Ziyovuddin Naxshabiy.
O’z hayoti va faoliyati bilan nafaqat
hind adabiyoti tarixida, ayni vaqtda jahon mumtoz adabiyoti
sahifalarida ham o’chmas iz qoldirgan buyuk zotlardan biri
Ziyovuddin Naxshabiydir. U XIII asrning to’rtinchi choragida
Naxshab (hozirgi Qarshi) shahrida tug’ilib, o’sha yerda kamol topgan.
Keyinchalik Hindistonning Badoun shahriga kelib yashay boshlagan
1
.
Bu yerda u ilmu irfon tili bo’lgan sanskrit tilini, hind adabiyoti va
falsafasi, tabobat ilmini chuqur o’rganib, asli shaxrisabzlik shoir,
adabiyotshunos, bastakor Amir Xusrav Dehlaviydan tahsil olgan.
Naxshabiy 1350 yilda Badoun shahrida vafot etgan bo’lib, ustozi
Dehlaviy qabri yonida dafn etilgan.
Ziyovuddin Naxshabiyning fors, urdu va hind tillarida yaratgan
adabiy falsafiy hamda tabobat ilmiga tegishli qator asarlarining deyarli
barchasi bizning davrimizga qo’lyozma sifatida yetib kelgan. Ulardan
biri 20 hikoyani o’z ichiga olgan «Gulrez» dostoni bo’lib, mazkur
nasriy asarda turkiy qavmga mansub shahzodaning moviy ko’zli ozar
malikasi – afsoniviy Nuxshobaga bo’lgan muhabbati va uning ruhiy
1
https://ru.wikipedia.org/Нахшаби
153
kechinmalari bayon etilgan. Tibbiyot faniga oid «Juziyoti kulliyot»
(«Tana va uning a’zolari») nomli 40 bobdan iborat asarida muallif
inson tanasi va a’zolari xususiyatlari, odam kasallikka chalinganda uni
qanday davolash usullarini batafsil bayon etilgan. Hozirgi kunda ham
uning ilmiy-adabiy merosi dunyo olimlari tomonidan keng o’rganilib
kelinmoqda.
Naxshabiydan so’fiylik ta’limotiga oid bir qator nodir asarlar
ham meros qolgan. Ularning eng mashhuri fors tilida bitilgan
«To’tinoma»dir. Ushbu asarni adib 1320 yili (XII asr) sanskrit tilida
yaratgan bo’lib, Hindistonda xalq e’tiborini qozongan «Shukasaptati»
(«To’tining yetmish qissasi») nomli hikoyalar to’plamini ilk bor qayta
ishlab, fors tilida ixcham ravishda badiiy asar shakliga keltirgan.
Tabiiyki, Naxshabiy bu asarni g’oyaviy-badiiy jihatdan qayta ishlab,
butunlay mustaqil asar yaratishga muvaffaq bo’lgan.
Chunki, asarda
O’rta Sharq madaniyati hind falsafasi bilan uyg’unlashgan. Butun
musulmon dunyosiga taniqli bo’lgan asar asrlar davomida mazmunan
va usluban soddalashtirilib, zamon ruhiga moslashgan holda qator
qo’shimcha va o’zgartirishlar bilan dunyo xalqlari tillariga qayta va
qayta tarjima qilinib kelingan.
Yana bir manbada Dehli sultoni Allovuddin Muhammad (1296-
1326)ga bag’ishlangan Imod ibn Muhammad an-Naoriy qalamiga
mansub taxminan 1305 yilda fors tilida bitilgan «Javohir al-asmar»
(Suhbatlar javohiri) yoxud unutilgan «To’tining hikoyalari» nomli
asar haqida ma’lumot keltirib o’tiladi
1
. Asar «Shukasaptati»ning ilk
tarjimasi hamda musulmon an’anasidagi ilk tuzilma bo’lib, to’ti
tilidan gapiradigan voqeabandlikka asoslangan. Asarda Qur’onning 49
sura va 174 hadis namunalari keltirilgan. Bundan tashqari asarda hind
xalq og’zaki ijodi hamda 100 ga yaqin Mu’izziy, Anvariy, Haqoniy,
Nizomiy, Jaloliddin Rumiy va Sa’diyning she’rlar hamda hikmatli
so’zlaridan keng foydalanilgan. Asar 52 kecha va 57 hikoyadan
tashkil topgan. Muallifning aytishicha, Sharq xalqlarida 52 yoxud 104
gavhar o’zining sohibiga sog’liq va baxt keltirib, ofatlardan saqlaydi.
Shuni ta’kidlash joizki Muhammad an-Naoriy Amir Xusrav
Dehlaviyning zamondoshi bo’lgan va uning oilasi Dehli sultonligida
1
http://www.rulit.me/tag/antique-east-literature/zhemchuzhiny-besed-download-free-
149307.html
154
davlat xizmatchisi- dabir (yozuvchi, munshiy, kotib, muallim)lar
bo’lgan.
Naxshabiy tomonidan yaratilgan jozibali va to’liq adabiy til
talablarga javob bera oladigan «To’tinoma» tufayli Naoriy tomonidan
yaratilgan «Javohir al-asmar» (Suhbatlar javohiri)ga talab pasayadi va
bora-bora Sharq xalqlari tomonidan unutiladi. Hozirgi kunda bu
asarning birgina nusxasi Tehron kutubxonasida saqlanmoqda.
Aslida «Shukasaptati» («To’tining yetmish hikoyasi») Sharq
xalklari orasida keng tarqalgan axloqiy-estetik mavzudagi asar.
Hindistonda sanskrit tilida xalq og’zaki ijodi asosida yaratilgan
1
.
Ushbu asarning asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Lekin barcha
hind ertaklari singari «Shukasaptati» ertagi ham ko’p marta qayta
ishlangan. Ulardan ayrimlari yetib kelgan. Jumladan, birinchisi,
sanskrit tilida Chintamani Bxatta tomonidan qayta ishlangan to’liqroq
varianti, va ikkinchisi esa, ko’p vaqtlar o’tganidan keyin nazmda
yaratilgan variantining soddaroq tilda nasrda qayta ishlangan
variantidir.
Asarning
qisqacha
mazmuni
quyidagicha:
Savdogar
Madanavinoda safarga yo’lga chiqadi va yosh ayoli Prabxavatini uyda
yolg’iz qoldiradi. Bir necha kundan keyin yorisiz zerikkan ayol
dugonalari maslahati bilan, begona erkak bilan do’stlashishga qaror
qiladi. Ularning uyida bir to’tiqush bor edi. Mana shu to’tiqush ayolni
gunoh yo’ldan to’xtatish maqsadida uni chalg’itib turli hikoyalar
so’zlab beradi. To’ti qiyin ahvolga tushganda nima qilish lozim, bu
holdan qanday qilib chiqish mumkin, axloq-odob yo’lida qanchalik
katta foyda borligi va shu kabi turli tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan
hikoyalarni so’zlab beradi
2
. «Shukasaptati» («To’tining yetmish
qissasi»)da hikoyaning yakunlanishida Prabxavati oilasi va yoriga
sodiq qolib, Madani safardan kelganidan keyin, unga bo’lib o’tgan
voqeani aytib beradi. To’ti uni yaxshi yo’lga chorlagani uchun
minnatdorchilik bildiradi. Natijada Madana va Prabxavati sadoqat va
vafo borasidagi hayot sinovidan o’tib baxtli hayot kechirishadi.
1
Нахшабий, Зиёвуддин. Тўтинома: ривоят. – Тошкент: «Ўзбекистон миллий
энциклопедияси», Давлат илмий нашриёти, 2015. – 184 б
2
Зийа ад-Дин Нахшаби. Книга попугая (Тути-наме). Пер. Е.Э. Бертельса. М.:Наука,
1979. (переизд. 1982);
155
Asarda hikoyalar orasida axloqsizlikni qoralovchi voqealar
mavjud bo’lib, ular orqali ayollar nayranglari fosh qilingan. Jamiyat,
oila mustahkamligini buzuvchi erkaklar tanqid ostiga olingan.
Naxshabiyning Sharq va G’arbda juda mashhur «To’tinoma»si
qoliplash usuli – voqeaband asarlarga xos kompozitsion usulda, ya’ni
rivoyatni hikoya ichida hikoya tarzida berish usulida qurilgan mustaqil
asar hisoblanib, «Shukasaptati»dan uning bosh g’oyasi olingan,
xolos
1
. «To’tinoma»dagi qissa, rivoyat va ulardagi qahramonlar nomi
shaxsan muallif qalamiga mansub bo’lib, adib yuksak mahorat bilan
undagi voqealar silsilasining mantiqiy ifodasi va tasvir uslubining
o’ziga xosligini ta’minladi. «To’tinoma»ni aksariyat hollarda «Ming
bir kecha» asariga ham qiyos qilishadi. Bu bejiz emas albatta, sababi
Naxshabiyning ham «To’tinoma»dagi qissa va rivoyatlarni yaratishda
aynan o’sha davrga tegishli xalq og’zaki ijodi namunalaridan keng
foydalanilgan.
Noma (fors. – xat, maktub) – adabiy janr; o’zbek va fors
mumtoz asarlarida yaratilgan, real yoki xayoliy to’qima shaxsga
asosan she’riy maktub tarzida yozilgan badiiy asar turi hisoblanadi
2
.
«To’tinoma»ga o’xshash didaktik asarlar turli davrda turli xalqlar
tomonidan yaratilgan.
Naxshabiyning «To’tinoma»siga taqlid qilib, asar yozgan
shoirlardan yana biri Mullo Qurbon Xiromiydir. Xiromiy (1796-
1891)ning «To’tinoma» asari hajman eng yirik 12 ming misradan
iboratdir
3
. Asarning bosh g’oyasi – vafo va sadoqat bo’lib, to’tining
barcha hikoya va qissalari shu g’oyani asoslash, isbot lashga
qaratilgan.
Naxshabiyning «To’tinoma»si ilk bor XV asrda temuriyzoda
Mirzo Husayn Boyqaro farmoyishiga muvofiq Abu Said Mirzo
tomonidan fors tilidan turkiy tilga tarjima qilingan. XVI asrda yana bir
temuriyzoda Boburning nabirasi, Hindiston hukmdori shoh Akbarning
1
Sh.Hasanova. “To‘tinoma” tipidagi asarlarning qiyosiy-tipologik va tekstologik tadqiqi”.
“Mumtoz so‘z”, T., 2015. – 14 б.
2
Do'stlaringiz bilan baham: |