Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/59
Sana23.05.2022
Hajmi1,25 Mb.
#607699
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59
Bog'liq
Избуллаева укув кулланма — 2019

«Axloqi Nosiriy»dan
1
 
(Parcha) 
«Axloqi Nosiriy»da Aflotunning Arastuga vasiyati. Aql va idrok 
rivoji va sog’lom turmush madaniyati to’g’risida foydali maslahatlar: 
1
www.culturalnet.ru/main/getfile/686 


98 
-
doimo o’rgan, izlan, bilim olish bilan shug’ullan. Eng avvalo 
maqsadingni belgila, keyin egallash uchun ilm tanla; 
-
olim mehnatining amaliy foydasini, halol, adolatli va yaxshi 
niyatliligi bilan uning qiymatini belgila; 
-
Xudodan faqat foydali va abadiy farovonlikni so’ra; 
-
doimo hushyor bo’l, chunki yovuz odamlarning hiyla-
nayranglari chegara bilmas; 
-
imkonsiz narsalar uchun orzularga berilma; 
-
bilginki, ilohiy jazo intiqom olishga emas, balki tarbiyalash 
maqsadiga ega; 
-
noloyiq hayot kechirma, toki u noloyiq o’lim bilan nihoya 
topmasin; 
-
yaxshilikka baxshida qilinmagan umr befoyda sanaladi; 
-
hech qanday muammo sening aybing tufayli sodir 
bo’lmadimi? Yoki qanday yaxshi ish qila olishing haqida fikr 
yuritmasdan uyquga ketma. O’zingning beparvoliging tufayli 
imkoniyatingni qo’lingdan chiqarmadingmi, esla; 
-
sen mavjud hayotingni va o’limdan keyin nima yuz berishini 
o’ylab ko’r; 
-
hech kimga tanbeh berma, chunki dunyo o’zgaruvchan; 
-
o’z hayoti va kelajagidan qayg’urmaydigan odam baxtsizdir; 
-
sening xizmatingga tegishli bo’lmagan narsaga maqtanma; 
-
muhtojlardan muruvvat kutma, o’zing ularga muruvvat qo’lini 
cho’z; 
-
aqlini yo’qotib, dunyo lazzatlaridan zavqlanib uning 
musibatidan esankirab qayg’urganni oqil deb bilma; 
-
har doim o’limni esla, boqiy dunyoga ketganlarning o’limidan 
saboq ol; 
-
agar sen odamlarning shafqatsizligi haqida bilmoqchi 
bo’lsang, ular aytadigan narsalar haqidagi mish-mishlarni tarqatish 
haqida ko’plab keraksiz so’zlarga e’tibor ber. Bilginki, boshqalarga 
nisbatan yomon niyatlarga ega bo’lgan odam tug’ilganidan baxtsizdir, 
chunki yovuzlik kuchlari dastlab uning g’oyalari va e’tiqodida 
yashaydi; 
-
ehtiyotkorlik bilan o’yla, keyin gapir, yaxshilab taqqosla, 
o’lcha, so’ng amalda qo’lla, chunki sharoit o’zgarishi mumkin; 


99 
-
hamma bilan do’stlashishga qodir bo’l, ko’p ham g’azablanma, 
chunki g’azablanish odatga aylanishi mumkin; 
-
bugun senga yordam so’rab murojaat qilgan insonning hojatini 
ertaga qoldirma,chunki ertaga nima bo’lishi mumkinligini bilmaysan; 
-
yomon odatlardan aziyat chekayotgan kishiga qaramlikdan 
xalos bo’lishi uchun yordam ber; 
-
agar dushmanlaringning so’zlari va ishlari senga aniq 
bo’lmasa, ularga hukm chiqarishga shoshilma; 
-
faqat so’zda emas, balki amalda ham dono bo’l, so’zdagi 
donoliklar bu dunyoda qoladi, ammo dono amallar abadiy yashaydi; 
-
agar sen aziyat cheksang, yaxshi ishlar bilan shug’ullan, azob-
uqubat o’tkinchi, yaxshilik abadiydir; 
-
o’sha kun haqida o’ylab ko’r, seni chaqirsalar eshitmaysan, 
gapirish qobiliyating yo’qoladi, eshitib, gapirib, eslab ham bilmaysan; 
-
aniq bil, sen do’sting kim va dushmaning kimligini bila 
olmaydigan yerda bo’lishing mumkin. Shuning uchun hech kimning 
mukammal emasligidan nafratlanma; 
-
ishon, sen hamma teng bo’lgan joyda bo’lishing mumkin, 
shuning uchun manmanlik qilma, doimo «yo’l»ga tayyor tur, chunki 
sen qachon «ko’chish»ing mumkinligini bilmay qolasan; 
-
shuni bilib qo’y, hamma qimmatli narsalar ichida, buyuk 
Yaratuvchi tomonidan bizga berilgan, donishmandlikdan ko’ra 
yaxshiroq narsa yo’q; 
-
fikr, so’z va amali o’rtasida mutanosiblik bo’lgan inson, dono 
insondir; 
-
yaxshilikni taqdirla, yomondan saboq ol; 
-
mohiyatni o’rgan, esda saqla, tushun; 
-
doimo barcha amallaringni sog’lom fikr va o’zaro bog’liq 
holdagi talab asosida qur; 
-
bu dunyoning biron-bir ulkan yumushida dangasalik va 
sovuqqonlikni o’tkazib yuborma, sustlik va irodasizligingni 
ko’rsatma, ezgulikni, sahovatni behuda sarflama; 
-
yaxshi nomni qo’lga kiritishni ko’zlab, qonunga xilof ishga 
qo’l urma; 
-
vaqtinchalik 
huzur-halovat 
tufayli 
hurmatli 
insonlarni 
yo’qotma – arzirli umringni yo’qotasan.


100 
-
donishmandlikni kuylovchi bo’l, donishmandlarni tingla, 
dunyo lazzatlariga berilma; 
-
ijobiy urf-odatlardan yuz o’girma, biron ishni vaqti soati 
etmasdan boshlama, biror-bir ishga kirishsang uni aqlan, vijdonan, 
sharaf bilan amalga oshir; 
-
boyliging oshganda, gerdayma, atrofdagilarni kamsitma, 
nochor bo’lganingda ruhan tushib, ayanchli qiyofada bo’lma; 
-
do’sting bilan munozaraga kelmaydigan darajada munosabatda 
bo’l, dushmaning bilan munozarada undan baland bo’lish darajasida 
o’zingni tut; 
-
hech kim bilan janjallashma, hamma bilan samimiy bo’l, hech 
qayerda soddalik va xushmuomalalikni aqlsizlikka yo’yma.
-
o’zing uchun ma’qul deb hisoblaydigan narsalar uchun 
birodaringni koyima; 
-
bekorchi ishdan quvonma, taqdiringdan umidvor bo’lma, 
yaxshi ishni ayama, hech kimni aldama, hech kimning ustidan hazil 
qilma.
-
baxtga erishish uchun har doim adolat, haqiqat, yaxshi niyat 
yo’lidan bor va bularga Olloh yordami bilan erishasan. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish