Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/59
Sana23.05.2022
Hajmi1,25 Mb.
#607699
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59
Bog'liq
Избуллаева укув кулланма — 2019

Xusrav Dehlaviy.
Tug’ilgan joyi, nasl-nasabi Movarounnahr 
diyoridan bo’lgan mutafakkir zotlarning umumbashariy ma’naviy 
qadriyatlarning ravnaq toptirishga qo’shgan mehnatlari beqiyosdir. 
Shu o’rinda o’rta asrlarda ayrim siyosiy hamda ijtimoiy vaziyat tufayli 
o’zga yurtlarga borib, o’zlarining ilmiy-ma’rifiy faoliyatlarini davom 
ettirgan hamda jahon tsivilizatsiyasiga hissa qo’shgan mutafakkirlarni 
keltirib o’tish joiz. Ayniqsa hind diyorida adabiyot, san’at, 
me’morichilik, bunyodkorlik ishlariga Amir Xusrav Dehlaviy, 
1
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (659-бет). 
2
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (707-бет). 


148 
Ziyovuddin Naxshabiy Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo 
Abdulqodir Bedil, Mirzo Asadulloxon G’olib va boshqa ko’pgina 
buyuk shaxslar o’zlarining betakror hissalarini qo’shganlar. 
Xusrav Dehlaviy (taxallusi; to’la nomi Yaminiddin Abdulhasan) 
1253 yilda Hindiston shimolidagi Patyoli shahrida tug’ilgan, fors 
shoiri, adabiyotshunos, bastakor. Xusrav Dehlaviyning otasi Amir 
Sayfuddin Maxmud kesh (shahrisabz)lik asli lochin urug’idan bo’lib, 
mo’g’ullar istilosi vaqtida turkiy sulolalar hukmronlik qilayotgan 
Hindistonga ko’chgan. Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmish (1211-
1236) unga amirlik unvonini bergan. 
Sayfuddin 
Maxmud 
mo’g’ullarga qarshi jangda halok bo’lgach (1261), yosh Xusrav 
Dehlaviyni bobosi Imod ul-mulk o’z tarbiyasiga olgan. Uning shaxs 
va shoir sifatida shakllanishida onasi Davlatnozbegimning ham 
xizmati katta. Xushxat bo’lgani uchun xattot qilish maqsadida otasi 
uni dastlab Qozi Sa’duddin Muhammad ixtiyoriga bergan. Lekin 
bolaning she’r yozishga mayli kuchli ekanini ko’rgan ustozi va bobosi 
uni shoir Hoja Aziziddin tarbiyasiga topshirganlar. Yoshligidan 
alohida qobiliyati bilan ajralib turgan Xusrav Dehlaviy o’sha 
zamonning asosiy fanlari bo’yicha keng va chuqur bilim olib, turk, 
fors, arab va hind tillarini mukammal o’zlashtirgan. Shoir, olim, 
bastakor sifatida tanilgan Xusrav Dehlaviy saroy xizmatiga jalb 
qilingan. Uch sulolaga mansub yetti sulton saroyida xizmatda bo’lgan 
Xusrav Dehlaviy o’sha davr an’analariga ko’ra, o’z asarlarini ana shu 
sultonlarga bag’ishlagan. Xusrav Dehlaviy umrining oxirida saroy 
xizmatini tark etib, chishtiya tariqatining mashhur shayxi Nizomiddin 
Avliyoga murid tushgan, tariqat bosqichlarini bosib o’tib, valiyulloh 
maqomiga erishgan. Shohona Xusrav ismidan voz kechib, faqirona 
Muhammad Kosales (kosa yalovchi) nomini olgan. Navoiy «Nasoyim 
ul-muhabbat» tazkirasida uni avliyolar qatorida zikr etgan. Xusrav 
Dehlaviy Dehlida 1325 yilda vafot etdi. Nizomiddin Avliyoning oyoq 
tomoniga dafn etilgan. 
Ilk asarlarini «Sultoniy» taxallusida yozgan. Dehlida yashagani 
uchun keyin Dehlaviy taxallusini olgan. Xusrav Dehlaviy Sharq 
adabiyotining deyarli barcha janrlarida ijod qilib, forsiy she’riyatni 
yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan ijodkor sanaladi. U nafaqat 
she’riy, balki nasriy asarlar ham yozgan. O’zining aytishicha, merosi 
500 ming baytga yaqin bo’lgan. Abdurahmon Jomiy uning 99 ta kitob 


149 
yozganini aytadi, ba’zi tazkiranavislar shoirni 199 kitob muallifi deb 
yozadilar. Badiuzzamon Xurosoniyning yozishicha, «Shoirlardan hech 
biri o’zidan keyin Amir Xusravchalik ko’p she’r qoldirmagan. U 
forsiydan tashqari, urdu, hind va arab tillarida ham asarlar yozgan». 
Hayoti davomida yozgan she’riy merosini umr fasllariga moslab, 
5 devon tartib bergan shoir Sharq adabiyotida devon tuzish an’anasini 
boshlab bergan. Keyinchalik Jomiy va Navoiy ushbu an’anani davom 
ettirib, devonlarini shu tartibda tuzganlar. Bu devonlar «Tuhfat us-
sig’ar» («Yoshlik tuhfasi», 1272), «Vasat ul-hayo» («Umr o’rtasi», 
1284), «G’urrat ul- kamol» («Kamolot ibtidosi», 1293), «Baqiyai 
naqiya» («Saralarning sarasi», 1316), «Nihoyat ul-kamol» («Kamolot 
nihoyasi» 1325) deb atalib, umumiy hajmi 32645 bayt. Shoirning 
2000 dan ortiq g’azal, 300 atrofidagi qasida, 20ga yaqin masnaviy, 
1200dan ziyod ruboiy, 500tacha qit’a va boshqa janrlardagi asarlari 
ushbu devonlardan o’rin olgan. 
Xusrav Dehlaviy Nizomiy Ganjaviy «Xamsa»siga javob yozish 
bilan xamsanavislik an’anasini boshlab bergan. Uning 1299-1302 
yillarda yozilib, Alouddin Xiljiyga bag’ishlangan «Xamsa»si quyidagi 
dostonlarni o’z ichiga oladi: «Matla’ ul-anvor» («Nurlarning 
boshlanishi»), «Shirin va Xusrav», «Majnun va Layli», «Hasht 
behisht» («Sakkiz jannat») va «Oynai Iskandariy» («Iskandar 
oynasi»), U Nizomiy dostonlarining shakli va syujeti, obrazlar 
silsilasini saqlagan holda, ularni o’ziga xos talqin etgan va yangi 
mazmun bilan boyitgan. Nizomiy dostonlari shoir dunyoqarashining 
kengligi va bilimining teranligini namoyish etsa, Xusrav Dehlaviy 
«Xamsa»si ruhiyat teranligi va qalb boyligiga ega. Xusrav Dehlaviy 
«Xamsa»si o’zidan keyingi shoirlarga kuchli ta’sir ko’rsatgan. 
Bundan tashqari, u «Qiron us-sa’dayn» («Ikki saodatli 
sayyoraning uchrashuvi», 1289), «Miftoh ul-futuh» («G’alabalar 
kaliti», 1291), «Duvalroniy va Xizrxon» (1316), «No’h Sipehr» 
(«To’qqiz falak», 1318), «To’g’luqnoma» dostonlarini ham yozgan. 
Besh risoladan iborat «E’jozi Xusraviy» («Xusrav mo’’jizasi», 1319) 
nasriy asari esa ta’lim-tarbiya masalalaridan saboq beradi. Uning 
«Manoqibi Hind» («Hind manoqibi») va «Tarixi Dehli» («Dehli 
tarixi») kabi tarixiy asarlar yozganligi haqida ma’lumotlar bo’lsada, 
ular hozircha topilgan emas. Musiqaga bag’ishlab yozgan risolasi ham 
bizgacha etib kelmagan. Ko’plab kuylarni unga nisbat beradilar. 


150 
Xusrav Dehlaviy o’z asarlarida barcha zamonlar uchun muhim 
bo’lgan ko’plab ijtimoiy-axloqiy masalalarni badiiy talqin qilgan. Odil 
podshoh orzusi, davlat mustahkamligi va mamlakat farovonligi, raiyat 
tinchligi, ma’rifat tantanasi, komil inson muammosi kabi g’oyalar 
shoir asarlarining asosiy mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Badiiy 
so’zning qudratini namoyon qilgan asarlari ijod ahli uchun mahorat 
maktabi hisoblanadi. 
Xusrav Dehlaviy rang-barang mavzu va janrlardagi badiiy 
yuksak asarlari bilan Hindistondagi forsiyzabon adabiyotning tamal 
toshini qo’ygan. Uning ijodi tufayli Xuroson va Movarounnahr so’z 
san’atida mavjud bo’lgan barcha janrlar Hindiston adabiyotiga kirib 
borgan. 
Shoir asarlari o’zbek xalqi orasida ham keng tarqalgan, xususan, 
«Xamsa»si va devonlari qo’lyozmasi ko’plab ko’chirilgan. Navoiy o’z 
«Xamsa»sini yaratishda Nizomiy bilan bir qatorda, Xusrav 
Dehlaviydan ham kuchli ta’sirlangan, har bir dostoni muqaddimasida 
uni ustozlari qatorida ehtirom bilan tilga olib, ijodiga yuksak baho 
bergan. Falsafiy-tasavvufiy mavzudagi «Daryoi abror» («Pok kishilar 
daryosi») qasidasiga javoban «Tuhfat ul-afkor» («Tafakkur tuhfasi») 
qasidasini yaratgan. Ogahiy «Hasht bihisht» dostonini nasriy yo’l 
bilan tarjima qilgan. Keyingi davrda shoir asarlari Vasfiy, Chustiy, Sh. 
Shomuhamedov, J. Kamol, N. Muhammad, J. Suvonqulov kabi 
shoirlar tomonidan tarjima qilingan. Shoir asarlaridan namunalar 
o’zbek tilida bir necha marta chop etilgan. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish