Nazorat topshiriqlari:
1.
Sharq mutafakkirlari va ularning pedagogik fikr taraqqiyotiga
qo’shgan hissasi.
2.
Nosiriddin Tusiy va uning ilmiy-ma’rifiy merosi.
3.
Nosiriddin Tusiyning «Axloqi Nosiriy» asarining Sharq
xalqlari ma’naviy merosimizdagi o’rni.
4.
Aziziddin Nasafiyning ilmiy merosi.
5.
Aziziddin Nasafiyning «Zubdat ul-haqoyiq» va «Insoni
komil» asarida inson barkamolligi borasida.
119
6 – MAVZU. XIII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI
YARMIGACHA SHARQ MUTAFAKKIRLARI VA
ULARNING PEDAGOGIK QARASHLARI
Tayanch iboralar:
ma’naviy meros «Guliston», «Bo’ston»,
«Masnaviyi ma’naviy», «To’tinoma» ta’lim-tarbiya, obdob-axloq,
ilm-ma’rifat, ma’naviyat, iymon, e’tiqod, do’stlik, mehr-muhabbat,
mehnatsevarlik, komil inson.
Muslihiddin Sa’diy Sheroziy -
Sharqu G’arbda Sa’diy nomi
bilan shuhrat qozongan Sa’diy Sheroziy (asl ism-sharifi Muslihiddin
Abu Muhammad Abdulloh ibn Mushrifiddin) 1184 yili ayrim
manbalarga ko’ra 1210 yili Sherozda davlat xizmatchisi oilasida
dunyoga keladi. Forsigo’y shoir, adib va mutafakkir Sharq xalqlari
orasida Shayx Sa’diy nomi bilan mashhur. Sa’diy mo’g’ul
bosqinchilari O’rta Osiyo va Eronda hukmronlik qilayotgan, xalq
ularning zulmiga qarshi kurashga otlangan davrda yashadi, ijod qildi.
Sa’diy ozodlik uchun olib borilgan kurashda xalqning g’alaba
kilishiga ishondi, uni o’z asarlarida aks ettirdi.
Otasi Sheroz otabegi Sa’d binni Zanjiyning mulozimlaridan
bo’lgan. Otadan yosh yetim qolgan Sa’diy boshlang’ich ma’lumotni
tug’ilgan shahri Sherozda olgach, tahsilni xalifalikning poytaxti, ilm
va madaniyat markazi bo’lgan Bag’dodda davom ettirgan. 1226 yili
«Nizomiya» va «Mustansiriya» madrasalarida diniy, filologik, tabiiy
va aniq fanlarni o’rgangan. O’z davrining dongdor mutasavvifi va
faylasufi Shahobiddin Suhravardiy (1145-1234) hamda yirik
ilohiyotshunos Abdulfaraj Abdurahmon ibn Jazviy (1186-1257)
qo’lida tahsil olgan.
Madrasani tugatgan Sa’diy Sharq mamlakatlari bo’ylab 30 yillik
ilm o’rganish, 30 yillik sayohati davomida, Kichik Osiyo, Misr,
Xuroson, Sharqiy Turkiston, Hindiston kabi mamlakatlarni ba’zan
ulovda, ba’zan piyoda kezib chiqqan. Qiyinchiliklar bilan kechgan bu
sayohatlarida Sa’diy hayot ilmini chuqur o’rganib, inson fe’lini butun
murakkabligi bilan anglab, o’z davrining ko’pni ko’rgan donishmand
faylasufi bo’lib etishgan. XIII asr o’rtalarida Sherozga qaytib kelgan
Sa’diy dunyo tashvishlaridan o’zini chetga olib, shahar chekkasidagi
120
shayx Abu Abdulloh Hafif xonaqosida faqirona hayot kechirgan.
Sa’diy 1292 yili Sherozga vafot etadi.
Fors-tojik adabiyotida Sa’diy maqomi juda yuksak. Xususan,
Damashqda «Bo’ston» («Sa’diynoma», 1257) va Sherozda «Guliston»
(1258) asarlarini yozgan va sherozlik hukmdor Abubakr ibn Sa’d
(1226-1260)ga taqdim qilgan. Sa’diy g’azallari 4 devondan iborat
bo’lib, ular «Tayyibot» («Latif g’azallar»), «Badoe’ («Yangi
g’azallar»), «Xavotim» («Xotima g’azallar») va «G’azaliyoti qadim»
(«Eski g’azallar»)dan iborat. Shoirning «Sohibiya» asari, arabcha va
forscha qasidalari, qit’a, ruboiy va fardlari ham mashhur. Uning
asarlari o’sha davrda yaratilgan ikki «Kulliyot»i orqali saqlangan. Biri
shoir vafotidan 37 yil o’tgach Ali binni Ahmad binni Abubakr
Beustun tomonidan tuzilgan «Kulliyot» bo’lib, 19 bo’limdan iborat.
Kitob debochasida to’plovchi «Kulliyot» ustida 7 yil ishlaganligini,
ko’pchilikning maslahati va yordami bilan bu ishni amalga oshirganini
yozadi. Ikkinchi «Kulliyot» XIII asrga oid bo’lib, kim tomonidan
to’planganligi yozilmagan. Shu ikki manba asosida Eron olimi
Muhammadali Furo’g’iy Sa’diy «Kulliyot»ini nashr ettirgan (1941).
«Kulliyot»ga, diniy-falsafiy, nasriy asarlardan tashqari, «Guliston»,
«Bo’ston», «Arab qasidalari», «Fors qasidalari», «Tarjibband»,
shuningdek, to’rt devoni kiritilgan. Asar 18 bo’limdan iborat bo’lib,
10 dan ortiq janrdagi asarlarni o’z ichiga oladi.
Bir umr xalq ichida yashagani, hayotning butun achchiq-
chuchugini totgani uchun ham Shayx Sa’diy asarlari boshqa Sharq
shoirlaridan hayratlanarli darajada hayotiyligi bilan alohida ajralib
turadi. «Bo’ston» va «Guliston» hayotiy hikoyatlardan tashkil topgani,
donishmand shoirning bu hikoyatlar so’ngida qissadan hissa tarzida
keltirgan she’rlari real turmushdan chiqarilgan xulosalar ekanligi bilan
jahon ilmu adab ahlini birday o’ziga tortib kelmoqda. BMTning
Tinchlik Kengashi binosi peshtoqiga «Guliston»dan olingan quyidagi
misralar bitilgan: «Odam bolalari ibtidoda bir gavhardan bino
bo’lganlari tufayli yaxlit bir vujud kabidirlar. Binobarin, zamon uning
bir a’zosiga jarohat yetkazsa, boshqa a’zolari ham o’z tinchini
yo’qotadi».
Shayx Sa’diy ijodi o’zidan keyingi Sharq adabiyotiga kuchli
ta’sir ko’rsatganligi bilan ham ahamiyatlidir. Shoir asarlari qadimdan
o’zbek xalqi orasida ham mashhur. Ayniqsa «Bo’ston» va «Guliston»
121
asarlari o’tmishda O’rta Osiyo maktab, madrasalarida asosiy darsliklar
qatorida o’qitilib kelingan. Navoiy «Devoni Foniy»da Sa’diy
g’azaliga 22 ta tatabbu’ bag’ishlagan. Jomiyning «Bahoriston»,
«Silsilatuz-zahab»i, Majiddin Xofiyning «Xoriston»i, Habib
Qooniyning «Parishon»i, Navoiyning «Hayratul-abror», «Mahbub ul-
qulub»i, Ibn Kamolposhshoning «Nigoriston»i, Avloniyning «Turkiy
guliston» asarlari bevosita Sa’diy ijodi ta’sirida yaratilgan.
Sa’diy Sheroziy «Bo’ston» va «Guliston»da o’z davridagi eng
muhim va katta-katta siyosiy, iqtisodiy voqealarni aks ettirar, axloqiy
normalarni talqin etar ekan, o’sha davr kishilarining xilma-xil
obrazlarini yaratganki, bu obrazlarning umumlashtiruvchi kuchi ham,
ta’sir doirasi ham shoirning o’z yurti va davri chegarasidan chiqib
ketadi. Uning ilg’or orzulari umumbashariyat orzulari bilan
hamohang. Shuning uchun ham bu asar jahon adabiyoti durdonalari
qatoridan joy olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |