Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


Aziziddin Nasafiyning «Zubdat-ul xaqoyiq» asari xususida



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/59
Sana23.05.2022
Hajmi1,25 Mb.
#607699
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59
Bog'liq
Избуллаева укув кулланма — 2019

Aziziddin Nasafiyning «Zubdat-ul xaqoyiq» asari xususida. 
Aziziddin Nasafiy o’z asarlarida inson barkamolligining bosqichlarini 
tasavvuf, ta’limoti asosida tushuntirib berishga harakat qiladi. Bu 
ta’limotlar tayfuriya, junaydiya, kubraviya, naqshbandiya, yassaviya, 
malomatiya, nuriya, qadariya va boshqa tariqatlar zamirida vujudga 
kelgan. Tasavvuf talablariga ko’ra inson komillik darajasiga 
ko’tarilishi uchun to’rt murakkab bosqich: shariat, tariqat, ma’rifat, 
haqiqat kabilarini bosib o’tishi zarur. Ushbu bosqichlar biri ikkinchisi 
bilan dialektik aloqador, biri ikkinchisiga poydevordir. 
Komillikni orzu qilgan inson avvalo, shariat qonunlariga amal 
qilmog’i, ularni bilmog’i darkor. Shariatda inson harakatlari «halol» 
va «harom»ga bo’lingan va beshta mezon bilan o’lchangan. Bular: 
farz – majburiy amallar, sunnat – majburiy emas, ammo ma’qul 
hisoblangan harakatlar, mubox – bajarish ixtiyoriy bo’lgan urf-odatlar, 
makruh – nomaqbul qiliqlar, harom – ta’qiqlangan xatti-harakatlar. 
1
Тасаввуф/ Н.Комилов; - Т.: “Movarounnahr” – “O’zbekiston”, 2009. – 137 б. 


103 
Ruhiy ma’naviy komillikni orzu qilgan kishi shariat qonunlariga 
amal qilmog’i darkor. Shundagina u tariqatga qadam qo’yadi. Tariqat 
talablariga ko’ra esa inson ustoz saboqlarini olishi shart. Chunki 
ustoz-shogird, ya’ni «pir-murid» chig’irig’idan o’tish komillikni orzu 
qilganlar uchun shart hisoblangan. Komillikka orzumand kishi o’z 
ixtiyorini ustoz qo’liga berib qo’yishi, ustoz uni uzluksiz nazorat 
qilishi zarur. Shuningdek ustoz, ya’ni pir ham shogird mulkiga ko’z 
olaytirmasligi, shariat qonunlariga o’zi qat’iy amal qiladigan, chuqur 
bilimli, axloqiy pok, so’zi va ishi bir, tashkilotchi va tadbirkor
shaxsiy ibrat ko’rsata oluvchi, ishontirish qobiliyati kuchli, saboq 
berishda san’atkor darajasidagi inson bo’lishi kerak. Ustozlar o’z 
murabbiylik mahoratlarini muttasil oshirib bormoqlari darkor… 
Ko’rinib turibdiki, komillikka da’vogar inson bosib o’tishi lozim 
bo’lgan hayot yo’li g’oyatda murakkab va ma’suliyat talab qilgan. 
Ammo kubroviya ta’limotida ular tasavvuf va so’fiylikning nazariy 
asosiga, komillikni targ’ib etuvchi falsafiy dunyoqarashga aylandi, 
tarkidunyochilik va zoxidlik doirasidan chiqib, chinakam inson 
falsafasi tomon burib yuborildi. Boshqacha aytilganda, tasavvufga 
kubroviya inson muammosini olib kirdi. Najmiddin Kubroning o’zi 
esa dinning yulduzi darajasiga ko’tarildi, o’ta noyob xislatlar sohibi 
sifatida dong taratdi, valiylarni tarbiyalovchi «Valiytarosh» nomiga 
muyassar bo’lib, inson miyasidagi fikrlarni uqish darajasiga etgan 
komil inson, ulug’ avliyolardan sanaladi. 
Aziziddin Nasafiy shayx Najmiddin Kubroning izdoshi sifatida 
musulmon dunyosida komil inson tarbiyasini amalga oshirish haqidagi 
g’oyani rivojlantirdi. 
Aziziddin 
Nasafiy 
«Zubdat 
ul-xaqoyiq» 
(«Haqiqatlar 
qaymog’i») asarida ta’kidlashicha, olam ikki qismdan: olami g’ayb 
«yashirin olam» va olami shuhud «ko’rinadigan olam» dan iborat. 
Butun olamning o’zi ulug’ olam «olami kubro» bo’lsa, undagi inson-
kichik olam «olami sug’ro»dir. 
Ulug’ olamning ham, kichik olamning ham asosini yagona 
javohir «javhar» tashkil etadi. Ulug’ olam ham, kichik olam ham 
o’sha yagona urug’dan tarqalgan. Shuning uchun inson olamidagi 
o’zgarishlar ulug’ olamdagi o’zgarishlarga bog’liq bo’ladi. 
Aziziddin Nasafiy ruh ham, jism ham darajalarga egaligi 
borasida «Ruh javhardir, u jismni harakatga keltiradi va 


104 
takomillashtiradi», - deb yozadi. Ruh tabiatiga ko’ra – o’simlik 
darajasida; iroda(harakat)ga ko’ra hayvon darajasida; aqlga muvofiq 
esa inson darajasida zuhur etiladi. Ko’rinadiki, Nasafiy inson aqlini 
uning ruhi bilan barobar narsa, deb biladi, ya’ni ruh inson darajasidagi 
aqldir
1

Aziziddin Nasafiy qarashlarining yana bir tahsinga sazovor 
jihatlari shundaki: faqat ruh takomillashuv xislatiga ega bo’lib 
qolmay, balki ruh va jism birga taraqqiy etadi, mukamallashadi. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish