86
5 - MAVZU. XIII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI
YARMIGACHA FAYLASUF OLIMLAR VA ULARNING
KOMIL INSON HAQIDAGI QARASHLARI
Tayanch iboralar:
«Axloqi Nosiriy», «Zubdat ul-haqoyiq»,
«Insoni komil» ta’lim-tarbiya, odob-axloq, ilm-ma’rifat, ma’naviyat,
iymon, e’tiqod, do’stlik, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, komil
inson.
XIII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha tasavvuf allomalari
bilan bir safda faylasuf olimlar va
mutafakkirlar jamiyatning ijtimoiy,
ma’naviy hamda madaniy hayotida ulkan iz qoldirdilar. Ularning
ilmiy merosida insonni tarbiyalash masalalari «axloqi zamima (yomon
xulqlar)»dan «axloqi hamida (yaxshi xulqlar)»ga kelish yo’li
tasvirlangan bo’lib, «axloqi zamima» – hirs, shahvat, johillik, badniyat
vasfi sanaladi. U qalbning kasalligidir. Uni davolash esa - yomon
axloqning zararli oqibatlarini
tushuntirish
orqali amalga oshirish
lozimligi asarda o’z aksini topgan. Axloqi hamida (yaxshi xulqlar)
–
hikmat, adolat, iffat va shijoat yaxshi fe’l-atvorlarning asosidir.
Allomalar bu borada «Qalbni malham bo’lguvchi hikmatlar bilan
tarbiyalash» lozimligini olg’a suradilar hamda asarlarida «vujudi
bashariy»dan, «vujudi ma’naviy»ga erishish – «axloqi zamima»
(yomon xulqlar)dan yomon fe’llarni chiqarib, tozalab «axloqi hamida»
va «axloqi pisandida» (yaxshi va maqtovga sazovor xulqlar)lar bilan
bezash lozimligini ta’kidlaydilar.
Nosiriddin Tusiy.
Abu Ja’far Muhammad Nosiriddin Tusiy
1201 yilning 18 fevralida Xurosonning Tus shahri yaqinidagi Jahrun
qishlog’ida tavallud topdi. Diniy va falsafiy ilmlarni 1216 yildan
Nishopurda, shaharni mo’g’ullar bosib olganidan keyin (1222) esa,
Tusda o’rgangan. 1228-55-yillarda ismoiliy hukmdorlar, jumladan,
Ko’histon hokimi Nosiriddin va uning o’g’li Muyiniddin saroyida
xizmat qilgan. 1255-73 yilllarda mo’g’ul hukmdorlari Xulogu va
Abaqa huzurida mas’ul lavozimlarni egallagan. 1274 yilda Bag’dodda
vafot etgan.
Nosiriddin Tusiy iltimosiga ko’ra astronomik ilmiy-tadqiqotlar
uchun XIII asrda Janubiy Ozarboyjonning poytaxti Marog’a shahrida
87
1259 yili Xuloguxon rasadxona qurdirdi. Maktabning ilmiy rahbari
Nosiriddin Tusiy edi. Xuloguxon ushbu rasadxonadan o’z manfaatini
ham ko’zlagan edi, ya’ni u turli harbiy yurishlar va boshqa ma’muriy
tadbirlarni amalga oshiradigan omadli kunlarni aniqlash va bunday
kunlarni oldindan bildiradigan taqvim jadvali tuzishni olimlardan
talab qilgan edi. Bunday jadvallarni tuzish esa ma’lum astronomik
kuzatishlarni taqozo qilardi. Nosiriddin Tusiyning g’ayrati va shijoati
sabab bo’lib, bu rasadxona XIII asrning yirik ilmiy markaziga aylandi
va tarixda o’chmas iz qoldirdi. O’rta asr tarixchisi Rashididdinning
ma’lum qilishicha, rasadxonaning yuzga yaqin xodimi bo’lgan va
Tusiy Marog’a rasadxonasining asoschisi sifatida shuhrat qozongan.
Sharqning ikkinchi astronomik ilmiy maktabi XV asrda Samarqandda
Mirzo Ulug’bek tomonidan tashkil etilgan. Rasadxonaning qurilishi va
ishga tushirilishida Tusiy rasadxonasining ko’pgina ijobiy
tajribalaridan, jumladan, ilmiy ishlarni rejalashtirishda va olingan
natijalarni taqqoslashda keng foydalanilgan.
Tusiy, minerialogiya, tibbiyot, riyoziyot, falsafa, tabiatshunoslik
va ayniqsa falakiyotga oid asarlar hamda tarjima va sharhlar muallifi.
U ko’pgina yunon olimlarining asarlarini arab tiliga tarjima qilgan.
Uning 150 ga yaqin asarlari va maktublari mavjud bo’lib shulardan 25
tasi fors, qolganlari arab, ayrimlari arab, fors va turkiy tillar birligida
yaratilgan. Uning matematika va astronomiyaga oid «Algebra va al-
muqobaladagi hisoblash masalalari haqida risola», «Astronomiyadan
Nosiriddinning esdaliklari», fizikaga oid «Nurning sinishi va qaytishi
haqidagi risola», «Issiq va sovuq haqidagi risola», boshqa fanlar
sohasida Xuloguxonga bag’ishlangan «Tansiqnomai Elxoniy»
(«Elxon minera-logiyasi»), «Ziji Elxoniy», mantiq bo’yicha yozgan
«Asos al-iqtibos» («Bilim olishning asoslari»), fiqh hamda kalomga
bag’ishlangan «At-Tajrid» («Nutq pokligi») va «Qavoid al-aqoid»
(«Aqidalar asosi») asarlari qimmatli meros hisoblanadi.
Biz buyuk olim va faylasufning qanday darajada pedagogik
g’oyalar targ’ibotchisi ekanligi uning ushbu sohada yaratgan asarlari
va ularning ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati orqali tan olamiz. Olimning
150 dan ortiq asarlari ichida pedagogika sohasiga tegishli g’oyalarini
«Adab ul-muallimin» («O’qituvchi odobi»), «Adab ul-mutaallimin»
(«O’quvchilarning xulq-atvori»), «Axloqi Nosiriy», «Axloqi
Muhtasham», «Ovsaf ul-ashraf» («Azizlarimning mukofoti»), «Usuli
88
omuzish» («O’qitish metodlari») nomli asarlari mazmunida
ifodalaydi
1
.
Sharqda keng tarqalgan «Axloqi Nosiriy» asarining yozilish
tarixi haqidagi ma’lumotga ko’ra Tusiy Ko’histon (arabchasi
Qahaston Eron sharqida) hokimi Nosiriddin Abdurahim ibn Abi
Mansur Muhtasham Ko’histoniy huzuruda xizmatda bo’lgan davrida
bir shohona majlisda ishtirok etadi. Majlisda suhbat komil, hakim va
fozil ustoz Abu Ali Ahmad ibn Muhammad ibn Yoqub ibn Miskavayh
Xozin Roziyning «Kitob ul-tahorat» («Poklik va pokizalik kitobi»)
haqida boradi. Kitob arab tilida yozilganligi sababli majlis
qatnashchilarining ko’pchiligi uning g’oyalarini kengroq yoritish va
mazmunini teranroq anglashga yordam berish uchun, kitobni fors
tiliga tarjima qilish maqsadga muvofiqligi haqida fikr bildirdilar.
Hukmdor Nosiriddin Abdurahim ibn Abi Mansur bu xayrli ishning
bajarilishiga amr etdi. Shuning uchun kitob uning irodasini hisobga
olgan holda «Axloqi Nosiriy» deb ataldi. Agarchi ushbu kitob
amaliy
hikmat
(axloq) nuqtai nazaridan oliy darajada mukammal yozilgan
bo’lsa ham, ammo unda ikki qismning joyi, ya’ni
madaniy hikmat
(ijtimoiy falsafa) va
manziliy hikmat
(uy-ro’zg’or yuritish, oilaviy
iqtisod)
2
kabi qismlari yozilmay qolgan bo’ladi. Bu qismlarni
to’ldirish va yozish maqsadga muvofiq edi. Natijada Abu Ali
Miskavayhning «Kitob ul-tahorat» asarining mazmunini to’liq
saqlagan holda, keyingi davrlarda o’tgan barcha hukamolarning axloq
to’g’risidagi qarashlarini inobatga olib, hamda yozilmagan qismlarni
yoritib, dunyoni anglash, unga munosabat bildirish, fanlar, ularning
turlari hamda vazifalarini yoritib kitob qayta yoziladi. Shu tariqa
«Axloqi Nosiriy» asari vujudga keladi.
Yana bir manbada, «Axloqi Nosiriy» kitobining birinchi asosiy
maqoloti «Tahzib ul-axloq» («Axloqni poklash») aslida Ibn
Miskavayh Roziyning arab tilida yozilgan «Kitob ul-tahorat»
kitobining
erkin
tarjimasidir.
Kitobning
ikkinchi
maqoloti
1
Dr. M.Demirkol. Nasireddin Tusinin bilim ve felsefedeki yeri // Şarkiyat İlmi Dergisi. Sayı:
IV (Kasım, 2010), s.50
2
library.ziyonet.uz/ru/book/download/28752
file:///D:/укув%20кулланма/ibn_sinoning_falsafij_maktabiga_mansub_nasriddin_tusi.pdf
89
G’azzoliyning «Kimyoi saodati»dan ilhomlanib yozilgan
1
, – deb
ta’kidlanadi.
Keyinchalik, Nosiriddin Tusiyning «Axloqi Nosiriy» asari
ta’sirida Husayn Voiz Koshifiyning (1495) «Axloqi Muhsiniy»,
Jaloliddin Davoniyning (1502) «Axloqi Jaloliy», Qinalizoda Ali
Afandining (1572) «Axloqi Ali» asarlari yaratilganligi ma’lum.
«Axloqi Nosiriy» – Tusiyning axloqqa oid asari bo’lib, uning
asosiy mazmuni – «
donishmandlik
» hisoblanadi. Unda axloqiy
muammolar ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Asarni
yozishda muallif Arastu, Aflotun, Ibn Miskavayh, Abu Rayhon
Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Homid al G’azzoliylarning
axloqiy ta’limotlaridan foydalangan. Risola keyingi davrlarda Yaqin
va O’rta Sharq mamlakatlarida keng tarqaldi. U Eron, Ozarbayjon,
Hindiston, arab mamlakatlari, Movarounnahr va Xurosondagi maktab
va madrasalarda asosiy qo’llanma vazifasini o’tagan. Umuman
olganda kitob, uch maqola va natijadan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |