Aziziddin Nasafiyning «Insoni komil» asari
–
yirik
pedagogik manba.
Aziziddin Nasafiyning fikricha, ulug’ olamda
mavjud xususiyatlar inson olamida aks etadi. Agar biz ulug’ olam
xossalarini bilmoqchi ekanmiz, unda avval inson olamini har
tomonlama anglab yetishimiz darkor. Olimning fikricha inson olami
juda murakkab sir-sinoatlarga boy. Lekin insondagi barcha fazilat va
xislatlar faqat Xudoning ixtiyori bilan bo’ladi.
Olimning fikricha, insonning jismi bilan ruhi orasida o’zaro
aloqadorlik mavjud. shuning uchun inson kamolot darajalari turlicha
bo’lganidek, uning ruhiy kamolot darajalari turlicha bo’ladi. Chunki,
moddiy olam ruhiy olamsiz, ruhiy olam esa moddiy olamsiz mavjud
bo’lmaydi.
Inson jismi va ruhida bo’ladigan o’zgarishlar manbai, olimning
fikricha, olamning asosini tashkil etgan unsurlar: tuproq, suv, havo,
olovga bog’liq. Ushbu to’rt unsurning har biri o’z shakli va ma’nosiga
114
ega. Insonning jismi ham ana shu to’rt unsurning aralashuvidan paydo
bo’lgan.
Aziziddin Nasafiyning fikricha, inson – hayvon turlaridan biri
bo’lib, u faqat ta’lim-tarbiya, o’qish va takrorlash, taqvo va zikr
tufayligina inson darajasiga ko’tariladi. Hayot, bilim, iroda, quvvat,
eshitish, ko’rish, nutq, idrok kabi xususiyatlar insondan tashqarida
mavjud emas. Bunday xususiyatlar, qobiliyatlar inson jismida harakat
qilgandagina haqiqiy mavjudlik kasb etadi. Inson kamoloti xuddi shu
mavjudlik bor joydagina sodir bo’ladi. Odamzod oilasini boqishi,
boshqalarga yordam berishi, sabr qilishi, ozod bo’lishi kerak. Komil
inson bo’lish uchun avvalo o’z-o’zini tanish zarur. Kimki, qanoat qilsa
– shoh, aks holda o’tkinchi hisning qulidir.
«Nafsi insoniy» kitobi.
(Parcha)
So’fiylar deydilar: «Inson kichik olamdir (olami sag’irdir) va aql
bu olamning odamidir va jism Havodir va qo’rquv iblisdir va shahvat
tovusdir va g’azab ilondir. Va yaxshi axloq jannatdir va yomon axloq
– do’zax va aql quvvatlari, ruh quvvatlari va jism quvvatlari
maloiklardirlar»...
Ey darvesh! Tuproq odami nurlarning mag’ribidir, zerokim
butun nurlar jabarutning mashriqidan chiqqanlar va tuproq odamiga
kelib tushganlar. Endi esa nur tuproq odamidan zohir bo’lur (shu bois)
qiyomat kuni oftob mag’ribdan chiqar.
...Bilgilki, yetti do’zax va sakkiz jannat bor. Har bir jannat
muqobilasida bitta do’zax bor. Ammo birinchi jannat muqobilasida
do’zax yo’kdir, Odam bilan Havvo shu birinchi jannatda edilar. Bu
jannatda vujud (jismlar) yo’q edi va ziddiyatlar yo’q edi, shu bois
muqobilada shayton yo’q edi... Ikkalasi (Odam va Havvo) bu birinchi
jannatdan chiqarildilar va adam (yo’qlik) osmonidan vujud zaminiga
kelib tushdilar. Xitob bo’ldikim: yo Odam, bu ikkinchi jannat sof
ruhlarning joyidir, unda sokin bo’l, chunki bu yerda ochlik va
chanqoqlik yo’qdir va issiq-sovuqning azobi ham yo’kdir. Mizoj (to’rt
unsur) daraxtiga yaqinlashma, chunki agar mizoj daraxtiga
yaqinlashsang, bu ikkinchi jannatdan chiqishga to’g’ri keladi. Agar bu
jannatdan chiqsang, badbaxt bo’lasan, ya’ni muhtojlikka uchraysan,
ochlik paydo bo’ladi va tashnalik yuz beradi va yalang’och bo’lasan
va issiq-sovuqning azobi qiynaydi. Mizoj daraxtiga yaqinlashdilar va
115
ikkinchi jannatdan quvildilar va uchinchi jannatga kirdilar. Va
uchalasi (uchinchisi iblisdir) tafrid (yolg’iz ruh) osmonidan tarkib
(jismlar) zaminiga yetdilar va uchinchi jannatda muhtoj bo’ldilar va
ochlik, tashnalik va yalang’ochlik ularni qiynadi. Va bu uchinchi
jannat go’daklar va ablahlar jannatidir. Yana xitob bo’ldikim: Yo
Odam, shu uchinchi jannatda yashab tur, chunki bul uchinchi jannatda
ne’mat ko’pdir va senga mone’lik yo’q va da’vo, mulohaza, talab
yo’kdir. Aql daraxtiga yaqinlashma, agar aql daraxtiga yaqinlashsang,
bu uchinchi jannatdan ham chiqishga to’gri keladi. Va agar uchinchi
jannatdan chiqsang, zolim bo’lasan. Akl daraxtiga yaqinlashdilar ... va
uchinchi jannatdan chiqarildilar va to’rtinchi jannatga kirdilar.
Ey darvesh! Ular shuning uchun zolim bo’ldilarki, aql daraxtiga
yaqinlashmaguncha kulfatli emas edilar va ular uchun halol-u harom
vojib emas edi. Va da’vo bilan talab yo’q edi... Aql daraxtiga
yaqinlashgandan keyin kulfatga giriftor bo’ldilar va amru nahiy
(buyurilgan va man’ qilinganlar) sodir bo’ldi. Endi agar amrga itoat
etib, nahiydan parhez qilmasalar, zolim bo’ladilar, ya’ni o’z-o’zlariga
zulm qiladilar. Ey darvesh, ikkinchi jannatdan uch kishi badarg’a
bo’ldilar: Odam, Havvo va shayton. Uchinchi jannatdan esa olti kishi
chikdilar: Odam, Havvo, shayton, iblis, tovus va ilon. Odam – ruhdir,
Havvo – jism, shayton – tabiatdir, iblis – qo’rquv, tovus – shahvatdir
va ilon – g’azab.
...Bilgilkim, olami kabir (katta olam)ning avvali bir javhardan
iborat, xuddi olami sag’ir (kichik olam)ning boshi bir javhar
bo’lganiday. Kichik olam boshining javhari nutfadir (inson urug’i) va
kichik olamda mavjud bo’lgan har bir narsa nutfada mavjuddir. Va
nutfa olamida bo’lmagan narsaning kichik olamda bo’lishi maholdir.
Ey darvesh, agarchi mavjudotning har bir qismi bu nur sifatining
mazharidir, ammo ikkita mazhar bag’oyat kuchlidirlar: biri insoni
kabir (ulug’ inson), ikkinchisi insoni sag’ir (kichik inson). Insoni kabir
qudrat mazharidir va insoni sag’ir ilm mazharidir, ya’ni falaklar,
yulduzlar va anosir (to’rt unsur) qudrat mazharidirlar va komil inson
ilm mazharidir.
...Bilgilki, insonlardan ba’zisi shunday xosiyatlarga egaki,
boshqalarda bu xislat yo’q. Va odamizodning ham mavjudotning har
biri biror xosiyatga egadir. Odamlardan ba’zisi shundayki, kimni
ko’rsalar yoxud ko’rmagan bo’lsalar ham uning nomi, ota-onasining
116
nomi, qarindosh-urug’larining nomini aytib beradilar va uning
o’tmishi va kelajagidan xabar beradilar va buning bari to’g’ri chiqadi,
yolg’oni bo’lmaydi. Bu toifa kishilarni nomgo’ylar va nomjo’ylar
(nomni aytuvchilar) deb yuritadilar. Va yana odamlardan ba’zisi
shunday xislatga egaki, nazarlariga biror narsa tushsa va yoqib qolsa,
u narsa albatta zarar ko’radi yoki halok bo’ladi. Bu toifani yomon
ko’zlilar va kasofat keltiruvchilar deydilar. Va yana ba’zilar
shunaqaki, tillariga bir nima kelsa, o’sha narsa darhol muhayyo
bo’ladi va bu toifani tili qoralar deydilar. Va yana odamlardan
ba’zilari shundayki, eng qiyin ilmlarni, agar jiddu jaxd bilan
kirishsalar, bir kunda o’zlashtirib oladilar va har qanday mushkul
hunar yoki san’atni bir kunda yoki o’n kunda o’rganadilar va
o’rgangan ilmlari, hunarlarini hech vaqt unutmaydilar.
...Bilgilki, komil inson shunday insonki u shariat, tariqat va
haqiqat borasida yetukdir va agar buni tushunmasang, boshqa ibora
bilan aytay: bilgilki, komil inson deb shunday insonni aytamizki, unda
to’rt narsa kamolga yetgan bo’ladi, ya’ni: yaxshi so’z, yaxshi amal,
yaxshi xulq va ma’rifat. Uning tili poku dili pok, ishi va niyatlari
pokdir. Ey darvesh, iloh yo’lini qabul etgan jami soliklar shuni
(egallash bilan) mashg’uldirlar va soliklarning vazifasi ana shu to’rt
narsani kamolga yetkazishdan iborat. Kimki bu to’rt narsani kamolga
yetkazsa, o’zi ham kamolga yetadi. Darig’kim, ko’p odamlar bu
yo’lga kirdilar, ammo girdoblarga g’arq bo’ldilar va maqsadga
yetolmadilar, murodlari hosil bo’lmadi.
Komil inson nima ekanini bilding, endi bilgilkim bu komil
insonning ism-sifatlari (belgilari) ko’pdir, turli ismlarni e’tibor
yuzasidan unga nisbatan beradilar va buning barchasi to’g’ridir. Ey,
darvesh, komil insonni shayx va rahbar, hodiyu mahdi deydilar. Va
dono va bolig’ (balog’at cho’qqisi) va komil va mukammal va imom
va xalifa va qutb va zamon egasi deb ulug’laydilar. Va jahonni
ko’rsatuvchi jom va olamni ko’rsatuvchi ko’zgu va ulug’ taryok va
iksiri a’zam deydilar. Va uni o’likni tirgizuvchi Iso va hayot suvini
ichgan Xizr ham deydilar. Va Sulaymon deydilar, chunki qushlar tilini
biladi va devu pariga shohdir. Va bu komil inson hamisha olamda
bordir, ammo bittadan ortiq emasdir, shu uchunkim mavjudot go’yo
bir shaxs kabidir va komil inson bu shaxsning qalbidir. Bas, komil
inson hamisha olamda bordir va qalb bittadan ortiq bo’lmaganiday,
117
komil inson ham bittadan ortiq bo’lmagay. Olamning bu yagonasi
dunyodan o’tsa, boshqasi uning martabasiga yetadi va uning o’rnida
o’tiradi, toki olam qalbi doimo tirik urib tursin.
...Mulk, malakut va jabarut olamlarida hech narsa komil inson
ko’zidan yashirin qolmaydi. Barcha ashyoning mohiyatini va ashyolar
hikmati mohiyatini tub-tubigacha biladi. Odamlar koinotning
qaymog’i va xulosasi hamda mavjudot daraxtining mevasidirlar,
komil inson esa odamlar mavjudotining qaymog’i va xulosasidir.
Mavjudot ham surat va ham ma’ni yuzasidan birato’la komil inson
nazari ostidadir. Chunki me’roj (ko’tarilish) ham surat va ham
ma’niga ko’ra bu tarafdandir (inson tarafidandir).
Ey, darvesh, komil inson ilohiyotni tanib, Xudoyi taolo
diydoriga yetgandan keyin xalqqa rohat yetkazishdan ulug’roq toatni
bilmagay va hech bir ishni bundan ortiq ko’rmagay va odamlarga
ehson qilish, bir foydali so’z aytish yoki foydali ish qilishdan o’zga
rohatni bilmagay. Toki odamlar u aytgan yo’ldan yurib, buyurgan
ishni qilib, dunyoda osonroq yashasinlar va dunyoning balovu
fitnalaridan emin bo’lsinlar va oxiratda azoblardan qutulsinlar. Kimki
shunday qilgay, u nabilarning vorisidir.
Ey darvesh, komil inson xalq orasida rostlikni barqaror etish va
yomon odat-rusumlarni xalq orasidan ko’tarish va odamlar ichida
ezgu qonun-qoidalarni joriy etish, odamlarni Xudo yo’liga chorlab,
oxiratni ta’riflash va dunyoni mazammat qilish, darveshligu
xoksorlikning foydasini kishilar ongiga yetkazishni eng yaxshi ibodat
deb biladi. Toki kishilar qalbida darveshlikka muhabbat uyg’onsin va
shahvat, boylikka nafrat paydo bo’lsin. Komil inson yaxshilarga
jannat ne’matini, yomonlarga esa do’zaxni sog’inadi, odamlarni bir-
birlariga muhabbatli va mushfiq qilish uchun kurashadi, toki odamlar
bir-birlariga ozor yetkazmasinlar va bir-birlarining o’rinbosarlari
bo’lsinlar. Buyuradi, tokim odamlar tillari va qo’llari bilan bir-
birlarining tinchligi va omonligini ta’minlasinlar va shunga axdu
paymon qilsinlar va bu ahdni buzmasinlar, agar buzsalar –
imonsizdirlar....Bilgilki, g’ayb olamidan ravona bo’lgan har bir ato
(ehson) yoki balo shahodat olamiga (moddiy dunyoga) kelib
yetguncha komil inson qalbida paydo bo’ladi va u ushbu holdan
xabardor bo’ladi. Boshqalar tushida ko’radigan narsalarni u o’ngida
ko’radi.
118
Ey darvesh, daryoi muhit – uqyonusda olamni ko’rsatuvchi
ko’zgu o’rnatganlar, deb necha bor eshitgandirsan, uqyonusda nima
voqea-hodisa yuz bersa, nimaiki paydo bo’lsa o’sha ko’zguda
ko’rinadi, deydilar. Bu uqyonus G’aybning g’ayb olamidir va bu
ko’zgu esa – komil insonning qalbidir. G’aybning g’ayb olamidan
nima narsaki ravona bo’lgay vujud qirg’og’iga kelib yetguncha uning
aksi komil inson dilida ifodalanadi va komil inson ushbu holatlardan
ogoh bo’ladi. Va har kimki komil inson huzuriga kirsa, qalbida nima
bo’lsa, ul narsalar komil inson qalbida paydo bo’ladi.
Jumla mavjudot odamzodga shuning uchun sajda qiladiki,
odamlar orasida komil inson bor. Bas, jumla odamzod komil inson
tufayli (sharafli)dirlar. Mavjudot ichra komil insondan ko’ra ulug’roq
va donoroq narsa yo’q, chunki komil inson eng pastdan eng
yuqorigacha martabalardagi mavjudotning xulosasi va qaymog’idir va
farishtalar, ruhoniy mavjudotlar va arshu kursi, samovotu kavokib
hammasi komil inson xizmatidadirlar va hamisha komil inson
tegrasini tavof qilurlar va komil inson ishlarini bajo keltirurlar...
Komil inson ilm mazharidir, komil inson ilohiy zot sifatlarining ham
mazharidir...
Komil inson olamning siri va qutbidir, shu sababdanki, u
ilmning muhiti-manbaidir, olimdir, har bir narsani o’z joyida ko’radi
va o’z mavqeida baholab, adolat qila oladi. Va odamlar hammasi
uning tegrasida, u tufayli yashaydilar. Aflok va anjumning ikki qutbi
bor va ular shu qutblar atrofida aylanadilar – bularning biri shimoliy
ikkinchisi janubiy qutb. Odamlar ham ikki qutbga egadirlar – biri
dono inson, ikkinchisi tavono, ya’ni kuchli inson. Agar bir kishi ham
dono va ham kuchli bo’lsa, uning ishi oson kechadi, albatta, faqat
komil insongina shunday fazilatga molik.
Do'stlaringiz bilan baham: |