Ўзбекистон миллий энциклопедияси.
9-жилд. Тўйчи Ҳофиз – Шаршара. Таҳрир
ҳайъати А. Азизхўжаев, Б. Алимов, М. Аминов ва б. Т.: «Ўзбекистон миллий
энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2005 – 123 б.
3
Машриқзамин ҳикмат бўстони. Таржимон, тўпловчи ва изоҳ муаллифлари: Ҳамиджон
Хомидий ва Маҳмуд Ҳасаний. Тошкент. “Шарқ” нашриётматбаа концерни, 1997 – 230
б.
156
bosh vaziri Abul Fazl Allomiy «To’tinoma»ni qayta ishlab, hind tiliga
tarjima qilgan. Ushbu tarjima bizgacha yetib kelmagan. Hozirda 1560-
1565 yillarda mazkur tarjima uchun ishlangan miniatyuralar AQSh,
Daniya, Hindiston, Pokiston davlat muzeylarida eng noyob san’at
asari sifatida saqlanib kelinmoqda.
«To’tinoma»ga qo’l urgan ijodkorlar soni juda ko’p. Ular ichida
Latifiy (XV asr) o’zbekcha (O’zbekiston FA Sharqshunoslik intida
saqlanadi), Hindistonda Muhammad Qodiriy (XVII asr) forscha,
Haydarbaxsh (XVIII asr) urdu, Asiriy (XIX asr), Mulla Qurbon
Xiromiy (XIX asr) o’zbek tilida she’riy yo’lda yozib chiqqan va
Mirzabobo (XX asr) asarlari mavjud
1
. Bu ijodkorlar Naxshabiy
«To’tinoma»sini o’z asarlariga asos qilib olish bilangina cheklanmay,
xalq og’zaki ijodidan ham unumli foydalanib, o’ziga xos nasrda bayon
etilgan asarlar yaratish orqali forsiy va turkiy didaktik asarlar rivojiga
ulkan hissa qo’shdilar. Natijada, «To’tinoma» an’anasi yangi bir
bosqichga ko’tarildi fors, urdu, o’zbek adabiyotida to’tinomanavislik
an’anasi paydo bo’ldi.
«To’tinoma» sharqda: bengal, hind, turk, turkman, totor, o’zbek,
afg’on, va g’arbda: ingliz, nemis, fransuz, rus
2
va boshqa tillarga ham
tarjima
qilingan
hamda
qo’lyozmalarining jahon fondlarida
saqlanayotgan 85 nusxasi aniqlagan.
Naxshabiy asarining Hindistonda eng mashhur varianti 1801
yilda adib va tarjimon Sayid Haydar Baxsh Haydariy tomonidan
«Tota qohani» («To’tining qissalari») nomi bilan urdu tiliga tarjima
qilingan. Bundan keyingi tarjimalarda «To’tinoma» Ziyovuddin
Naxshabiy va Sayid Haydar Baxsh Haydariy kitob mualliflari sifatida
nashr etila boshlangan
3
.
«To’tinoma» – Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-
estetik mavzudagi asar. Xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy
1
Ҳасанова Шафоат Саидбековна. «Тўтинома» ва «қуш тили» туркумидаги асарларнинг
қиёсий-типологик ва текстологик тадқиқи: 10.00.10 – Матншунослик ва адабий
манбашунослик (филология фанлари). Докторлик диссертацияси автореферати.
Тошкент – 2016 йил. – 12 б.
2
Акимушкин О.Ф. «Тути-наме» и предшественник Нахшаби (к вопросу индо-иранских
культурных связах) // Письменные памятники Востока / Историко-филологические
исследование. Ежегодник 1976-1977. М.: «Наука», ГРВЛ, 1984. С. 4-21.
3
Нахшабий, Зиёвуддин. Тўтинома: ривоят. – Тошкент: «Ўзбекистон миллий
энциклопедияси», Давлат илмий нашриёти, 2015. – 5 б.
157
tajribasiga tayanadi. O’z navbatida asar tarkibiga fors va arab
adabiyoti folkloriga oid rivoyatlar ham kirgan. Unda to’tiqushning
shahzoda Maymun va uning xotini Xujasta haqidagi ibratli hikoyalari
majoziy shaklda badiiy aks ettiriladi. Maymun (aql), Xujasta (nafs) va
To’ti (vijdon)larning o’zaro munosabatlari misolida odoblilik,
yaxshilik, vafodorlik kabi insoniy fazilatlar ardoqlangan, yomonlik,
takabburlik, bevafolik, makkorlik qoralangan. Asar har kecha
tongacha to’tining Xujastaga aytib beradigan hikoyasi tarzida
shakllantirilgan. Naxshabiy «To’tinoma»sida 52 kecha 52 hikoya
bayon etilgan. Xiromiyda 52 kecha, lekin 51 hikoya keltiriladi.
Haydarbaxsh asari o’z ichiga 37 kechada aytilgan 37 hikoyani
qamraydi. Demak, Haydarbaxsh «To’tinoma»si Naxshabiynikiga
nisbatan 15 ta hikoyaga kam
1
. Ushbu asarda hikoyalar orasida
axloqsizlikni qoralovchi hikoyalar To’ti tomonidan Xujasta ko’nglini
bilish, uning makriga tushib qolmaslik uchun ishlatilgan.
Asarning qisqacha mazmuni quyidagicha. Dehli shahrida Ahmad
Sulton ismli savdogar uzoq yillar farzand kutib, oxir-oqibat farzandli
bo’ladi. Farzandining ismini baxt-saodatli, shodu xuramlik sohibi
degan ma’noni anglatuchi ism Maymun deb qo’yadi. Ota farzandi
oldidagi burchlarini ado etib, ism qo’yib, boqib, tarbiyalab, ilm berib,
oilali qiladi. Maymun ham yetuk, barkamol shaxs bo’lib voyaga yetib
bir suluv Xujastaga o’ylanadi. Maymunning bir aqlli to’tisi bo’lib, u
hamma ishini shu to’ti bilan bamaslahat bajaradi. Maymun savdo
ishlari bilan uzoq safarga otlanib yori Xujastani to’tiqushga omonat
topshiradi. Xujastaga nima ishni boshlamoqchi bo’lsang shu to’tidan
maslahatlashib, ruxsat olib amalga oshir, deb safarga ketadi.
Xujasta uyga yolg’iz qoladi. Bir kun u zerikib ko’nglini ko’tarish
maqsadida ko’shk boloxonosiga chiqib, o’tgan-ketganni tomosha qilib
turgan edi, shu payt ko’chada qaddi-qomati kelishgan yigitga ishqi
tushib qoladi. U yigitning ham unga ishqi tushib, bir maston kampir
orqali ishqiy xufiyanoma yuborib, uchrashish niyati borligini bildiradi.
Xujasta ham bunga xayri xoh ekanligini kampirga aytib, kutsin men
aytgan joyiga boraman, deb va’da beradi. Xujasta yori va oilasi
1
Ҳасанова Шафоат Саидбековна. «Тўтинома» ва «қуш тили» туркумидаги асарларнинг
қиёсий-типологик ва текстологик тадқиқи: 10.00.10 – Матншунослик ва адабий
манбашунослик (филология фанлари). Докторлик диссертацияси автореферати.
Тошкент – 2016 йил. – 65 б.
158
oldidagi muqaddas burchini unutib vada berganining yoniga borish
uchun to’tidan ruxsat so’raydi. To’tining yonidagi yori mayna bu
gaplarni eshitib tutoqib, g’azablanib ketadi. Unga oilaning
muqaddasligi, or-nomus, er kishining g’ururi haqida gapirganda
Xujastaning jahli chiqib maynaning boshini uzib tashlaydi. Bu holni
ko’rgan to’ti Xujasta bilan ayyorona, avaylab ish kurish lozimligini
o’ylaydi. Xujasta har tun uni xufyona kutgan yori yoniga borish
niyatida bezanib, To’tidan ruxsat so’raydi. To’ti shaxzoda Maymun
oldidagi va’dasi tufayli har tun bir bahonalar topib, pandnoma, qissa
va hikoyalar bilan Xujastani avrab tunni kun qiladi. Oxir-oqibat
Xujastaning batniyati amalga oshmay qoladi. Maymun safardan
qaytada. To’ti bo’lgan voqealarni unga aytib beradi va xulosa
chiqarishni shahzodaga qo’yadi. Maymunning jahli chiqib Xujastani
shahardan badarg’a qiladi. Uyidan badarg’a bo’lgan Xujasta
qishloqma-qishloq afsuslanib to’tining qissalarini hikoya qilgancha,
odamlarga pand-nasihatlar qilib yurgan ekan. Ziyovuddin Naxshabiy
va Sayid Haydar Baxsh Haydariyning «To’tinoma»si quyidagicha
yakun topgan.
Asarning bosh g’oyasi vafo va sadoqat, hayo va andishalilik,
adolat va halollik, odob-axloq me’yorlariga rioya qilish va olijanoblik
bo’lib, to’tining barcha hikoya va qissalari shu g’oyani asoslash,
isbotlashga qaratilgan. Ushbu didaktik yo’nalishdagi pandnoma asarda
to’ti obrazi orqali insonni ezgu yo’lga boshlash, oila muqaddasligini
saqlab qolish masalasi ko’tarilgan. «To’tinoma» ota-o’g’il
munosabatlari, ona-bola, er-xotin munosabatlari, do’stlik, shoh-vazir
munosabatlari orqali yoritilgan. Ayrim hikoyalar majoziy hayvon,
qush obrazlari orqali keltiriladi. Asarda ayyorlik, hiyla nayrang, aldov
mazmundagi salbiy illatlarni qoralovchi hikoyalar salmoqli o’rinni
egallab, unda ko’pincha makkora insonlar sirlari fosh etiladi. Nafsni
jilovlash, fikrni tarbiyalash, uzoqni ko’ra bilish, oilaga sadoqatli
bo’lish, axloqli, oru-nomusli bo’lish masalasi quloqqa malham
bo’luvchi hikmatlar bilan tarbiyalanadi.
Asarda «Moviy tusdagi qallob shaqalning qayg’uli taqdiri
haqida»gi hikoya quyidagicha tasvirlangan. Oltin misol oftob botib,
osmonda nuqra gardishli mohtob balqibdi. Samoda yulduz chehrali
minglab parilar uning jamoliga mahliyo bo’lib, ta’rifini madh etuvchi
baytu g’azallar aytishibdi.
159
Parichehra Xujasta ham yana odatdagidek yasan-tusan qilib,
to’tining yoniga ijozat so’ragani kelibdi. Dono qushini xayolchan
ahvolda ko’rib so’rabdi:
-
Ey to’tijon! Nechun tashvishdasan? Nima Bo’ldiki, xomush
o’tiribsan? To’ti g’amgin ovozda debdi:
-
Oh sahibjamol! Siz ikki boizzat xonadonning ham ardoqli
qizi, ham suyukli kelinisiz. Sizdek oliya juvon ko’ngil qo’ygan yigit
tag-zotlimi yo’qmi? U tengingiz bo’lsa mayliga, xufiya ishqiy
uchrashuvga qarshi emasman. Ammo, aksincha bo’lib chiqsa-chi?
Unda hammaga masxara bo’lmay turib, ahdingizdan qayting. Negaki,
tagi past odam doim tamagirlikni o’ziga maqsad qilib oladi. «Qizlar
yigitga uchar, tamagir - aqchaga», deb nuqtadonlar bejiz aytishmagan.
Past-u nokas, nojinsdan ayla parhez,
O’zingga teng davrani tanla har kez.
Hikmatli bitiklarda: «Lochin ham, kabutar ham ko’kka o’z
qavmi, ya’ni o’z galasi bilan parvoz qilur», deb bejiz yozilmagan.
G’aflatda qolmang deyman, bekam.
-
Sen
mening
panohim,
mehribon
g’amgusorimsan.
Obro’yimga zarracha ham putur etmasin degan niyatda nasihat
berasan. Gaplaringda jon bor, albatta. Unda ayt-chi, xushtorimning
tagi-taxtini qay tarzda bilib olishim mumkin.
To’ti deydi:
-
Odamning qaysi zotdan ekanligini nafaqat yurish-turishi va
libosi, balki gap-so’zidan ham bilsa bo’ladi. Har qanday kishining
fazilati avvalo nutqidan ma’lum bo’ladi. Axloqsizni nutqi fosh etadi.
Bu haqda shaqal qissasi ham bor edi, uni eshitgan bo’lsangiz kerak?
Xujasta payvasta qoshlarini tepaga ko’tarib, debdi:
-
So’zga chechanim! Yo’q eshitmagan ekanman. O’tinaman
aytib ber juda qiziqib ketyapman. To’ti navbatdagi qissasini shunday
boshlabdi:
-
Bir ochko’z shaqal o’rmon chetidagi qishloqlarning birida
sanqib, goh u hovli, goh bu hovliga kirib sarqit qidirib yurgan ekan.
Bir bo’yoqchining hovlisiga kirsa, o’rtada katta nil (bo’yoq to’ri) to’la
bo’yoq turgan ekan. Qozonda nima bor ekan deb, bo’ynini cho’zib bir
sakragan ekan, nogahon shalop etib qozonga tushib ketibdi. Undan bir
amallab chiqib olib o’ziga qarasa, bosh-oyoq ko’m-ko’k rangda
emish. Qo’rqqanidan qochib, o’rmon ichiga kirib ketibdi.
160
O’rmon ahli bunday moviy tusli maxluqni hech ko’rmagan ekan.
Bundan ajablangan hayvonlar shaqalni bir ilohiy mabuda hisoblab, uni
mahoraja, deb e’lon qilishibdi va shaqalning atrofida parvona bo’lib,
unga xizmat qila boshlashibdi. Yo’q joydan hukmdor bo’lib olgan
shaqal ham o’ziga haddan ziyod bino qo’yib mag’rurlanibdi-yu,
ammo siri fosh bo’lib qolishidan qo’rqibdi. O’rmonning barcha
hayvonlari «ma’bud»ga tiz cho’kib itoat eta boshlashibdi. Kechalari,
odatga ko’ra, yonidagi shaqollar uxlaganda «Ma’buda» ham ularga
qo’shilib uv tortar ekan-u, ammo buni hech kim sezmas ekan. Bir
necha kun o’tgach kechqurun shaqallar yana uvillay boshlashsa,
«ma’buda» ham bilmasdan uv tortib yuboribdi.
Alqissa, yonida turgan yirtqichlar u ma’buda emas, balki oddiy
bir shaqal ekanini bilib qolishibdi. Ancha vaqtdan beri bunday
jirkanch hayvonga ta’zim qilib yurgani rosa alam qilib, ular qallob
shaqalni burda-burda qilib tashlashibdi.
O’z qissasini tugatgan to’ti Xujastaga debdi:
– Bekam! Hamisha esda tuting, insonning yaxshi xislati ham,
nuqsoni ham uning nutqida, so’zlashuv uslubida ayon bo’ladi. Mana
bu baytlarni esa so’zim tasdig’i sifatida qabul aylang:
Yor nutqi latif ermas, chun ta’bi emasdir ravshan,
Zog’ qaydin ham nola qilsin xushnavo bulbul monand.
Nasli fosiq kimsa o’rganmas donishdan ham adab,
Axmoqlar amalni takrorlamas biror ahli tab.
Asarda har kecha holati shunday shaklda tasvirlangan bo’lib, tun
shu yo’sinda tongga aylanadi, Xujastaning yana orzusi ushalmay yum-
yum yig’laydi.
Asrlar
mobaynida
Sharq
mamlakatlarida «To’tinoma»
mazmunidan siyosiy, ijtimoiy, adabiy, ta’lim-tarbiyaviy hamda
madaniy sohalarda unumli foydalanib kelingan. Masalan: XIX asrning
30 yillarida Xiromiy tomonidan yaratilgan asarlar va ayniqsa
«To’tinoma» hikoyalarining o’zbek tilidagi tarjimasidan foydalanib,
shahar maydonlarida qiziqchi va qo’g’irchoqbozlar, o’yinchi
san’atkorlar xalq hayotidan hikoya qiluvchi lavhalarni o’ynab,
tomosha ko’rsatib, boylar va saroy ahlining ochko’zligini fosh
etganlar. Vafo va sadoqatni kuylaganlar. «To’tinoma»da chin insoniy
sevgi bilan birga insonparvarlik, vatanparvarlik, ilmfan, kasb-hunarga
mehr qo’yish, ma’rifatchilik targ’ib qilingan. Ushbu asar didaktik
161
asarlar turkumidagi Sharq xalqlarini birlashtirgan birinchi manba
hisoblanadi. «Shukasaptati» («To’tining yetmish hikoyasi») hind
xalqlarining og’zaki ijodi bo’lganligi uchun uning mazmunida hind
falsafasining ilohiy g’oyalari va arkonlari o’z aksini topgan. Naoriy,
Naxshabiy, Haydariy, Qodiriy, Xiromiylar naqllaridagi «To’tinoma»
mazmunida hind xalq og’zaki ijodi namunalari bilan birga islom dini
aqidalari va arkonlari ham o’z mazmunini topgan.
«Shukasaptati» va «To’tinoma» asarlarining yaratilish tarixi va
tuzilishi quyida keltirilgan jadval asosida umumlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |