naslni saqlab
qolish
va
avlodni davom ettirish
. U diyonatli ayolni erining xazinasi,
ro’zg’orda erining yordamchisi va uning yo’qligida ishlarini
boshqaruvchisi sifatida ko’rsatadi. Tusiy ayolni boshqarishda uchta
asosiy usulni taklif qiladi:
– Erkak kishi qudratli va g’ururli bo’lishi kerak;
– Erkak kishi ayolga xush muomalada bo’lishi kerak;
1
library.ziyonet.uz/ru/book/download/28752
95
– Erkak kishi ayoliga uy-ro’zg’ordagi sharoitlarni tashkil qilib
berishi kerak
1
.
Ikkinchi maqolaning to’rtinchi bobi (ro’zg’orshunoslik fani )da
Tusiy farzandni tarbiyalash haqidagi fikrlarni ifodalab, bola dunyoga
kelgandan so’ng unga go’zal ism berilishi kerakligini yozadi. Ushbu
bob davomida muallif bolani tarbiyalashning turli bosqichlarini bayon
etib o’tadi.
Kitobning 7 bobdan iborat oxirgi maqolasida Tusiy «davlatni
boshqarish» qoidalari haqida gapiradi.
Birinchi qismda xalqning madaniyatga bo’lgan ehtiyoji, ijtimoiy
tizim, davlat boshqaruv ilmining mohiyati va ahamiyati tushuntiriladi.
Tusiy barcha ishlarni shaxs yakka o’zi boshdan kechirishga
qodir emasligi sababli, o’z avlodining davomiyligini ta’minlash
maqsadida boshqa odamlarning yordamiga muhtoj ekanligini
ta’kidlaydi. Shaxsning ijtimoiylashuvi va jamiyat talablari asosida
shakllanishini siyosat sifatida izohlaydi.
Olim sevgi va uning shakllari haqida gapirab, jamiyatda insonlar
orasidagi munosabat va aloqa o’rnatish uchun zarur bo’lgan
elementlardan biri (vositalaridan biri) sifatida tasvirlaydi va insonlar
o’rtasidagi
sevgi
ning yaralishi va birligiga chorlaydi. Tug’ilishdan
(tabiatan) inson kamolotga erishishga qadar, o’zga shaxslar bilan
do’stlik munosabatlarini qurishga majbur bo’ladi. Buning uchun
tabiatan odamlar o’zlarining
sevgisini
izlaydilar. Muallif odamlarga
bo’lgan muhabbatni ikki qismga ajratadi:
- Tabiiy muhabbat (majburiy emas);
- kuchli muhabbat (irodali sevgi). Kuchli muhabbatning o’zi 4
turga bo’linadi: tez paydo bo’ladi va tezda yo’qoladi; asta-sekin paydo
bo’lib, asta-sekin yo’qoladi; asta-sekin paydo bo’ladi, tezda yo’qoladi;
sekin-asta paydo bo’lib, asta-sekin yo’qoladi.
Uchinchi maqolot davlat va uning boshqaruvi, davlat
boshqaruvchisining vazifalari haqida bo’lib
2
, fuqaro va uni ijtimoiy
himoyalash kabi bir qator dolzarb masalalar borasida fikr yuritilgan.
Ushbu masalalar bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas.
1
library.ziyonet.uz/ru/book/download/28752
2
http://www.allbest.ru/Лейла Рагими. Общая характеристика произведения «Ахлаги-
насири» (Насирова этика) хаджи Насреддина Туси.Вестник КазНПУ 2012 Алматы
96
Tusiy: «Hokim – tadrijiy mukammallikni boshqaradigan, ilohiy ilhom
oladigan va qonun chiqaradigandir»,
1
– deb tushuntiradi.
Tusiy jamiyatning turlari va shaharlarning paydo bo’lishi haqida
ham gapiradi. Insonning irodasi 2 qismga bo’linadi, ya’ni
yaxshi
va
yomon
, xuddi shunday jamiyat ham 2 qismga bo’linadi. Ya’ni,
yaxshilik uchun yaratilgan jamiyat
va
yovuzlik bilan paydo bo’lgan
jamiyat
. Yaxshi maqsadda yaratilgan jamiyat «mukammal jamiyat»,
yomonlik yordamida qurilgan jamiyat «nomukammal» deb ataladi.
Demak, haqiqat va yaxshilik ko’plikdan tashkil topmagan (ya’ni
haqiqat bir), birlikdagi jamiyat - mukammal jamiyat bo’ladi.
Birlashmagan jamiyat - nomukammal jamiyat bo’lib u 3 turga
bo’linadi: johil, fosiq, shafqatsiz.
To’rtinchi bob mamlakat boshqaruvi va shaharlarning tavsiflari
bilan bog’liq. Tusiy davlatni boshqarishning 2 turini ko’rsatadi:
- mukammal rahbar. Uning maqsadi insonlarning tadrijiy
rivojlanishi natijasida abadiy baxtga erishtirishdir.
- nomukammal rahbar (zo’ravon, yolg’onchi, hiyla-nayrangning
ustasi). Bunday siyosatchining maqsadi insonlarni o’z maqsadi yo’lida
qurbon qilish, baxtsizlikka yetaklash, rahbarlikdan o’z manfaati
yo’lida foydalanish.
Beshinchi
bobda
Tusiy
do’stlarga
nisbatan
do’stlik
munosabatlari va xulq-atvorning mazmuni haqida fikr yuritadi. Olim
yaxshi do’st topishga bor kuchini sarflaydigan va do’stona
munosabatda bo’ladigan kishini komil va baxtli deb hisoblaydi. Tusiy,
do’stlar va dushmanlarning xususiyatlarini inobatga olgan holda
do’stlarini ikki guruhga ajratadi: «haqiqiy» va «soxta do’st».
Oltinchi bobda Tusiy xalqning turli qatlamidagi odamlar bilan
munosabat qoidalarini tasvirlab beradi. Muallif ijtimoiy tuzilmaning
qatlamlari uch turdan ortiq emasligiga ishonadi: shuhrat jihatidan
yuqori tabaqali; shuhrat jihatidan past tabaqali; shuhrat jihatidan teng
tabaqali.
Agar u yuqori tabaqali bo’lsa, u o’z mavqeini saqlab qolishi
kerak, agar u quyi tabaqada bo’lsa, o’zini yuqori darajagacha
1
История этических учений: Учебник / Под ред. А.А. Гусейнова. - М.: Гардарики, 2003.
- 911 с. C-303
97
ko’tarilishga harakat qilishi kerak va agar u teng tabaqada bo’lsa, o’z
o’rnini yuqori tabaqaga ko’tarishga harakat qilishi lozim.
Mutafakkirning yana bir tarbiya masalalarini qamrab olgan asari
«Adab ul-mutaallimin»dir. Asarning birinchi bobini muallif ilmning
ahamiyatiga bag’ishlaydi, ikkinchi bobda ilmni egallash yo’llari va
unga qo’yiladigan talablar, maktab va madrasalardagi qonun-qoidalar
borasida fikr yuritiladi. «Tolib, - deydi, muallif – ilmiy bilimni egallab
uni ertalab, shomda va kechasi bilan takrorlashi, ko’p kitob o’qishi,
eng kerakli joyini xotirasiga saqlab qolishi kerak. Shu yo’l bilan u tez
rivojlanadi, o’sadi. Lekin uni ko’p o’qishga majburlash kerak emas,
bu tolibni holdan toyishga olib keladi».
Tusiy maktab ta’limiga kengroq e’tibor qaratib, o’qituvchi ilmiy
bilimlarni o’quvchilar bilim darajasida mos hajmda oddiydan
murakkabga tomon tashkil qilishini aytib: «O’qituvchi doimo darsni
takrorlab turishi, kitobning murakkab joylarini o’quvchining bilim
darajasiga mos qilib izohlashi lozim. O’quvchiga o’zi tushunmagan
narsalarni majburlab yozdirish, o’quvchining bilim olishga
qiziqishining susayishiga olib keladi», – deb tushuntiradi.
Tusiy o’qituvchining nutq madaniyati va o’qitish qobiliyatiga
to’xtalar ekan: «O’qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda
zaharxandali, qo’pol yoki qattik bo’lishi mumkin emas. Dars paytida
o’qituvchining o’zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin», – deydi.
Asarda ilmning fazilati haqida fikr yuritilib shunday deyiladi:
«Hech kimga sir emaski, Ollohning ne’matlari ichida ilm eng
sharaflisidir. Zero, ilm insoniyatga xosdir. Shuning uchun, ilm –
abadiy saodatga eltuvchi yo’ldir». Bu vositalar o’quvchilarga bilim
berish yo’lidagi o’qituvchining harakatlaridir.
Tusiyning ilmiy pedagogik merosining muhim jihatlari
o’qituvchi shaxsida ilmlilik va olijanoblikni mujassam holda ko’rgani
va ta’lim- tarbiya birligining bola shaxsiga qaratilishi bilan
xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |