Dorivor preparatlari. Damlama. Mahsulot achchiq nastoyka va ishtaha ochuvchi, o’t haydovchi hamda tinchlantiruvchi choy-yig’malar tarkibiga kiradi.
Qoqi ildizi - radices taraxaci
O’simlikning nomi. Dorivor qoqi (gulqoqi, momaqaymoq) - Taraxacum officinale Web.; astradoshlar - Asteraceae (mu-rakkabguldoshlar - Compositae) oilasiga kiradi.
K o’p yillik, sut-shirali o’t o’simlik. Ildizi kam shoxlangan o’qildiz. Bargining hammasi ildizoldi to’pbargdan tashkil topgan. Bargi oddiy, barg plastinkasi lansetsimon, patsimon kesik bo’lib, asos qismiga tomon torayib boradi. Barg bo’laklarining uchi barg asosiga qarab yo’nalgan. Gul o’qi tuqsiz, ichi kovak, silindrsimon, uzunligi 15—30 sm. Gullari savatchaga to’plangan. Savatchaning o’rama barglari ikki qator joylashgan, gullarining hammasi tilsimon. Gultojisi 5 tishli, tillarangli, otaligi 5 ta, onalik tuguni bir xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi — uchmali pista.
May-iyul oylaridan tortib to sovuq tushgunga qadar gullaydi.
Geografik tarqalishi. Arktika va cho’l tumanlardan tashqari hamma yerda uchraydi. Asosan, u o’rmon, o’rmon-cho’l va cho’l hududlaridagi (cho’lni shimoliy tumanlarida) o’tloqlar, ko’cha-larda, hovli, bog’, parklar, ekinzor va boshqa yerlarda o’sadi. Mahsulot Ukraina, Belorus Respublikalari, Voronej, Kursk, Kuy-bishev viloyatlari va Boshqirdistonda tayyorlanadi.
Mahsulot tayyorlash. O’simlikning ildizi kech kuzda kovlab olinadi, so’ngra suv bilan yuvib, mayda ildizchalardan va ildiz bo’g’izidan tozalanadi. Tozalangan ildizdan sut-shira chiqishi to’xtagunga qadar ildiz havoda so’litiladi. So’ngra bir qavat qilib yoyib quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Tayyor mahsulot ildizdan tashkil topgan. Ildizi o’q ildiz, shoxlanmagan yoki kam shoxlangan, ildiz uzunasiga burishgan, mo’rt, yoshlarining ustki tomoni qo’ng’ir, qarilariniki esa to’q qo’ng’irrangli bo’lib, uzunligi 10— 15 sm, yo’g’onligi 0,3—1,5 sm. Ildizi hidsiz, achchiq mazasi bor.
Kimyoviy tarkibi. lldizi tarkibida taraksatsin va taraksatserm achchiq glikozidlari, triterpen birikmalari, 24% gacha inulin, kauchuk, yog’ va boshqa moddalar bo’ladi. Gul to’plami va bargi tarkibida karotinoidlar, triterpen, spirtlar hamda vitamin B.
Mahsulot tarkibida inulin borligi Molish reaksiyasi yordamida quyidagicha aniqlanadi: ildizdan kesib olingan bo’lakchaga a-naftolning spirtdagi 20% li eritmasidan 2—3 tomchi va konsentrlangan sulfat kislotadan 1—2 tomchi tomizilsa, ildiz bo’lakchasi (inulin) binafsharangga bo’yaladi. Agar a - naftol o’rnida rezorsin yoki timolning spirtdagi 10% li eritmasi ishlatilsa, ildiz bo’lakchasi qizil rangga bo’yaladi.
Ishlatilishi. Qoqi o’simligining dorivor preparatlari achchiq modda sifatida ishtaha ochish, ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilashda hamda o’t haydovchi dori sifatida, quyuq ekstrakti esa hab dori tayyorlashda qo’llaniladi.
Dorivor preparatlari. Qaynatma, ildizning quyuq ekstrakti. Qoqining qirqilgan ildizi ishtaha ochuvchi, o’t haydovchi va me’da kasalligida ishlatiladigan choy-yig’malar tarkibiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |