Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


Amir Xusrav Dehlaviy ruboiy va g’azallari



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/59
Sana23.05.2022
Hajmi1,25 Mb.
#607699
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59
Bog'liq
Избуллаева укув кулланма — 2019

 
Amir Xusrav Dehlaviy ruboiy va g’azallari 
(Parcha) 
Ey sarvi chaman, jilvagari bo’ston bo’l, 
Ey bodi sabo, chamanda kez, sayron bo’l. 
Ey gul, sabr aylaki, nargis mastdir, 
Gul pardasi ichra bir nafas pinhon bo’l. 
*** 
Jonona, shu lablaring menga taskindir, 
Bir bo’sa tilarmen, oshig’ing – miskindir. 
Dedingki, bu gapni qo’y, labimda tuz ko’p, 
Hay, sho’r demagil, sho’r deganing – shirindir... 
*** 


151 
Ey ta’mayu hirs agarchi doxil senga, 
Tuproq emish oxiri manzil senga... 
Tuproqni namunchalar bezaysen, ey do’st? 
Tuproq bo’ladir bir kuni hosil senga... 
*** 
Sendin nechakim jabru jafo ko’rgaymen, 
Men barchasiga o’zni rizo ko’rgaymen. 
Ko’ngil boricha men seni ko’rsam deyman, 
Nur yetganicha ko’zimda to, ko’rgaymen.... 
*** 
Kulsang, sanamo, nozli ko’zing noz etgay, 
Gul ikki yuzingda o’zni og’oz etgay 
Gar g’uncha labingdin so’z tilar ersa, sanam, 
Gul-gul ochilib, o’zini pardoz etgay... 
*** 
Dedimki, labingda ko’p shakarlar bordir. 
Dedingki, ko’zingda ko’p guharlar bordir. 
Dedimki, faqirmen, dedingki, bas qil, 
Yuzingdin ayon bo’ldiki, zarlar bordir... 
*** 
Ishqing meni oshuftai hayron qildi, 
Aqlimni olib, besaru somon qildi. 
Har nechaki so’ylasam, g’amim kam bo’lmas, 
Yuvgan bilan ketmadi bu dog’, qon qildi... 
*** 
Jonon, ichaver, ayshi mudoming bo’lsin, 
Qonim to’kaver, bodai joming bo’lsin. 
May senga halol emish, nigoro, lekin 
Mensiz uni ho’plasang, haroming bo’lsin. 
G’azallar 
Ey nasimi subhidam, yorim qani? 
O’tdi haddin g’am… u g’amxorim qani? 
Ko’zlarimga uyqu kelmas kechalar, 
Ul charog’i chashmi bedorim qani? 
Dedi do’st: «Oshufta bo’lgil, zor bo’l!» 
Do’stlar, oshuftavu zorim qani? 


152 
Bir dame osuda bo’lmam dastidan, 
Yorab, ul osuda hamkorim qani? 
Nazdida ifsho qilay holimni man, 
Nola qilsin, Xusravi zorim qani? 
*** 
Ishq jonim birla bu tandan burun ketmoqdadir, 
Sezdirib-sezdirmayin aylab fusun ketmoqdadir. 
Dil giriftoru jigar xasta, bu tan ham zordir, 
Tan zaif erdi… u ham emdi bukun ketmoqdadir. 
Eshiging ostida kutdim bedilu bexud bo’lib, 
Jon ramaqqa yetdiyu, bo’lmas zabun… ketmoqdadir. 
Ko’zlarim yo’lingda to’rt bo’ldi… bukun qaytmoqdasan, 
Ko’zlarimning ashki-la oluda xun ketmoqdadir! 
Qon yutardim hajridin… bul kun kelib dil sathidan 
Yorab, ul silsilai g’oliyagun ketmoqdadir! 
Qancha dersan: «qil faromush hajrini, ey Xusrav-o!» 
Oxir ul Oy tashlabon dilga junun ketmoqdadir! 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish