Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


Sa’diyning «Guliston» va «Bo’ston» asarida ilgari surilgan



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/59
Sana23.05.2022
Hajmi1,25 Mb.
#607699
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59
Bog'liq
Избуллаева укув кулланма — 2019

Sa’diyning «Guliston» va «Bo’ston» asarida ilgari surilgan 
ta’limiy-ahloqiy 
qarashlar. 
Mutafakkirning 
komil 
insonni 
tarbiyalash jarayonida muhim ahamiyat kasb etuvchi «Guliston» asari 
Sharq xalqlarining pedagogik fikrlari tarixida o’ziga xos uslubga ega 
didaktik asar sifatida tan olingan. Ushbu asar muallifning boy hayotiy 
tajribasi asosida yaratilganligi bilan ham qimmatlidir. 
Asar mazmun va mohiyatiga ko’ra insonni yetuklik, kamolotga 
yetaklovchi omillar to’g’risidagi ma’lumotlarni yoritishga xizmat 
qiladi. 
Har nechuk gul dilingni qilmas chog’, 
«Guliston»imdan ol biror yaproq. 
Gul zamoni besh, olti kundur bas, 
Bu «Guliston» hamisha pok nafas
1

 
1
Саъдий. Гулистон. Бўстон: тўплам / нашрга тайёрловчи Ҳ.Ҳомидий; таржимонлар: 
Ғ.Ғуломов, Ш.Шомуҳамедов, Р. Комилов, Чустий. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги 
нашриёти-матбаа ижодий уйи, 2013. – 264 б. – 15 б. 


122 
3-jadval. 
«Guliston» va «Bo’ston»ning tuzilishi 
Guliston 
Bo’ston 
Asarning tarkibiy tuzilmasi kitobning yozilish sababi va boblardan 
iborat.
 
asar sakkiz bobdan iborat 
asar o’n bobdan iborat 
Boblar nomlanishi: 
«Podshohlar odati bayoni» (I-
bob), 
«Darveshlar axloqi bayoni» (II-
bob), 
«Qanoatning fazilati bayoni» (III-
bob), 
«Sukut saqlashning foydalari 
bayoni» (IV-bob),
«Ishq va yoshlik bayoni» (V-
bob),
«Zaiflik va keksalik bayoni» (VI-
bob), 
«Tarbiyaning ta’siri bayoni» 
(VII-bob), 
«Suhbat qoidalari bayoni» (VIII-
bob). 
«Mamlakatni idora qilish tadbiri 
odillik hamda to’g’ri fikrlash 
haqida»
(I-bob), 
«Ehson haqida» (II-bob), 
«Ish haqida» (III-bob), 
«Kamtarlik haqida» (IV-bob), 
«Rozilik haqida» (V-bob), 
«Qanoat haqida» (VI-bob), 
«Tarbiya haqida» (VII-bob), 
«Shukr va omonlik haqida» (VIII-
bob), 
«Tavba haqida» (IX-bob), 
«Munojot» (X-bob)
1

Asarda Firdavsiy, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, 
Farididdun Attor hamda Nizom ul-Mulk kabi mutafakkirlarning 
asarlarida bayon etilgani kabi insonning baxtli, saodatli bo’lishini 
ta’minlay oluvchi jamiyat, fozil, odil hukmdor hamda uning 
fazilatlari, saroy a’yonlari va ularning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, 
davlatni adolatli boshqarish shartlari, shuningdek, mavjud jamiyatda 
ustuvor o’ringa ega bo’lgan axloqiy me’yorlar xususida so’z 
yuritiladi. Mutafakkirning nuqtai nazariga ko’ra, tabiatan olib 
qaraganda hukmdor ham oddiy inson sanaladi, u ham shaxsiy 
manfaatlari yo’lida harakat qilish huquqiga ega, biroq zimmasiga 
1
«Бўстон» асарининг Чустий (1960 йил) таржимасида ўнинчи бобнинг таржимаси 
келтирилмаган. 


123 
yuklangan ijtimoiy vazifaga ko’ra, u el-yurt manfaatini shaxsiy 
manfaatlaridan yuqori qo’yishi shart. Hukmdor, eng avvalo, yurt 
tinchligi va xalq farovonligini ta’minlash yo’lida sabot bilan 
kurashsagina jamiyat taraqqiy etadi. U yurt podsholarga qarata 
donishmandlar tilidan: «Har kimki g’azabin ichiga yutar, u gunoh 
qilganning gunohin yutar» va yana «Fitna qo’zg’atuvchi rostidan 
maslahatli yolg’on yaxshi» degan fikrlarni ilgari suradi
1

Muslihiddin Sa’diy podshohlarning yuksak insoniy sifatlarga ega 
bo’lishlarini orzu qiladi. El-u yurt hukmdori sifatida e’tirof etilgan 
inson quyidagi fazilatlarni o’z qiyofasida namoyon eta olishi 
maqsadga muvofiqdir: adolatli, tadbirli, g’ayratli, shijoatli, fahm-
farosatli, bilimdon, dono, ziyrak, olijanob, sahovatli, jasur, mard 
hamda fuqarolariga nisbatan g’amxo’r bo’lish, shuningdek, do’st bilan 
dushmanning farqiga bora olish. Muayyan mamlakat fuqarolariga 
yetakchilik, boshchilik qilayotgan podshohlarning yuqorida qayd 
etilgan fazilatlar egasi bo’lishlari hayotiy zaruriyatligini muallif ibratli 
hikoyatlar misolida ochib beradi. Masalan: Faridun qasrining 
peshtoqiga shu so’zlar yozilgan edi: 
Bu jahon hechkimga qolmas, birodar, 
Dilingni Tangriga topshirsang yetar. 
Tayanch deb bilmagil bu dunyo molin, 
Ko’plarni o’stirib, berdi zavolin. 
Jon berar ekansan, farqi yo’q sira, 
Taxtda o’lasanmi yo tuproq uzra
2

Sa’diy «Guliston»da Firdavsiyning «Shohnoma»sidan ko’plab 
misollar keltiradi. U odil podshoh, vazir, donishmandlar tilidan 
shogirdlariga hikmatli so’zlarini yetkazadi. Masalan: «Boylik molda 
emas, kamolda, aql yoshda emas, boshdadir»
3

Asarda davlat ravnaqi fuqarolarning tinchligi va ularning 
totuvligiga bog’liqligi hayotiy, tarixiy voqealar hamda hikmatli so’zlar 
orqali yoritilgan. Masalan: «Zaif fuqaroga shafqat etsang, kuchli 
dushmandan zahmat ko’rmaysan»
4
. Sa’diy insonga maslahat berar 
ekan «aziz do’stim, podshohga xizmat qilishning ikki jihati bor: biri – 
1
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 20 б. 
2
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 21 б. 
3
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 27 б. 
4
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 31 б. 


124 
non topish umidi, ikkinchisi – jondan judo bo’lish qo’rquvi»
1
– deb 
ta’kidlaydi va yana, «to’rt odam to’rt odamdan o’lguday qo’rqadi: 
qaroqchi-sultondan, o’g’ri – posbondan, qallob – chaqimchidan va 
fohisha – mirshabdan», – deydi. 
Asarda ushbu o’rinda quyidagi hikoyat keltiriladi: «Kunlardan 
bir kuni ov chog’ida mulozimlar No’shiravoni Odilga kabob tayyorlab 
berishmoqchi bo’libdilar. Biroq o’zlari bilan olishgan masalliqlar 
ichida tuz yo’q edi. Mulozimlar bir xizmatkorni ov uyushtirilayotgan 
manzilga yaqin qishloqdan tuz olib kelgani jo’natadilar. No’shiravon 
xizmatkorga shunday deydi: «Tuzni bahosini to’lab ol, toki tekinga 
olish odat qatoriga kirib, qishloq xarobalikka yuz tutmasin». 
Mulozimlar undan so’radilar: «Shu zig’irdek narsadan qishloqqa 
qanday zarar yetadi?» No’shiravon shunday javob berdi: «Avvalda 
olamda zulm oz edi, keyinchalik har bir kelgan odam bir oz bir ozdan 
qo’shdi, natijada zulm hozirgi darajasiga kelib yetdi»
2

Alloma ushbu hikoya orqali insoniylik hamda saxiylik sifatlariga 
ega bo’lish shaxs kamoloti darajasini ko’rsatuvchi eng yuqori 
mezonlar ekanligini bayon etadi. 
«Guliston»ning ikkinchi bob «Darveshlar axloqi bayoni»da katta 
mansabdorlardan biri shayxdan so’radi: «Ba’zi odamlar falon shayxni 
ta’na-malomat bilan tilga oladilar, shu kishi haqida qanday 
fikrdasan?» 
Shayx javob berdi: «Tashqi qiyofasida hech qanday ayb 
ko’rmayman, ko’nglidan esa xabardor emasman»
3

Insonning ko’zini ochishga, unga yashamoq yo’llarini 
o’rgatishga umrini bag’ishlagan Sa’diy hayotda insonni pok, irodali, 
kuchli va mag’rur ko’rishni istaydi. Insonning tashqi qiyofasidan 
ko’ra uning ko’ngli faoliyat mazmunini bezaydi. 
Eski kiyimda ham orifdir ayon, 
Chunki uning yuzi doim Haq tomon. 
Gap kiyim-boshdamas, ish bo’lsin ko’rkam, 
Toj kiyib, yelkangga bayroq qo’ysang ham
4

1
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 37 б. 
2
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 43 б. 
3
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 55 б. 
4
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 57 б. 


125 
Muslihiddin Sa’diy jismoniy yetuklikning axloqiy kamolot bilan 
uyg’un holatda mavjud bo’lishiga alohida urg’u beradi. Darhaqiqat, 
jismoniy yetuklikning muhim belgisi bo’lgan kuchli iroda hamda 
mustahkam xarakter yordamida jamiyat tomonidan e’tirof etilgan 
axloqiy me’yorlarga amal qilishga erishilsa, ayni vaqtda axloqiy 
sifatlarni o’zida aks ettira olish, xususan, mehnatga muhabbat qo’yish 
va uni tashkil etish iroda va xarakterni tarbiyalaydi. 
«Guliston»ning uchinchi «Qanoatning fazilati bayoni» bobida 
keltirilgan hikoyada bir mag’ribiy gadoy Halabdagi bazzozlik 
rastasida derdi: «Ey davlatmandlar! Basharti sizlarda insofu, menda 
qanoat bo’lganda edi, olamda tilanchilik degan gap qolmasdi»
1

Demak, insof yo’qolgan joyda qanoat, haqiqat, ma’suliyat ham 
yo’qoladi. Insoniy qadr-qimmatni mutafakkir birinchi galda mehnatga, 
bilim va hunarga tayanishida, birovga xor bo’lmaslikda deb tushunadi 
va shunday ta’lim beradi: 
O’z mehnatidan non egan kishi
Hotam minnatidan ozod yoz, qishi
2

«Guliston»ning to’rtinchi «Sukut qilishning foydalari bayoni» 
bobida shukronalik, tavba borasidagi fikrlardan tashqari fikr qudrati 
va so’zlash madaniyati borasida ham qator fikrlar keltirilgan. 
Masalan: «Bir fikrni ikki marta aytishga majbur bo’lgan taqdirda ham 
boshqa ibora bilan ifoda etmoq lozim»
3

«Birov gapini tugatmasidan burun gapga aralashadigan kishidan 
ko’ra ortiqroq o’z nodonligini oshkor qiladigan odam bo’lmaydi»
4

«Guliston»ning beshinchi «Ishq va yoshlik bayoni» bobida 
ko’ngilga marg’ub bo’lgan ko’zga ham mahbub bo’lishi orqali ko’ngil 
mohiyati ustunligi yana bir bor ta’kidlanadi. Yana ishq borasida xalq 
og’zaki ijodida tasvirlangan ishq mavzusidan misol keltirib: 
«Laylining husni jamolidan bahramand bo’lish naqadar huzur baxsh 
etishini payqamoq uchun unga Majnunning ko’zi bilan boqmoq 
kerak!»
5
– deydi. 
1
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 77 б. 
2
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 81 б. 
3
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 98 б. 
4
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 98 б. 
5
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 109 б. 


126 
«Guliston»ning oltinchi «Zaiflik va keksalik bayoni» bobida 
yoshlik shijoati va qarilik hikmati tarannum etilgan bo’lib, qarilik 
chog’ida yoshlikni havas qilib kulguga qolmaslik, yoki yoshlarning 
qarilarni hurmatini joyiga qo’yishi lozimligi, zaiflar ustidan 
zo’ravonlik qilish insoniy fazilat emasligi ta’kidlangan. 
«Guliston»ning yettinchi «Tarbiyaning ta’siri bayoni» bobida 
Muslihiddin Sa’diy ta’lim va tarbiya ishlarini samarali yo’lga 
qo’yishning ahamiyatini ochib berish bilan birga aksariyat bolalarning 
tug’ma qobiliyatga ega bo’lishlarini e’tirof etadi. Muayyan qobiliyatga 
ega bolalarga berilayotgan ta’lim va tarbiyaning izsiz ketmasligi, 
shuningdek, ma’lum kasb yoki hunar sirlarini yoki ilm asoslarini 
o’rganishga nisbatan qobiliyatga ega bo’lmagan bolani donishmand 
qilib voyaga yetkazish mumkin emasligini quyidagi to’rtlik yordamida 
yoritib beradi: 
Qobiliyat bo’lsa aslida, 
Tarbiyat unga qiladi asar. 
Qancha urinma bo’lmas sayqali, 
Temir aslida bo’lmasa javhar.
1
Asarida inson kamolotining ta’minlanishida tarbiyaning alohida 
o’rin tutishiga ham urg’u beradi. Tarbiya jarayonini tashkil etish 
murakkab jarayon ekanligini ta’kidlagan holda, bolaga juda 
yoshligidan tarbiya berish maqsadga muvofiqligini uqtiradi. Zero, 
yoshlik yillarida bola ongiga singdirilgan axloqiy talablar uning 
xarakteri, xulq-atvorining shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Ushbu 
fikr mutafakkir qarashlarida shunday aks etadi: 
Kimga yoshligidan berilmas odob, 
Ulg’aygach, bo’ladi baxtsiz, dili g’ash. 
Ho’l novda egilar qay xilda egsang, 
Quruqni to’g’rilar faqat o’t-otash
2

Mutafakkir ham ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishda 
muallimning talabchan va qattiqqo’l bo’lishi borasidagi qarashni 
yoqlaydi. Zero, ilm o’rganishdek mashaqqatli jarayonning uzluksiz, 
izchil tashkil etilishi zamonaviy pedagogikada ham alohida e’tirof 
etilgan. Ta’lim jarayonining uzluksiz va izchil kechishi ma’lum 
1
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 116 б. 
2
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 117 б. 


127 
talablarga og’ishmay amal qilish evaziga kechadi. Ta’lim 
oluvchilarning mazkur talablarga amal qilishlari doimo muallimning 
nazorati ostida bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Quyidagi to’rtlikda ana 
shu qarash o’z ifodasini topgan:
Yubordi o’g’lini maktabga podsho, 
Qilib qo’yniga nuqra taxtacha jo. 
Kumush ul taxtaga zardin bitib yod: 
«Ota mehridan afzal jabri ustod»
1

Muslihiddin Sa’diy asarlarida mehnat ham ulug’lanadi. Inson o’z 
mehnati evaziga yuksak qadr-qimmatga ega bo’ladi, deb hisoblagan 
alloma insonning hamisha o’z mehnati, bilimi va hunariga tayanishi 
maqsadga muvofiqligini e’tirof etadi. O’z mehnati bilan kun 
kechirayotgan insonga ta’ma, ochko’zlik, hasadgo’ylik, hirs va nafs 
balosi begonadir. Zero, doimiy ravishda mehnat qilish bilan band 
bo’lgan kishi ruhan yuksalib boradi. Natijada unda qanoat, nafsini 
o’ziga bo’ysundira olish tuyg’usi shakllanadi. Qanoatli bo’lish uni 
ochko’zlik, hirs va nafs balosiga yo’liqishdan himoya qiladi. Mehnat 
natijasida xonadonida qut-u baraka bo’ladi, ehtiyoji uchun zarur 
narsalarni o’zining kuchi orqali topa olishiga ishonadi. Shu bois u 
o’zgalarga hasad qilish tuyg’usidan yiroqda bo’ladi. Asar mazmunida 
quyidagi o’rinda ushbu hikoyat keltiriladi:
Hikoyatlaridan birida «Men bir donishmanddan: «Eng ashaddiy 
dushmaning ikki kifting orasida joy olgan nafsingdir», - degan 
hadisning ma’nosi nima?» deb so’radim. Donishmand shunday javob 
berdi: «Ma’nosi shuki, har bir dushmanga ehson qilsang, u senga do’st 
bo’ladi, illo nafs degan narsaga qancha iltifot qilsang, adovatini 
shuncha oshiraveradi». 
Maromida ovqat yegan farishta bo’lur,
Hayvon kabi esa tushar og’ir tosh misol.
Kim istagin bajo qilsang amringga tobe.
Nafs aytganin qildingmi, bo’ysindirmoq, mahol
2
.
«Guliston»ning sakkizinchi «Suhbat qoidalari bayoni» bobida 
Muslihiddin Sa’diy ham boshqa mutafakkirlar kabi ilm o’rganishning 
ahamiyati, bilim olish jarayonida amal qilinishi lozim sanalgan 
1
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 119 б. 
2
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 126 б. 


128 
shartlar, mazkur shartlarga muvofiq faoliyatni tashkil etish qoidalari, 
ilm ahli va ularning odobi masalalari yuzasidan to’xtalib o’tar ekan, 
mavjud bilimlarni chuqur egallagan olimlarning xalq o’rtasida obru-
e’tiborlari yuqori bo’lishini aytadi. Bayon etilayotgan hikoyatlar 
mazmunida jamiyat a’zolariga oqil va dono kishilarni hurmat qilishga 
undovchi da’vat o’z ifodasini topgan. Ayni o’rinda ilmli kishilarning 
o’z bilimlarini jamiyat hamda insonlar uchun foyda keltiruvchi 
ishlarga sarf etishlari muhimligi alohida ta’kidlanadi: «Ikki toifa odam 
behuda ishlab, behuda harakat qilgan bo’ladi: biri mol-mulk yig’ib, 
foydalanmagan va ikkinchisi esa, ilm olib amal qilmagan odam». 
Xususan:
Harchand o’qibsan, bilimdonsan, 
Agar amal qilmading, nodonsan. 
Ustiga kitob ortilgan eshak, 
Na olim va na donodir beshak.
Bu miyasiz qaydan topadi xabar, 
Ustida o’tinmi, yo kitob-daftar
1

Muslihiddin Sa’diy bilimli va fozil kishilarning so’z va amal 
birligiga tayanishlari maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlaydi. Ezgu 
so’zlarni aytuvchi olimlarning bildirilgan fikrlarga o’zlari amal 
qilmasliklari kishilar oldida obro’larining tushishiga sabab bo’ladi, 
degan g’oyani ilgari suradi. Mazkur holatning isboti sifatida quyidagi 
hikoyatni keltiradi: Bir odamdan: «Ilmiga amal qilmagan olim nimaga 
o’xshaydi?» deb so’radilar. U javobida: «Bolsiz asalariga o’xshaydi!», 
- deydi»
2
. Mazkur fikrni yanada boyitib, bir o’rinda «Ilmiga amal 
qilmagan olim mash’ala ko’targan ko’rga o’xshaydi!», – deydi. 
«Bo’ston»da – tasvirlangan muammolarni nazariy, amaliy, 
hayotiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan dalillash maqsadida tarixiy, 
afsonaviy, diniy-axloqiy mavzularda hikoyalar, masallar, mav’iza va 
tanbehlar keltiradi. 
«Bo’ston»ning birinchi «Mamlakatni idora qilish tadbiri, odillik 
hamda to’g’ri fikrlash haqida»gi bobida No’shiravonning Hurmuzga, 
Xisravning Sheruyaga, Abdullazizning o’g’liga bergan maslahatlari, 
nasihatlari keltirilgan. Masalan: fitnagar, xiyonatchi, g’arazgo’ylarni 
1
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 127 б. 
2
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 139 б. 


129 
qo’llab quvvatlama; Mudom el g’amini yegin; Zaiflarga jabr 
ko’rsatma; Ulug’larga ergashish hamda nasihat, o’gitlarga quloq tutib 
davlatni boshqarish lozimligini uqtiradi. 
Daraxt bo’lsa shoh, xalq ildiz erur, 
Bil, o’g’lim, tomir-la daraxt ulg’ayur
1
.
Sa’diy inson o’zidan keyin albatta yaxshi amal, yaxshi nom 
qoldirishi kerakligini uqtiradi.
Yomon ham o’tar, yaxshi ham, yaxshi bil, 
Seni yaxshi nom birla yod etsin el
2
, – deydi va yana: 
Tirik ulki undan keyin qolsa joy, 
Hovuz, ko’l-u ko’prik-la karvonsaroy
3
.
«Bo’ston»da ham shaxs shaklanishida hayotiy munosabatlarni, 
ayniqsa, ta’lim-tarbiyani tashkil qilishda qatiqqo’llik va muloyimlik 
hamisha yonma-yon turishi kerakligi aytiladi. 
G’azab-la muruvvat – ikkov ham kerak, 
Tabiblarcha nashtar va malham kerak
4
.
«Birovga choh qazima, o’zing yiqilasan» kabi xalq maqolida 
insonning yomon fazilatlari boshqaga emas, birinchi navbatda o’ziga 
zarar keltirishi ta’kidlanadi. Mutafakkir bu borada quyidagi baytni 
keltiradi: 
Kesardi birov shox-u shoxda ozi, 
Tushib qoldi bog’bonning unga ko’zi. 
«Dedikim bu odam yomon ish qilur, 
Yomonlik na menga, o’ziga erur»
5
.
Sa’diy insoniyatni bir butun tana deb biladi, har bir odamni 
uning bir qismi hisoblaydi. Uning fikricha, tana – insoniyat sog’lom, 
barcha a’zolari sog’ bo’lishi kerak, yosh bolaning kamol topishi 
uchun, tarbiya jarayonida unda hayot uchun zarur bo’lgan sifatlarni 
shakllantirish kerak. Sifat esa insonda asta-sekin, avvalo, oilada, 
maktabda va jamoada tarbiya yo’li bilan, katta bo’lganda hayotiy 
tajriba yoki o’z-o’zini tarbiyalash jarayonida shakllanadi. 
1
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 148 б. 
2
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 149 б. 
3
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 151 б. 
4
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 151 б. 
5
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 169 б. 


130 
O’git, ma’rifat elagidan o’tib, 
Tuzilmish, shirin so’z bilan qo’shilib
1
.
Shayx Sa’diy o’z pedagogik qarashlarida tarbiyani uch asosiy 
ko’rinishga – aqliy, nafosat va jismoniy, ya’ni mehnat tarbiyasiga 
bo’ladi. U ota-onalarga murojaat qilib shunday deydi: 
O’tay yaxshi nom bilan desang agar, 
Sen o’g’lingga o’rgatgil ilm-u hunar. 
Agar bo’lmasa aql-u fikri uning, 
Nishon qolmagay sendan o’lgan kuning. 
Alloma bola xarakterini hisobga olgan holda, axloqiy tarbiyani 
yoshligidan boshlash g’oyasini ilgari suradi. Zero, xarakter 
shakllangach, bolaga tarbiya ta’sir etmaydi. Sa’diyning nazarida, aqliy 
tarbiya bilimni egallash va uni hayotga tatbiq etish bilan bogliqdir, 
aqliy tarbiya uni hayotga tadbiq etish jarayonida rivojlanib boradi va 
tajribada qo’llanadi. 
Bo’stonning ikkinchi bobida «Ehson haqida»gi bobida 
yetimlarning boshini silash, qariyalarni, kambag’allarni qo’llab-
quvvatlash, dangasalarga xayr qilmaslik kabi qator masalalar haqida 
fikr keltirilgan. Sa’diy muhtojlarga yordam berishni oliy darajali 
insoniy fazilat, deb hisobladi. Ochko’z, baxil bo’lmaslik, hotamitoy, 
mehmondo’st bo’lish, chehrasi ochiq, pok dil bo’lishni ta’kidlaydi. 
Ayniqsa, u yetim bolalarga ota-onalari kabi g’amxo’rlik qilishni, 
muhtojlar hayotini yaxshilashni mehnat ahliga xos insoniy fazilat deb 
biladi: 
Yetimlar boshiga mudom soya sol, 
Agar gard-u changin tikan kirsa ol. 
Yetim tursa oldingda ma’yus dil, 
O’z o’g’lingni hatto o’pib suymagil...
2
Sa’diy kamtarlikni ulug’laydi, haqiqiy kamtar odam, o’z-o’zini 
maqtamasligini, boshqalarning maqtoviga muhtoj ham emasligini 
aytadi. Agar u, yaxshi odam bo’lsa, bu sifatning o’zi uning 
yaxshiligidan dalolatdir. 
Tirikdil o’lik yotsa tuproqda ham, 
O’likdil tirikdan ko’ra muhtaram. 
1
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 179 б. 
2
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 190 б. 


131 
Agar yaxshi o’lsa dili o’lmagay, 
Yomon o’lsa ham hech zarar bo’lmagay
1

«Bo’ston»ning uchinchi «Ishq haqida»gi bobida Layli va 
Majnun, Farhod va Shirin ishqidan misollar keltirilgan bo’lib, 
ishqning sof bo’lishi, ko’ngillarning toza bo’lishi lozimligi uqtiriladi 
va yana alloma ishqni parvonaning shamga o’zini urishi kabi 
tasvirlaydi. 
Aql qancha zo’r bo’lsa-yu nomdor, 
Uni ishq zo’ri qilur tor-mor
2
.
«Bo’ston»ning to’rtinchi «Kamtarlik haqida»gi bobida 
kamtarlikning kamoloti, bu fazilat ortidan insonga fazl-u karamning 
yetishi, xokisor insonlar hamisha el ardog’ida bo’lishi tasvirlangan. 
Azizlikni topdi, bo’lib xoksor, 
Bo’lib kamtarin, topdi ko’p e’tibor
3

Yoki: 
El oldida bo’lg’in aziz, mo’tabar, 
O’zingni desang hammadan kam agar
4

Asarda kamtarinlik xislati ulug’lanar ekan chiroyli o’xshatish 
keltiriladi: 
Bulutdan tomib tomchi suv nogahon, 
Xijil bo’ldi daryoni ko’rgan zamon. 
Dedi: «Daryo bor joyda kimman o’zim, 
U bor joyda o’zlikni ilmas ko’zim»
5

Demak, tomchi daryo oldidagi borlig’ini angladi. Sen bilgandan 
ko’p, sen ko’rgandan keng narsa va hodisalar bor ekanki, maqtanish 
yaramaydi. Shunga qarata alloma deydi: 
Agar bo’lsa har kimda to’g’ri xayol 
Demas kibr bilan toparman kamol
6

«Bo’ston»ning beshinchi bobi «Rozilik haqida» dir. Rozilikning 
belgilarida sabr-bardoshli, boriga shukr qilib yashash, qanoatli bo’lish 
kabilar kirsa uning aksini ta’magirlik, xiyonatkorlikda ko’rinadi. 
1
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 193 б. 
2
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 206 б. 
3
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 209 б. 
4
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 217 б. 
5
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 209 б. 
6
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 209 б. 


132 
Alloma: «Insoniylik hamisha rozi-rizolikda, minnatdor bo’lishda, 
hurmat qlishda bilinadi», - deydi. 
«Bo’ston»ning oltinchi bobi «Qanoat haqida» dir. 
Qanoat bilan ko’kka yetgay boshing, 
Tama’ birla ko’krakka tushgay boshing. 
Bir arpaga sotma sharaf gavharin, 
Ta’ma to’kkusi hurmatingning barin. 
Ta’maga bo’ysunmasa har kishi, 
U qul ermas, ozod o’tar turmushi. 
Tama’ jamiyatdan chiqorgay seni, 
Uni haydagil, u chiqormay seni
1
.
«Bo’ston»ning yettinchi bobi «Tarbiya haqida» bo’lib, tarbiyada 
ota-onaning o’rni, oilada, ko’cha-kuyda yomon xislatlardan voz 
kechish kabi qator xususiyatlar haqida so’z yuritilgan.
Oiladagi muhit bola tarbiyasida alohida o’rin tutadi. Sa’diyning 
ta’kidlashicha, oila bolaning baxti, kelajagi uchun zamin 
yaratuvchidir. Oilada asosiy tayanch otadir. U mas’uliyatli 
tarbiyachidir. Ota o’z bolalarini tarbiyalashi, o’qitishi, hunarga 
o’rgatishi, jismonan chiniqtirishi, qobiliyatini rivojlantirishi, buning 
uchun esa bolani tarbiyalash kerak, tarbiya bo’lmasa, boladagi 
qobiliyat so’nadi. Sa’diy bolaning tarbiyasida har bir so’zni o’ylab 
aytishga odatlanish muhim omil sanalishini ta’kidlaydi. 
Agar aytmasang, so’z senga mubtalo, 
Gar aytsang, u bo’lgay boshingga balo
2
.
«Bo’ston»ning sakkizinchi bobi «Shukr va omonlik haqida» 
bo’lib, shukr qilib yashash, shukr qilish ortidan hamisha omonlikning 
kelishi tasvirlangan. 
Fig’on etma bechoralikdan sira, 
O’zingdan ham ojiz kishi bor, qara
3
.
Alloma insonlarni yaxshilikka chorlar ekan, insonni ogohlikka, 
yon-atrofdagi voqea-hodisalar, kishilar holidan boxabar bo’lish, 
qo’lidan kelgancha ko’maklashish lozimligini ta’kidlaydi va:
Tagingda sening tulporing bor, uchar, 
Yayov holi ne kechdi, sen – bexabar,
1
– deydi. 
1
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 224 б. 
2
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 229 б. 
3
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 247 б. 


133 
«Bo’ston»ning to’qqizinchi bobi «Tavba haqida» bo’lib, 
o’tkinchi hoy-u - havaslarga berilmaslik, qarilikda yoshlikni havas 
qilmaslik, o’tgan hayotdan afsuslanmaslik kabi masalalarga e’tibor 
qaratilgan. 
O’tirgan eding boshqalar o’rniga, 
Birov ham o’tirgay sening o’rningga. 
Kecha o’tdi-yu erta ma’lum emas, 
Hisob et shu kunni – g’animat nafas
2

Xulosa qilib aytganda, Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy 
o’zining «Bo’ston» va «Guliston» asarlarida inson kamolotining 
asosiy omillari sanalgan ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy kamolotga 
erishishning inson hayotidagi ahamiyati, ilmli bo’lishning o’ziga xos 
afzalliklari, muayyan kasb yoki hunar o’rganishning foydali jihatlari, 
shuningdek, insonda axloqiy sifatlarni tarbiyalash masalalari xususida 
so’z yuritadi. Allomaning fikricha, quyidagi fazilatlarni o’z qiyofasida 
mujassam eta olgan insongina haqiqiy ma’noda komil, yetuk inson 
sanaladi: bilimli, mehnatsevar, kamtar, olijanob, himmatli, sahovatli, 
saxiy, shijoatli, g’ayratli, qat’iyatli, mard, jasur, jismonan kuchli, 
to’g’ri so’z, va’dasiga vafodor, adolatli, do’stga sodiq, o’z kuchi va 
mehnatiga tayanib ish ko’ruvchi va hokazolar. Mutafakkir tomonidan 
ta’lim-tarbiya masalalariga bag’ishlab yaratilgan asarlar hamda 
ularning mazmunida ilgari surilgan g’oyalar bugungi kunda ham o’z 
ahamiyatini yo’qotmagan. Ular pedagogik fikr taraqqiyotida o’zining 
munosib o’rniga egadir. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish