Glikozidlar


Sxizandra mevasi va urug’i - fructus et semina schizandrae



Download 1,05 Mb.
bet37/58
Sana26.06.2022
Hajmi1,05 Mb.
#707436
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58
Bog'liq
Glikozidlar

Sxizandra mevasi va urug’i - fructus et semina schizandrae
X itoy sxizandrasi (limonnigi)- Schizandra chinensis (Turcz.) Baill.; magnoliyadoshlar - Magnoliaceae oilasiga kiradi Poyasining uzunligi 10-15 m va yo’g’onligi 1-1,5 (ba’zan 2,2) sm ga yetadigan ikki uyli liana o’simlikdir. Bargi och yashil rangli, ellipssimon yoki teskari tuxumsimon, o’tkir uchli, mayda so’rg’ichsimon-tishsimon qirrali bo’lib, poyada qizil rangli bandi bilan ketma-ket o’rnashgan. Gullari barg qo’ltig’idan yakka yoki to’p bo’lib o’sib chiqqan. Guli oq rangli, xushbo’y hidli. Gulqo’rg’oni oddiy, 6-9 ta tojbargdan iborat, otalik gullarida 5 (ba’zan 4-7) ta otaliklari, onalik gullarida esa ko’p sonli onaliklari bo’ladi. Meva pishganida gul o’rni 20—50 marta cho’zilib ketadi. Har qaysi onalikdan bir-ikki urug’li, qizil rangli ho’1 meva hosil bo’ladi. Shuning uchun bitta guldan hosil bo’lgan mevalar shingilga o’xshab to’p bo’lib osilib turadi. Urug’i sariq rangli, buyrak shaklida.
O’simlik poyasi va bargi limon hidiga ega. Iyun oyining o’rtalarida gullaydi, mevasi sentabr-oktabrda pishadi.
Geografik tarqalishi. Keng bargli o’rmonlarda, suv bo’ylarida, salqin qiyalarda va jarliklarda dengiz sathidan 200—700 m (ko’proq 200—500 m) balandlikda o’sadi. Asosan, Primorsk o’lkasida, Xabarovsk o’lkasining janubiy qismida, Amur viloyatida, kamroq Janubiy Saxalinda, Kuril orollarida uchraydi.
Mahsulot tayyorlash. Pishib yetilgan mevani savatga terib olib, ho’lligicha qabul qilish punktlariga yuboriladi. U yerda meva soya yoki quyosh tushadigan yerga yupqa qilib yoyib qo’yib, 2-3 kun so’litiladi va so’ngra quritgichlarda 40-55°C da 6-8 soat davomida quritiladi. Urug’i esa ho’l mevadan shirasini siqib, so’ngra tozalab olinadi. Meva shirasi siqib olingandan so’ng ustiga yopishib qolgan meva po’sti suv bilan yuvib ajratiladi yoki namlab bochkalarga solib 3-5 kun issiq joyga qo’yib fermentatsiya qilinadi. Natijada urug’ ustidagi meva qoldiqlari achiydi, so’ngra g’alvir ustida suv bilan yuvib urug’lar ajratib olinadi. Urug’ oldin ochiq havoda, so’ngra issiq xonada 50°C da quritiladi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish