasdan ona zaminini qo’msaydi, o’z yurtiga intiladi. Uchinchi
kitobni mutolaa qilish jarayonida shu narsa ayonlashadiki, kitobning
dovrug’i orta boshlagandan unga ta’na toshlarini otadiganlar ham
paydo bo’lgan. Uchinchi kitobning kulminatsion nuqtasi qisqa
o’ylovchi kimsalarning «Masnaviy»ga, ya’ni ma’naviyatga tosh
otishganidir:
Dedi: yuksak so’z emasdir Masnaviy,
Anbiyoning qissasi ul, payravi.
Unda yo’qdir bahsi asrori baland,
Avliyo qaylarga surmishlar saman...
143
Barchasi ma’lum va takrordir faqat,
Qayda ul so’zdirkim, lol qolsin xirad...
1
O’zining aqli qosirligi tufayli «Masnaviy»ga tosh otuvchilarga
javoban Rumiy:
To qiyomat solgay ul Qur’on nido:
Ey jahlga jonni etganlar fido!
Siz meni afsona, ertak bildingiz,
Muncha kufru muncha ig’vo qildingiz.
Ta’nalardan balki hosil bo’ldi shul:
Siz emishsiz foniyu afsona ul...
Har nafas yodimdadir pandi Hakim,
Ta’nalarga zarra parvo etmagum...
2
– deydi.
Rumiyning javobidan shu narsani anglash mumkinki, ko’zlangan
maqsad sari dadil qadam tashlash, yo’lda uchraydigan har qanday
g’ovdan qo’rqmaslik talab etiladi.
Rumiy ijodi bizga ma’naviy poklik haqida tushuncha berib,
ma’naviy tahdidlardan (axloqsizlik, vayronkorlik, buzg’unchilik
g’oyalaridan) ogoh etadi va unga qarshi qat’iylik bilan kurashishga
undaydi. Zero, ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tajovuz,
tahdid o’z-o’zidan mamlakat xavfsizligi, uning milliy manfaatlari,
jismonan va ma’nan sog’lom avlod kelajagini ta’minlash yo’lidagi
jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni
inqirozga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |