Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining



Download 430,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/59
Sana06.01.2022
Hajmi430,18 Kb.
#321214
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
739-сон 21.11.2020. Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



22.09.2021, 02:10

 739-сон 21.11.2020. Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolala…

https://lex.uz/docs/-5117079

1/51


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI


YETIM BOLALAR VA OTA-ONASINING YOKI BOSHQA QONUNIY VAKILLARINING

QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALARNING IJTIMOIY HIMOYASINI YANADA

KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Yetim  bolalar  va  ota-ona  qaramog‘idan  mahrum  bo‘lgan

bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 11-fevraldagi

PQ-4185-son  qarori  ijrosini  ta’minlash,  shuningdek,  yetim  bolalar  va  ota-onasining  yoki  boshqa  qonuniy

vakillarining  qaramog‘idan  mahrum  bo‘lgan  bolalar  huquqlari  kafolatlarining  huquqiy  asoslarini

takomillashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada kuchaytirish maqsadida

Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya

vazirligining:

yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar

davlat  tarbiya,  davolash-sog‘lomlashtirish,  tibbiy-ijtimoiy  muassasalarida  hamda  ularni  tamomlagandan  so‘ng

akademik  litsey,  kasb-hunar  maktablari,  kollejlar  va  texnikumlar  (keyingi  o‘rinlarda  —  ta’lim  muassasalari),

shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya oladigan muddatda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lishi;

ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining

yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ularning shaxsiy xarajatlari uchun har

oyda  bazaviy  hisoblash  miqdorining  ikki  baravari  miqdorida  pul  mablag‘lari  to‘lanishi  to‘g‘risidagi  takliflariga

rozilik berilsin.

2. Belgilansinki:

to‘liq  davlat  ta’minotida  bo‘lgan  yetim  bolalar  va  ota-onasining  yoki  boshqa  qonuniy  vakillarining

qaramog‘idan  mahrum  bo‘lgan  bolalar  ta’lim  muassasalarini  bitirib,  ishga  qabul  qilinayotganda  kiyim-bosh,

poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun nafaqa to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar davlat ta’lim muassasalari

faoliyatini moliyaviy ta’minlash uchun tegishli yilga nazarda tutiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

mablag‘lari hisobiga qoplanadi;

to‘liq  davlat  ta’minoti  pul  nafaqalari  hamda  oziq-ovqat  mahsulotlari,  kiyim-bosh,  poyabzal  va  boshqa

buyumlar, shuningdek, transportda yurish kartochkalaridan iborat bo‘ladi;

davlat  ta’minotiga  olingan  bolalarga  (keyingi  o‘rinlarda  —  o‘quvchi  (talaba)  ular  ta’lim  muassasasini

bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun bazaviy

hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida, yo‘l xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari

miqdorida pul nafaqasi (keyingi o‘rinlarda — bitiruv nafaqasi) beriladi.

3. Quyidagilar:

Umumiy  o‘rta  ta’lim  muassasalari,  akademik  litsey,  kasb-hunar  maktablari,  kollejlar  va  texnikumlarda

ta’lim  olayotgan  to‘liq  davlat  ta’minotida  bo‘lgan  yetim  bolalar  va  ota-onasining  yoki  boshqa  qonuniy

vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va

boshqa buyumlar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Mehribonlik uyi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Bolalar shaharchasi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;

Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risidagi nizom

4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4.  O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumatining  5-ilovaga  muvofiq  ayrim  qarorlariga  o‘zgartirish  va

qo‘shimchalar kiritilsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb

hisoblansin.

6.  O‘zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi  manfaatdor  vazirliklar  va  idoralar  bilan  birgalikda

o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

7.  Mazkur  qarorning  bajarilishini  nazorat  qilish  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vazirining  ijtimoiy

rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X.

Shermatov hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.


Download 430,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish