Geografik tarqalishi. Erkak paporotnik barcha salqin o’rmon-larda, butalar orasida, nam joyiarda, Kavkazning tog’li o’rmon-larida, O’rta Osiyoning tog’li tumanlarida, nam va salqin yerlarida uchraydi.
Mahsulot, asosan, Moskva, Vladimir, Yaroslav viloyatlarida va Boshqirdistonda tayyorlanadi.
Mahsulot tayyorlash. O’simlik ildizpoyasini kuzda kovlab olib, ildizlardan, ildizpoyaning qurib qolgan qismidan (orqa qismi) va bargbandlaridan tozalanadi. Yo’g’on ildizpoyalarini ko’ndalangiga kesib, bargbandlarining yo’g’onlashgan qismini esa ildizpoyadan ajratib (tez qurishi uchun) bir necha kun usti berk yerda yoki quritgichlarda 40° da quritiladi. Bargbandining yo’g’onlashgan qismi alohida quritilib, qayta aralashtiriladi. Ko’pincha ildizpoya ekstrakt tayyorlash uchun zavodlarga ho’lligicha yuboriladi.
Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Tayyor mahsulot silindrsimon, 5—20 sm uzunlikdagi va 2—3 sm (bargining asos qismi bilan 5—7 sm) yo’g’onlikdagi ildizpoyadan iborat. Ildizpoyaning uchiga joylashgan cherepitsasimon barg o’rni yaqqol ko’rinib turadi. Ildizpoya va bargbandining yo’g’onlashgan qismi qo’ng’irrangli tangachalar bilan qoplangan. Bargbandlarining yo’g’onlashgan asos qismi uzunligi 3—6 sm, yo’g’onligi esa 6—11 mm. Ildizpoya va bargbandi qoldiqlarining tashqi tomoni to’q-qo’ng’ir, ichi och yashil bo’ladi. Ko’p turib, buzilib qolgan mahsulotning ichi qo’ng’irrangga aylanadi. Sunday mahsulotni ishlatib bo’lmaydi. Shuning uchun mahsulot ko’p saqlanmaydi va uning zaxirasi har yili yangilab turiladi. Ildizpoyaning kuchsiz hidi bor. U oldin shirinburishtiruvchi, so’ngra o’tkir qo’lansa maza beradi.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 3-4% xom filitsin bor.
XI DF ga ko’ra, mahsulotda xom filitsin miqdori 1,8% dan kam bo’lmasligi kerak. Xom filitsindan floroglutsinning hosilalari (floroglutsidlar) bo’lmish sof holdagi kristall modda - filiks kislota (sof filitsin), flavaspidinva albaspidin birikmalari ajratib olingan.
Mahsulot tarkibida 3,5% gacha sof holdagi filiks kislota, 2,5% flavaspid kislota va 0,05% gacha albaspidin bo’Iishi mumkin. Bulardan tashqari, efir moyi, flavonoidlar, 6% gacha yog’, kraxmal, 8% gacha oshlovchi va achchiq moddalar bo’ladi.
Ishlatilishi. Erkak paporotnik o’simligining preparatlari organizmdagi lentasimon gijjalarni haydaydi. U preparatni iste’mol qilgandan so’ng bir yarim-ikki soat o’tgach ich suradigan tuz ichiladi. Surgi sifatida kanakunjut moyini hamda yog’ va yog’liq ovqatlar iste’mol qilmaslik kerak, aks holda dorivor. preparatning zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalari yog’da erib, tanaga shimilib ketadi va odamni zaharlaydi.
Dorivor preparatlari. Quyuq ekstrakt - efirda tayyorlanadi, jelatin kapsulasida iste’mol qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |