Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/59
Sana23.05.2022
Hajmi1,25 Mb.
#607699
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59
Bog'liq
Избуллаева укув кулланма — 2019

naslni saqlab 
qolish
va 
avlodni davom ettirish
. U diyonatli ayolni erining xazinasi, 
ro’zg’orda erining yordamchisi va uning yo’qligida ishlarini 
boshqaruvchisi sifatida ko’rsatadi. Tusiy ayolni boshqarishda uchta 
asosiy usulni taklif qiladi: 
– Erkak kishi qudratli va g’ururli bo’lishi kerak; 
– Erkak kishi ayolga xush muomalada bo’lishi kerak; 
1
 library.ziyonet.uz/ru/book/download/28752


95 
– Erkak kishi ayoliga uy-ro’zg’ordagi sharoitlarni tashkil qilib 
berishi kerak
1

Ikkinchi maqolaning to’rtinchi bobi (ro’zg’orshunoslik fani )da 
Tusiy farzandni tarbiyalash haqidagi fikrlarni ifodalab, bola dunyoga 
kelgandan so’ng unga go’zal ism berilishi kerakligini yozadi. Ushbu 
bob davomida muallif bolani tarbiyalashning turli bosqichlarini bayon 
etib o’tadi. 
Kitobning 7 bobdan iborat oxirgi maqolasida Tusiy «davlatni 
boshqarish» qoidalari haqida gapiradi. 
Birinchi qismda xalqning madaniyatga bo’lgan ehtiyoji, ijtimoiy 
tizim, davlat boshqaruv ilmining mohiyati va ahamiyati tushuntiriladi. 
Tusiy barcha ishlarni shaxs yakka o’zi boshdan kechirishga 
qodir emasligi sababli, o’z avlodining davomiyligini ta’minlash 
maqsadida boshqa odamlarning yordamiga muhtoj ekanligini 
ta’kidlaydi. Shaxsning ijtimoiylashuvi va jamiyat talablari asosida 
shakllanishini siyosat sifatida izohlaydi. 
Olim sevgi va uning shakllari haqida gapirab, jamiyatda insonlar 
orasidagi munosabat va aloqa o’rnatish uchun zarur bo’lgan 
elementlardan biri (vositalaridan biri) sifatida tasvirlaydi va insonlar 
o’rtasidagi 
sevgi
ning yaralishi va birligiga chorlaydi. Tug’ilishdan 
(tabiatan) inson kamolotga erishishga qadar, o’zga shaxslar bilan 
do’stlik munosabatlarini qurishga majbur bo’ladi. Buning uchun 
tabiatan odamlar o’zlarining 
sevgisini
izlaydilar. Muallif odamlarga 
bo’lgan muhabbatni ikki qismga ajratadi: 
- Tabiiy muhabbat (majburiy emas); 
- kuchli muhabbat (irodali sevgi). Kuchli muhabbatning o’zi 4 
turga bo’linadi: tez paydo bo’ladi va tezda yo’qoladi; asta-sekin paydo 
bo’lib, asta-sekin yo’qoladi; asta-sekin paydo bo’ladi, tezda yo’qoladi; 
sekin-asta paydo bo’lib, asta-sekin yo’qoladi. 
Uchinchi maqolot davlat va uning boshqaruvi, davlat 
boshqaruvchisining vazifalari haqida bo’lib
2
, fuqaro va uni ijtimoiy 
himoyalash kabi bir qator dolzarb masalalar borasida fikr yuritilgan. 
Ushbu masalalar bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. 
1
 library.ziyonet.uz/ru/book/download/28752
2
http://www.allbest.ru/Лейла Рагими. Общая характеристика произведения «Ахлаги-
насири» (Насирова этика) хаджи Насреддина Туси.Вестник КазНПУ 2012 Алматы 


96 
Tusiy: «Hokim – tadrijiy mukammallikni boshqaradigan, ilohiy ilhom 
oladigan va qonun chiqaradigandir»,
1
– deb tushuntiradi. 
Tusiy jamiyatning turlari va shaharlarning paydo bo’lishi haqida 
ham gapiradi. Insonning irodasi 2 qismga bo’linadi, ya’ni 
yaxshi
va 
yomon
, xuddi shunday jamiyat ham 2 qismga bo’linadi. Ya’ni, 
yaxshilik uchun yaratilgan jamiyat
va 
yovuzlik bilan paydo bo’lgan 
jamiyat
. Yaxshi maqsadda yaratilgan jamiyat «mukammal jamiyat», 
yomonlik yordamida qurilgan jamiyat «nomukammal» deb ataladi. 
Demak, haqiqat va yaxshilik ko’plikdan tashkil topmagan (ya’ni 
haqiqat bir), birlikdagi jamiyat - mukammal jamiyat bo’ladi. 
Birlashmagan jamiyat - nomukammal jamiyat bo’lib u 3 turga 
bo’linadi: johil, fosiq, shafqatsiz. 
To’rtinchi bob mamlakat boshqaruvi va shaharlarning tavsiflari 
bilan bog’liq. Tusiy davlatni boshqarishning 2 turini ko’rsatadi: 
- mukammal rahbar. Uning maqsadi insonlarning tadrijiy 
rivojlanishi natijasida abadiy baxtga erishtirishdir. 
- nomukammal rahbar (zo’ravon, yolg’onchi, hiyla-nayrangning 
ustasi). Bunday siyosatchining maqsadi insonlarni o’z maqsadi yo’lida 
qurbon qilish, baxtsizlikka yetaklash, rahbarlikdan o’z manfaati 
yo’lida foydalanish. 
Beshinchi 
bobda 
Tusiy 
do’stlarga 
nisbatan 
do’stlik 
munosabatlari va xulq-atvorning mazmuni haqida fikr yuritadi. Olim 
yaxshi do’st topishga bor kuchini sarflaydigan va do’stona 
munosabatda bo’ladigan kishini komil va baxtli deb hisoblaydi. Tusiy, 
do’stlar va dushmanlarning xususiyatlarini inobatga olgan holda 
do’stlarini ikki guruhga ajratadi: «haqiqiy» va «soxta do’st». 
Oltinchi bobda Tusiy xalqning turli qatlamidagi odamlar bilan 
munosabat qoidalarini tasvirlab beradi. Muallif ijtimoiy tuzilmaning 
qatlamlari uch turdan ortiq emasligiga ishonadi: shuhrat jihatidan 
yuqori tabaqali; shuhrat jihatidan past tabaqali; shuhrat jihatidan teng 
tabaqali. 
Agar u yuqori tabaqali bo’lsa, u o’z mavqeini saqlab qolishi 
kerak, agar u quyi tabaqada bo’lsa, o’zini yuqori darajagacha 
1
История этических учений: Учебник / Под ред. А.А. Гусейнова. - М.: Гардарики, 2003. 
- 911 с. C-303 


97 
ko’tarilishga harakat qilishi kerak va agar u teng tabaqada bo’lsa, o’z 
o’rnini yuqori tabaqaga ko’tarishga harakat qilishi lozim. 
Mutafakkirning yana bir tarbiya masalalarini qamrab olgan asari 
«Adab ul-mutaallimin»dir. Asarning birinchi bobini muallif ilmning 
ahamiyatiga bag’ishlaydi, ikkinchi bobda ilmni egallash yo’llari va 
unga qo’yiladigan talablar, maktab va madrasalardagi qonun-qoidalar 
borasida fikr yuritiladi. «Tolib, - deydi, muallif – ilmiy bilimni egallab 
uni ertalab, shomda va kechasi bilan takrorlashi, ko’p kitob o’qishi, 
eng kerakli joyini xotirasiga saqlab qolishi kerak. Shu yo’l bilan u tez 
rivojlanadi, o’sadi. Lekin uni ko’p o’qishga majburlash kerak emas, 
bu tolibni holdan toyishga olib keladi». 
Tusiy maktab ta’limiga kengroq e’tibor qaratib, o’qituvchi ilmiy 
bilimlarni o’quvchilar bilim darajasida mos hajmda oddiydan 
murakkabga tomon tashkil qilishini aytib: «O’qituvchi doimo darsni 
takrorlab turishi, kitobning murakkab joylarini o’quvchining bilim 
darajasiga mos qilib izohlashi lozim. O’quvchiga o’zi tushunmagan 
narsalarni majburlab yozdirish, o’quvchining bilim olishga 
qiziqishining susayishiga olib keladi», – deb tushuntiradi. 
Tusiy o’qituvchining nutq madaniyati va o’qitish qobiliyatiga 
to’xtalar ekan: «O’qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda 
zaharxandali, qo’pol yoki qattik bo’lishi mumkin emas. Dars paytida 
o’qituvchining o’zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin», – deydi. 
Asarda ilmning fazilati haqida fikr yuritilib shunday deyiladi: 
«Hech kimga sir emaski, Ollohning ne’matlari ichida ilm eng 
sharaflisidir. Zero, ilm insoniyatga xosdir. Shuning uchun, ilm – 
abadiy saodatga eltuvchi yo’ldir». Bu vositalar o’quvchilarga bilim 
berish yo’lidagi o’qituvchining harakatlaridir. 
Tusiyning ilmiy pedagogik merosining muhim jihatlari 
o’qituvchi shaxsida ilmlilik va olijanoblikni mujassam holda ko’rgani 
va ta’lim- tarbiya birligining bola shaxsiga qaratilishi bilan 
xarakterlanadi. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish