5-jadval.
«Masnaviyi ma’naviy»ning tuzilishi
«Masnaviyi ma’naviy»ning tuzilishi muallifga tegishli ovoz, hikoya
ovozi, anologiya (o’xshash, qiyoslash)ga ososlangan ovoz, badiiy so’z
va personaj dialogi, axloqiy ta’sir, ma’naviy munozara hamda yagona
to’xtamdan iborat
1-kitob
2-3 kitob
4-5-kitob
6-kitob
Birinchi
kitob
shaxs ma’naviy-
axloqiy shaklla-
nishiga birinchi
qadam, xulqning
pok va go’zal
bo’lishiga
e’tibor
qaratilgan.
Ikkinchi
va
uchinchi
kitob
inson ma’naviy-
axloqiy
shakllanishida
hayot mohiyati
va
unga
munosabat
borasida,
nafs,
hirs, manmanlik,
takabburlik,
ma’naviy
shaklla-nishga
tahdidlar
borasida
fikr
yuritiladi va aqli
noqislarga
izohlar
berib
o’tiladi
To’rtinchi
va
beshinchi kitob
ko’proq
insonlarni ziyo,
nur, ya’ni ilm-u
ma’rifatga chor-
laydi. Aksariyat
hikoyatlarda
ilm-sizlik,
axloqsizlik
qoralanadi.
Inson o’zidagi
yomon
xislatlardan
qutulib, kamolot
yo’lini tanlashi
borasida
fikr
yuritilgan
Oltinchi kitob
inson
ma’naviy-
axloqiy
shaklla-
nishida,
ko’proq
insonning o’z
mohiyatini
anglashi, qal-
bidagi shubha-
gumonlarni
yo’qotishiga
qaratilgan
«Masnaviyi ma’naviy»dagi hikoyalar tartibi muammo yoki mavzu,
voqea va hodisaning murakkabligi yoki ahvoli, echim «bir qissa ming
hissa» kabi izchillikda tuzilgan
«Masnaviy»ning birinchi kitobi
so’zboshisida: «Masnaviy Haq
taolo vosil bo’lish sirlarini kashf etishda va ilm-ul-yaqin hosil qilishda
diyonat usullari usullarining usulidir,» – deyiladi. «Masnaviy» –
hayotning barcha sohalarini qamrab olgan kitob. Bu kitob, asosan,
137
insonning yuksak tafakkur va axloqi borasida ibrat-namuna bo’lib
xizmat qiladi
1
.
Birinchi kitobda «Shoh, kanizak va tabib», «Baqqol va uning
to’tisi», «G’ilay shogird», «Xalifa va Layli», «Nafs vahshiy hayvon
kabidir», «To’tiqush», «Keksa cholg’uchi», «Bir ko’za suv»,
«Tilshunos va qayiqchi», «Vujudiga igna bilan rasm soldirgan odam»,
«Menu biz», «Mehmon», «Karning bemor ziyorati», «Ko’ngil oynasi»
kabi bir qator hikoyatlar va hikmatli so’zlar keltirilgan bo’lib, shaxs
ma’naviy-axloqiy shakllanishiga birinchi qadam, xulqning pok va
go’zal bo’lishiga e’tibor qaratilgan. Asardagi hikoyatlarda sharqona
an’analarning saqlanganligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Hikoyat va
matallar orqali keltirilgan obrazlardagi munosabatlarda ustoz va
shogird munosabati, ota o’g’il munosabati, ayol erki, insoniylik,
javonmardlik, donishmandlik munosabatlari ustun turadi.
Jaloliddin Rumiy – Muhammad ibn Muhammad ibn Husayn
Balxiy derkim: «Tengsiz, mislsiz, o’xshashi oz bo’lgan narsalarni,
yuksak so’zlarni, hidoyat gavharlarini, zohidlarning tariqatini, mo’min
bandalarning bog’u gulshanini o’z ichiga olgan, eshiklari qulfsiz,
ma’nolari teran ushbu manzuma
2
» – «Masnaviy» inson kamolotini
ko’zlab yaratilgan. «Masnaviy»ning kitob shaklida yaralishida
Mavlono bilan birgalikda faoliyat ko’rsatgan shogirdi Hasan Chalabiy
borasida Mavlono quyidagilarni ta’riflaydi:
Bo’yla asli bor uning, asliga nur sochgay quyosh,
Bo’yla nasli bor uning, nasliga yulduz nurposh
3
.
Rumiy tomonidan bunchalik ta’riflangan Chalabiyning keng
qalb kishisi, iymon-e’tiqodi kuchli, mehnatsevar, fahm-farosotda tengi
yo’q inson bo’lganligi anglash imkonini beradi. Chunki Chalabiyda
bunchalik matonat bo’lmaganda edi, Rumiyning so’zlari qog’ozga
muhrlanmagan bo’lardi. Asar Rumiyning o’z qo’li bilan yozgan «nay»
obrazi aks etgan 18 misrali she’r bilan boshlanadi va u 43 yilda yozib
tugatiladi.
Tingla naydin, chun hikoyat aylagay,
Ayriliqlardin shikoyat aylagay.
1
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. /Форсийдан Ўзбекистон халқшоири
Жамол Камол тарж; – Т.: «MERIYUS» XҲMK, 2010. – 846 б. – (6-бет).
2
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (7-бет).
3
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (7-бет).
138
Birinchidan, Nay yasalishi jihatidan sodda ko’rinishiga ega
bo’lsa-da, murakkab tuzilish kasb etadi. Uning sirtidan olib tashlangan
bir parcha po’stloq ostida qolgan pardaga tovushning urilib chiqishi,
ovoz tembri tufayli ma’noli nola ohangi paydo bo’ladi. Shoir nayning
shu xususiyatini obrazlashtirish orqali inson qalbiga ta’sir ko’rsatishni
ko’zlaydi. Rumiyda musiqaga moyillik bo’lgani sabab musiqa
sozlarining mazmun-mohiyatini yaxshi anglay olgan. Shuning uchun u
nay obrazini hech kimda uchramaydigan usulda ta’riflay bilgan.
Jumladan, shoir «nay»ni shunday ta’riflaydi: «Nayzor, qamishzor
qanchalik xor-zor ko’rinishda bo’lmasin, o’z maskanida bo’lgani
uchun nay yayrab-yashnab o’sadi. O’z maskanidan uzilib dunyo
shavqi-zavqiga to’la bo’lgan maskan bilan oshno etilganda, uning
nolasi qalblarni larzaga keltiradi. Nay bu zavq-u shavqdan ko’ra
o’zining xor-u zor makonini afzal ko’radi». Demak «Masnaviy»da
kirishdan boshlab nafsni tiyish, kamtar bo’lish lozimligiga e’tibor
qaratilmoqda.
Ikkinchidan, asarda «nay» obrazi bir murid ko’rinishida
tasvirlangan bo’lib, oddiy bir qamishga ishlov berish orqali «nay»
yaraladi va nay o’zining otashin kuyi orqali mohiyatini tinglovchiga
anglatadi. Bu holat muridga ta’lim-tarbiya berish jarayoni shakllari
«asliga qaytish», «qalbda o’tli bo’lish», «o’zligini anglash» orqali
murid o’z mohiyatini anglashiga muqoyasa qilish mumkin. Yana
«nay» obraziga misol keltirilib:
Ul qamishlar bir ariqdin suv ichar,
Bittasi bo’m-bo’sh, birida qand, shakar
1
. – deyiladi.
Pedagogik tahlil nuqtai nazaridan qamishlar – shogirdlar, suv esa
ustozdir. Ustoz tomonidan berilgan ta’lim-tarbiya shogirdlar
tomonidan turli xil darajalarda qabul qilinadi, ya’ni har bir shaxs
individual xarakterga egaligi, fiziologik shakllanishidan kelib chiqqan
holda ma’lumotni qabul qiladi. Demak, shoir qarashlaridan hamma
ham ma’lumotni bir xilda qabul qilavermasligi, shuning uchun ustoz
har bir shogirdi imkoniyatiga qarab unga ta’sir ko’rsatishi kerakligini
anglash mumkin.
Asarda
hikoyatlar
mazmunan
bir-biriga
bog’liq holda
joylashtirilganday ko’rinsa-da, ba’zida hikoyatda ko’tarilayotgan
1
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (16-бет).
139
mavzu mantiqan umuman boshqa burilish yasaydi va oxirida baribir
birinchi belgilangan maqsadga qaytib, uning mohiyati ochib beriladi.
Bu jarayon tarbiyaning hayot bilan bog’langanlik tamoyiliga mos
keladi. Rumiy pedagogik qarashlarining bu holati juda kuchliligi bilan
boshqa didaktik asarlardan farq qiladi. Shoir o’z hikoyatlarida
zamonasining avliyolari va zabardast olimu fuzalolari hayotidan
misollar keltiradi. U tabiblar (ustozlar) obrazini keltirar ekan, Abu Ali
ibn Sino shaxsiga to’xtalib, u bilan bog’liq voqealarni o’zining
hayotiy kechinmalari bilan bevosita bog’lab tasvirlaydi.
Shams Tabriziyning Mavlono bilan uchrashuvi, Shamsning
ruhiy ta’siri Rumiy qarashlarida katta to’ntarish yasadi. Rumiy asarda
Shams borasida fikr bildirar ekan, uni inson shuuri va butun jahonga
ta’sir ko’rsata oladigan yuksak ma’naviy qudrat sohibi sifatida
ta’riflaydi. Shams ruhan ozod kishi bo’lganligi uchun bir joyda muqim
turolmaydi. Shuning uchun u bir necha bor Rumiyni tark etib, boshi
oqqan tomonga chiqib ketadi. Har safar u ketganda Rumiy halovatini
yo’qotadi va uni topishga bor kuchini safarbar qiladi. Shams topilib
kelganda esa xuddi unga jon kirib tirilib qolganday:
Eslagil yillarcha xush suhbatlaring,
Suhbat aylab, topgan ul ne’matlaring
1
– deydi.
Shoir o’zining ruhiy ustozi Shams Tabriziy haqidagi
kechinmalarini ehtiros bilan so’zlaydi. Bu xususiyat asarning boshqa
kitoblarida ham kuzatiladi. Rumiy o’z asarini ma’naviy boy
qadriyatlarga tayanib mazmunan boyitishga harakat qiladi. Masalan,
xalq og’zaki ijodi, xalq maqollari, «Avesto»ning buyuk davlat, yuksak
ma’naviyat va yuksak darajada rivojlangan madaniyat bo’lganidan
guvohlik beruvchi tabdillaridan so’zlab, zardushtiylik dinining
yaxshilik va yomonlik xudosi holatlarini tasvirlaydi. «Avesto»dan
namunalar, Ezop hikoyalaridan misollar, hind «Panchatantra» eposi
sanalmish «Kalila va Dimna», Firdavsiyning «Shohnoma»si,
Sanoiyning «Hadoyiq al-haqiqat» yoki Attorning «Mantiq ut-tayr»dan
masallar keltiradi.
Rumiyda Qur’on oyatlari va Hadislarga keltirilgan sharhlar
insonning
hayotiy
qobiliyatini
mustahkamlash,
tafakkurini,
ma’naviyatini yuksaltirish, uning e’tiqodini har xil nomaqbul va salbiy
1
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., – 846 б. – (11-бет).
140
ta’sirlardan asrash uchun ko’maklashadi. U insonni o’zidagi yomon
illatlar, nafs va yovuzlikka qarshi kurash olib borishga, o’z-o’zini
anglashga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |