«Masnaviy»ning to’rtinchi kitobi
«Masnaviy» «manzillarining
eng go’zali, sud-u samarlarning eng buyugi tomon to’rtinchi safardir»,
ya’ni to’rtinchi kitob «Jonlarga farog’at bu, badanlarga shifo...»
bo’lgani kabi ma’naviyat «Solih badanlarning harakatlariga,
soliklarning xohish-istaklariga benazar», – deyiladi va «Masnaviy»
«Bizga boqqan, biz bilan diydorlashganlarga – nur, kelajak
avlodlarimiz, farzandlarimizga – xazina», – deya ta’rif keltiriladi.
Kitobda «Voiz», «Qaltis harakat», «Benomus xotin», «Xushbo’y
hidlardan o’zidan ketgan odam», «Amal bilan nasihat etmoq so’z ila
o’git bermoqdan afzaldir», «Tarozuning toshi», «Ibrohim Adham
qissasi», «Suv sasi», «Bir shoir qissasi», «Ahmoqning javobi sukut»,
1
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (368-бет).
2
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (370-бет).
144
«Majnunning nortuyasi» kabi hikoyatlar keltirilgan. To’rtinchi kitob
inson ma’naviy-axloqiy shakllanishida to’rtinchi qadam bo’lib,
ko’proq insonlarni ziyo, nur, ya’ni ilmu ma’rifatga chorlaydi.
Aksariyat hikoyatlarda ilmsizlik, axloqsizlik qoralanadi. Ba’zi
hikoyatlarda nafs quliga aylangan insonlar hayoti hajviy shaklda
tasvirlanadi. To’rtinchi kitobi mana bu misralar zamirida yaratilgan
desak, mubolag’a bo’lmaydi:
Ul hadisda dedikim, Yazdonu hu,
Xalqni olamni yaratdi uch guruh.
Bir guruhda jumla aql ilmi jud,
Ul malaklardir, faqat aylar sujud...
Bir guruh borkim, ular hayvonsifat,
Yeb-ichib, uxlab semirgaylar faqat...
Bor uchinchi bir guruh – qavmi bashar,
Yarmi inson, yarmisi eshak magar
1
.
Bunda Rumiy hadisga sharh keltirib, insonni uch guruhga ajratib
ko’rsatadi:
birichi guruh – iymon-e’tiqod, ilm sohibi, ya’ni malaklardir;
ikkinchi guruh – hirs, nafs sohibi, ya’ni hayvonlardir;
uchinchi guruh – gumon sohibi, ya’ni yarmi inson, yarmi
eshakdir, deydi. Rumiy aynan to’rtinchi asarda bir-birini inkor
qiladigan hayotiy qarashlar haqida fikr yuritadi. U insonning ma’naviy
tarbiyasi borasida qayg’urar ekan, uni davolovchi tabiblarni ikkiga
bo’lib tasvirlaydi: bittasi – tan tabibi, ikkinchisi – qalb tabibi.
«Tan tabibi badaningga boqib, tomiringni ushlab nafasing va
rangi ro’yingdan tashxis qo’yib davolasa, qalb tabibi ko’zingga,
so’zingga boqib ko’ngil xastaligingni biladi va ko’ngillarga yo’l topib,
ruhiyatingni tadqiq etib davolaydi», – deydi. Shoir qarashlarida qalb
tabibi ma’naviy tarbiya beruvchi ustoz sifatida gavdalanadi. Tan va
qalb tabibi, ya’ni (tibbiy) madaniy va ruhiy tarbiya uyg’unlikda
insonni yetuklik darajasiga yetkazadi deya ta’kidlaydi alloma.
«Masnaviy»ning
«bu
Masnaviy
daftarlari,
ma’naviy
tushunchalarning beshinchi kitobidir.
Ul haqdakim, shariat shamga
o’xshar, yo’lingni yoritar, to qo’lga sham olmaguncha yo’l
yurmog’ing maholdir. Bas, yo’lga tushdingmi, ul Tariqatdir. Yo’l
1
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (432-бет).
145
bosib maqsadga yetganing, qo’lga kiritganing – Haqiqat», – deyiladi
va kitobda komillikka erishish yo’llari ko’rsatiladi. «Shariat ilmdir,
tariqat amaldir. Haqiqat Allohga yetishmoqdir», – deyiladi. Asarda
«Fe’ldagi tafovutlar», «Tovus», «Darveshlar suhbati», «Itiga
marsiyalar kuylab yig’lagan arab hikoyati», «Ohu bolasi», «Abu Bakr
ismli kishi», «Tushda», «Nafs», «Senga bir do’st kerak»,
«Payg’ambarlik da’vo qilgan kimsa», «Murid», «Zarvon ahli qissasi»,
«Ayozning farosati», «Majnun voqeasi», «Mashuqning imtihoni»,
«Nasuhning tavbasi», «Agar yuragi bo’lsa», «Teri qo’ldan ketdi»
nomli bir qator hikoyatlar keltirilgan. Beshinchi kitob inson ma’naviy-
axloqiy shakllanishida beshinchi oliy qadam bo’lib, inson o’zidagi
yomon xislatlardan qutulib, kamolot yo’lini tanlashi borasida fikr
yuritilgan. Rumiy ta’limotining markaziy g’oyasiga e’tibor qaratilsa,
unga ko’ra, hayotning o’zi inson qalbining buyuk haqiqatini izchil,
uzluksiz o’rganish usuli kabi ko’rinadi, chunki har bir qalb uni o’zi
qabul qila oladigan darajada va belgilangan chegarasigacha qabul
qiladi. Bundan tashqari, butun olamning o’zi o’qitish maskani
sanaladi; undagi darslar – inson hayoti borasida tashkil qilingan;
o’quv qurollarini esa hayotda kuzatiladigan butun holat, uchrashuvlar,
narsa va hodisalar, tirik mavjudot tashkil etadi. Imtihon – sinov va
nafs, bizning erishganimiz, anglaganimiz... O’qituvchi albatta
Yaratuvchining o’zi sanaladi. Bu ta’limot so’fiylik haqiqati bilan
xarakterlidir. Rumiy beshinchi kitobda insonning ma’naviy olamini
quyidagicha tasvirlaydi:
Boqki, inson qalbining to’rt vasfi bor,
Ahliga chormix bo’lib, etgay fishor...
Ma’naviy to’rt qushki, mash’um, rohzan,
Xalq dilu jonida tutmishlar vatan.
Chun ular g’ozdir, tovus, zog’u xo’roz,
Nafs aro har lahza bergaylar ovoz.
G’oz – hirsdirkim, xo’roz – shahvat erur.
Gar tovus joh ersa, zog’ niyat erur
1
.
Bu misralarda g’oz – hirs, xo’roz – shahvat, tovus – johillik,
zog’ – niyat, ramzi bo’lib, inson qalbidagi ana shu to’rt vasfni jilovlab
1
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (506-бет).
146
bilsa, «vujudi ma’naviyga», ma’naviy yetuklikka erishadi,
deyilmoqda.
Beshinchi kitobning asosiy mazmuni «insonning tani
mehmonxonaga,
undagi
turli-tuman
fikru
andishalar
turli
mehmonlarga o’xshar» degan tushuncha bilan boyitiladi va Rumiy
insonni hamisha bo’layotgan voqea-hodisalardan to’g’ri xulosa
chiqarishga va hur fikrlashga chorlaydi.
«Masnaviy»ning oltinchi kitobi.
«Bu Masnaviy daftarlari,
ma’naviy bayonotlarning oltinchi jildidir. Vahm-u ishtibohlar
qorong’uligini yorituvchi, xayolot va shubha gumonlarni yo’qlikka
surguvchi mash’aladirkim, uni hayvoniy his ila idrok etishning imkoni
yo’qdir». Oltinchi kitob inson ma’naviy-axloqiy shakllanishida
oltinchi qadam, ko’proq insonning o’z mohiyatini anglashi, qalbidagi
shubha-gumonlarni yo’qotishiga qaratilgan va u quyidagi misralar
bilan boshlanadi:
Ey hayoti dil, Husomiddin, yigit,
Jazb etar ko’nglingni ul oltinchi jild...
Bir ariq och Masnaviydin unga, bas,
Ma’naviyat dengizin ko’r har nafas
1
.
«Masnaviy» - ma’naviyat dengizi sifatida millat tanlamaydi.
Shoir ijodi bilan tanishgan odam qaysi firqa, din vakili bo’lishidan
qat’iy nazar ma’naviy ozuqa oladi, chunki Rumiy ta’limoti
umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan. Tadqiqotlardan shu narsa
ma’lumki, xoh u musulmon, xoh u xristian, xoh u buddaviy bo’lsin,
barcha olimlar Rumiy ijodidan birdek ilhomlanib, o’z asarlarini
yaratganlar. Zero:
Millati ishq barcha dinlardan judo,
Ahli ishqqa millatu mazhab Xudo.
Uning ijodida yuksak insoniylik kabi bir tuyg’u borki, dunyo
ahlini lol qoldirib, ijod ahlini larzaga solib keladi. Oltinchi kitobda
«Og’ochdagi qush», «Sham», «O’g’rining makri», «Posbon»,
«Ko’ngil uyg’oqligi», «Shirakayf shoh va cholg’uchi», «Shum
kampir», «Darveshning duosi» kabi bir qator hikoyatlar keltiriladi.
Rumiy «Masnaviy» borasida fikr bildirar ekan:
1
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (639-бет).
147
Boqma sen suratgakim, ul masnaviy,
Boq o’shal siyratga, ulkim ma’naviy
1
– deydi.
Rumiy ijodi haqiqat bilan yo’g’rilgan, uning asarida adabiy
bo’rtma tasvir uchramaydi. Hayotdagi voqea-hodisa qanday bor
bo’lsa, shundayligicha tasvirlanadi va uning mohiyatiga dalil
keltirilgan holda isbotlanadi. Rumiy so’zlarni shunday ishlatadiki, bu
so’zni boshqacha holatda ishlatib bo’lmaydi. Uning so’z san’atidan
shoir va yozuvchilar manba sifatida foydalanib kelishadi. Rumiy:
Bo’lsa gar o’rmon – qalam, daryo – siyoh,
«Masnaviy» nazmiga yetgaymu ado?..
2
– deydi.
«Masnaviy»da keltirilgan ma’naviyat borasidagi fikrlar hech
vaqtda nihoya topmasligi, bu tushunchaning abadiyligi va u orqali
ko’karish, yangilanish, yasharish davom etishini aytadi. Rumiy
«Masnaviy»si uning betobligi tufayli oltinchi kitobdagi «Uch
shahzoda» hikoyatiga kelib nihoyasiga yetmay qoladi. Uni nihoyasiga
yetkazish uchun hech kim Rumiy qalamiga qo’l urolmaydi va o’g’li
Sulton Valad xotimasi bilan tugaydi.
Rumiyning boy ma’naviy merosi ayniqsa, «Masnaviyi
ma’naviy» asari bilan yaqindan tanishish natijasida asar shaxsni
ma’nan yetuk, axloqan poklikka yetaklash manbai ekanligi yaqqol
namoyon bo’ldi. Mutafakkir ma’naviy merosini o’rganish
jarayonining mazmunini quyidagicha ifodalash mumkin: komil inson,
o’zlikni anglash ijtimoiy zaruriyat bo’lib, bu muammoning hal etilishi
milliy va umumbashariy qadriyatlardan unumli foydalanish, barkamol
insonni tarbiyalashdek ulkan maqsadni amalga oshirishga xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |