Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


-jadval.  «Axloqi Nosiriy»ning tuzilishi



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/59
Sana23.05.2022
Hajmi1,25 Mb.
#607699
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59
Bog'liq
Избуллаева укув кулланма — 2019

2-jadval. 
«Axloqi Nosiriy»ning tuzilishi 
birinchi maqola 
ikkinchi maqola 
uchinchi maqola 
Axloqni poklash 
Oila farovonligi 
Davlatni boshqarish 
2 qismdan iborat: 1. 
«Asoslar» 7 bob; 
2. «Maqsadlar» 10 bob- 
dan iborat;
 
5 bobdan iborat; 
 
8 bobdan iborat; 
 
xulqiy 
tarbiya 
va 
axloqiy 
hislatlarni 
egallash haqida so’z 
yuritib, 
axloqning 
asosiy 
tushunchalari: 
donolik, adolat, shijoat 
va 
iffatga 
mufassal 
to’xtaladi, 
axloq 
ilmining 
maqsad 
va 
vazifalarini 
belgilab 
beradi 
oila va oilaviy hayot 
masalalariga 
bag’ishlangan, 
unda 
bolalarni tarbiyalash va 
kamolga 
yetkazish, 
kasb-hunarni 
egallash, 
xulq-odob 
qoidalari, 
nutq 
madaniyati 
va 
boshqalar yoritiladi 
ijtimoiy-siyosiy 
masalalarga 
bag’ishlangan, unda 
shahar, ya’ni davlatda 
yashovchi 
xalqlar, 
davlat boshlig’i va 
fuqarolarning o’zaro 
munosabati, 
jamiyat 
haqida 
fikr-
mulohazalar 
o’rin 
egallagan. 
1
http://www.allbest.ru/Лейла Рагими. Общая характеристика произведения «Ахлаги-
насири» (Насирова этика) хаджи Насреддина Туси.Вестник КазНПУ 2012 Алматы 


90 
Asarning mazmuni bilan tanishar ekanmiz, uning 7 bobi axloq 
bilan bog’langan. Sharqdagi an’analarga muvofiq dunyoni tushunish, 
fanlarning vazifalari va turlari haqida qisqacha to’xtalganligining 
guvohi bo’lamiz. Asarda ta’kidlangan axloq ilmining vazifasi 
dunyodagi barcha narsalarni qanday bo’lsa, shundayligicha tushunish, 
undagi mavjudotlarni qismlarga (analiz qilib) bo’lib ko’rsatishdir. 
Kitobning birinchi bobida muallif har bir fanning o’ziga xos 
xususiyatlari, uslub va asoslari borligini bildiradi. Tusiy fikriga ko’ra, 
«nafs» axloq ilmining mavzusi sanaladi. «Nafs»da me’yorni 
mukammallik darajasi, kuch va qudrat, kamolotga erishishning asosiy 
yo’llaridan iborat deb izohlaydi. 
Kitobning ikkinchi bobida «nafs» va «muloqot» haqidagi 
tushunchalar berilgan. Tusiy fikriga ko’ra, insonning xohish-irodasi 
uning mohiyatida yotadi va tug’ma xulq-atvorning kuchiga ega, ya’ni 
o’zini boshqa hech qanday vositaga muhtoj emas deb hisoblaydi. 
Tanada sodir bo’ladigan o’zgarishlar, barcha choralar va faoliyatlar 
nafs
ta’siri ostida paydo bo’ladi. 
Muallif Ollohni mohiyat, Undan o’zga narsalarni esa tasodif deb 
hisoblaydi. Ya’ni, agar mavjudligi boshqa mustaqil narsaga bog’liq 
bo’lsa, unda bunday narsalar tasodif deb ataladi, agar u mustaqil 
bo’lib, boshqa mustaqil narsaga bog’liq bo’lmasa, u mohiyat deb 
ataladi. Ya’ni nafs tasodif bo’lmasa, u mohiyatdir. 
Olim kitobning uchinchi bobida nafslarni sanab o’tadi. Uni 
boshqa kuchlardan ajratib turadigan uchta turini ajratib ko’rsatadi: 
o’simlik, hayvon va inson nafsi. Ushbu nafslarning har biri alohida 
ravishda bir nechta kuchga ega: tanavvul qilish, rivojlanish, o’sish va 
ko’payish. 
Kitobning to’rtinchi bobida Tusiy, insonni 
oliy mavjudod
, ya’ni 
hamma narsaning eng muhimi ekanligini ko’rsatadi. Keyin jonli 
tabiat, jonivorlar va eng oliy mavjudod inson toifalarigacha nafsning 
o’rnini belgilab beradi. 
Kitobning beshinchi bobi nafsning kamoloti va nuqsonlari 
haqida bo’lib, har birining mavjudligi va o’ziga xos xususiyatlari 
yoritilgan. Nosiriddin Tusiy so’zlariga ko’ra, insonning o’ziga xos 
xususiyatlari bor, ularning mavjudligi tufayli boshqa jonzotlardan farq 
qiladi. Bu xususiyat 
muloqot
ning kuchidir. Nutqning quvvatini 
anglagan kishi yaxshini yomondan ajratadi oladi. Bu kuch orqali 


91 
insonning harakati yaxshi va yomon amallarga bo’linadi va nihoyat, 
bu (yaxshi va yomon) amallar insonni abadiy baxtga (agar yaxshi ish 
bo’lsa) yoki, aksincha (agar bu yomon bo’lsa) baxtsizlikka yetaklaydi. 
Darhaqiqat, inson o’z qudrati bilan baxtli yoki baxtsiz bo’lishi 
mumkin. 
Nafs
ni to’g’ri va munosib shaklda qo’llash, insonni komillik 
darajasiga ko’taradi. 
Kitobning oltinchi bobida Tusiy inson nafsining kamolotini 
tushuntirib, uni takomillashtirishni ilmiy va amaliy kuchga bog’liq 
holda tasniflaydi. Ilmiy va amaliy kuchlar muloqotning tarkibiy 
qismlari sifatida, nazariy bilim ilmiy qudratning kamoloti va amaliy 
bilim amaliy qudratning kamoloti ekanligini ta’kidlaydi. 
Tusiy so’zlariga ko’ra, ilmiy qudrat kamolotga erishish, ilm-
fanni mafkuraga aylantirish, oliy mavjudot darajalariga erishish va 
ularning asl mohiyatini bilishdir. Nihoyat, barcha mavjudotlarning 
mavjudligi manbai bo’lgan mutlaq mohiyatga erishish, tavhid 
(birlik)ning vaqtini tushunishdir. 
Shu nuqtai nazardan Tusiy, nazariy hikmatni uch qismga bo’ladi. 
Birinchisini 
moba’d ul- tabia
(tabiatdan oldingi ilm), ikkinchisini 
ilmu 
riyoziy
 
(matematika ilmi), uchinchisini esa, 
ilmu tabiiy.
Ammo birinchi ilmning usuli ikki fandan iborat bo’lib, birinchisi 
Olloh-u taolo va uning farmoniga binoan vujudga kelgan uchqunlari 
bo’lsa, ikkinchisi mavjudotlar va ularning turlaridir. Mavjudotlar 
birlik

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish