Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/59
Sana23.05.2022
Hajmi1,25 Mb.
#607699
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59
Bog'liq
Избуллаева укув кулланма — 2019

Aziziddin Nasafiy. 
To’liq nomi – Aziziddin ibn Muhammad an 
- Nasafiy) (1220, Nasaf, Qashqadaryo – 1305, Yazd, Abarko’h) – 
buyuk ensiklopedist olim, tabib, tasavvuf falsafasining yirik vakili. 
Shayx Najmiddin Kubro va Ibn al - Arabiy ta’limotlarini o’zaro 
bog’lagan kubroviya mashoyixlaridan biri. 
Aziziddin Nasafiy dastlab Nasaf, so’ng mo’g’ullar istilosi 
davrida Buxoro madrasalarida ta’lim olgan
1
. Falsafa va tasavvufni 
o’rganish bilan birga tib ilmidan ham yuksak mahoratga ega bo’lgan. 
Bir muddat Buxoro madrasalarida talabalarga tasavvufdan darslar 
o’tgan. Nasafiy 1243-52 - yillarda Xurosonda yetuk oriflardan 
bo’lmish Sa’diddin Hamaviy (Hamuya, 1191-1252) bilan tanishadi va 
uni o’zining piri deb biladi. 1273 - yili Buxorodan Bahrobod 
(Xuroson)ga ketgan, Isfahon va Sheroz safaridan so’ng Yazdning 
Abarko’h shahrini maskan tutgan. Umrining oxirigacha shu yerda 
yashab, shu yerda vafot etgan. 
1
Ҳомиджон Ҳомидий. Тасаввуф алломалари. – Т.: «Шарқ», 2009. – 130 б. 


101 
Nasafiy hamma asarlarini fors tilida yozgan. Nasafiyni komil 
inson tadqiqotchisi desak mubolag’a bo’lmaydi. «Al - inson al – 
komil» («Komil inson») asari olim yozgan risolalarning eng mashhuri 
bo’lib, uni fransiyalik olim Marijan Mole fransuz tiliga tarjima qilgan. 
Kitob bir muqaddima va turli mavzularga bag’ishlangan 22 risoladan 
iborat. 
Undagi 
risolalarning 
ko’pi 
«Manozil 
us-soyirin» 
(«Yo’lovchilar qo’nalg’asi»)ning ba’zi nusxalarida uchraydi. Ushbu 
asar 556 sahifa bo’lib, irfon va hikmatlarga oid nozik tushunchalardan 
bahs yuritadi. Irfon va hikmat masalalari va asosi haqida yana «Bayot 
ut-tanzil» nomli kichik va muxtasar kitobi ham bor. Nasafiyning 
bildirishicha, uning fikr va aqidalari faqat «Maqsad ul-aqso» 
(«So’nggi maqsad») asarida ifodalangan. Asar 8 fasl, 8 bob va 1 
xotimadan iborat. Shuningdek, olimning «Kashf ul – haqoyiq» 
(«Haqiqatlarning yaralishi»), «Zubdat ul – haqoyiq» («Haqiqatlar 
qaymog’i»), «Nuzul va uruj» («Quyilash va ko’tarilishi»), «Mabda’ va 
ma’od» («Chiqish va qaytish»), «Miftoh ul-asror» («Sirlar kaliti»), 
«Nafsi insoniy», «Vahdati vujud» va boshqa kitoblari chet ellarda 
chop etilgan. «Zubdat ul-haqoyiq» asari tasavvufshunos olim, 
professor N.Komilov tarjimasida o’zbek tilida chop etildi. 
Olam va odam birligi ta’limoti Nasafiy asarlarining mohiyatini 
tashkil etadi. Uning ijodi arab, ingliz, nemis, fransuz, turk, hind, rus 
olimlari tomonidan tadqiq etilgan. Qo’lyozma nusxalari Vena, 
Leyden, London, Kalkutta, Dushanbe, Istanbul, Sank-Peterburg, 
Tehron shaharlari kutubxonalarida, O’zbekiston FA Sharqshunoslik 
instituti qo’lyozmalar fondida saqlanadi. 
Aziziddin Nasafiy tasavvuf ta’limotini rivojlantirishga ustozlari 
– shayx Najmiddin Kubro, Sa’diddin Hamaviylarning g’oyalarini 
davom ettirdi. U «Insoni komil» nomli risolasida komil insonga ta’rif 
berib, shunday yozadi: «Bilgilki, komil inson deb shariat va tariqat va 
haqiqatda yetuk bo’lgan odamga aytadilar va agar bu iborani 
tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson 
shunday insondirkim, unda quyidagi to’rt narsa kamolotga yetgan 
bo’lsin: yaxshi so’z, yaxshi fe’l, yaxshi axloq va maorif»
1

1
Комилов Н. Тасаввуф ёки комил инсон ахлоқи. Биринчи китоб. Т.: Ёзувчи, 1996. 147-
бет.


102 
Bu sifatlar bilan ziynatlangan odam yolg’on, riyo va 
badkirdorlikdan chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan yashab, ezgu 
ishlarga tayyor turadi. 
Yaxshi sifatlarni egallab borgan odam komil inson martabasiga 
ko’tarila oladi. Komil inson – insonlarning eng mukammali, eng oqili
va donosi. Komil inson insonlar jamiyati ichidan yetishib chiqadigan 
mo’tabar zotdir. Insonlar komillikka axloqiy-ma’naviy poklanish 
jarayonida erishadilar. 
Aziziddin Nasafiy kamolotning belgisi sifatida ikki narsani asos 
qilib oladi. Birinchisi – hamida (go’zal) axloq bo’lsa, ikkinchisi – o’z-
o’zini tiyish. Shu ikki asosning bor yoki yo’qligiga qarab u odamlarni 
uch qismga ajratadi.
Birinchisi, hamida axloqiy xislatlar bilan bezanmagan va o’z-
o’zini tanimagan odamlar. Ikkinchisi, hamida axloqiy xislatlar bilan 
bezangan, ammo o’z-o’zini anglamagan odamlar. Uchinchisi, hamida 
axloqiy sifatlar bilan bezangan va o’z-o’zini tanigan, anglagan 
odamlar. Olimning nazarida uchinchi toifa odamlar komil insonlardir: 
«Binobarin, insonning kamolotga erishishi hamida axloqqa ega bo’lish 
va o’z-o’zini tanish bilan amalga oshadi»
1


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish