Borntreger reaksiyasi: (HDF bo’yicha). Yirik poroshok holidagi mahsulotdan 0,5 g olib probirkaga solinadi, ustiga natriy gidroksidning spirtdagi 10% li eritmasidan 10 ml qo’shib bir necha minut qizdiriladi. Natijada to’q-qizil rangli antroxinolyatlar eritmasi hosil bo’ladi, fil’trlab, sovutib kislotali sharoit hosil qilinadi (xlorid kislota qo’shib). So’ngra aralashmaga 10 ml efir qo’shib bir necha marta chayqatiladi va efirli qavati ajratib olinadi (ajratgich voronkada). Ajratib olingan efirli eritmaning 5 ml ammiak eritmasi solib chayqatilsa, ammiak qavati, ya`ni pastki qismi (probirkali) qizil rangga kiradi.
Mikrosublimatsiya reaksiyasi: Ikkita buyum oynachasining bir tomoniga yarimta probka quyilsa, buyum oynalari orasida bo’shliq hosil bo’ladi. Ana shu bo’shliqqa mahsulotning yirik poroshogi sepilib keyin qizdirilsa antratsen unumlari bug’lanib uchadi va yuqoridagi buyum oynachasiga sariq dog’ shaklida antratsen unumlarining kristallari o’tiradi.
Agar shu sariq dog’ga ishqor tomizilsa, u qizil rangga bo’yaladi.
Magniy atsetat bilan reaksiya (polioksiantroxinonlarga reaksiya)
Antratsen unumlari eritmasiga magniy atsetatning metil spirtidagi 1% eritmasidan solinsa;
OH - guruhlar orta - holida bo’lsa qizil rang.
OH - guruhlar “meta” - holida bo’lsa zarg’aldoq rang.
OH - guruhlar "orto", “para” - holida bo’lsa binafyua yoki ko’kbinafsha rang hosil bo’ladi.
Mahsulot tarkibidagi antratsen unumlari miqdorini aniqlash.
Poroshok holidagi mahsulotdan (0,05-0,1) aniq tortib olib 100 ml li kolbaga solib konts. sirka kislotasidan 7,5 ml solib 15 min sovutgich ulab qizdiriladi. Keyin 30 ml efir solib suv hammomida yana 15 min qaynatiladi, keyin ajratgich voronkada filtrlab olinadi. Paxta, mahsulot bir necha marta efir solib qayta qaynatiladi va yana ajratgich voronkadagi efirli eritma ustiga filtrlab qo’shiladi. Kolbadagi mahsulot, paxta ikki marta efir bilan chayqab, voronkaga qo’yiladi.
Keyin voronkaga 2% li ammiak saqlagan 5% li ishqor eritmasidan 100 ml ni asta sekin bir necha marotaba solib chayqatiladi va pastki qizil rangli ishqoriy qismini 250 ml li o’lchov kolbasiga ajratiladi. SHu holni bir necha marotaba qaytariladi, toki oxirgi marotaba ishqor qo’shilganda ajratgich kolbadagi efirga qizil rang hosil bo’lguncha. Keyin o’lchov kolbadagi suyuqlikni ishqor bilan 250 ml belgigacha to’ldiriladi va aralashtirib 25 ml eritmani boshqa kolbaga solib suv hammomida 15 min qizdiriladi. Suyuqlik sovutilgandan keyin rangning darajasini FEK-M fotoelektrokolorimetrda yashil svetofiltr yordamida 1sm li kyuvetada o’lchanadi.
Analizga olingan suyuqlik tarkibidagi antratsen unumlarini miligram miqdori kobol’t xlorid (SoS12*6N2O) ning 0,2 - 0,3% li eritmasi yordamida tuzilgan grafik bo’yicha topiladi. Mahsulot tarkibidagi antratsen unumlarining % miqdori (x) quyidagi formula bo’yicha topiladi.
;
C - 100ml ammiak-ishqor eritmasi tarkibidagi grafik yoradamida topilgan antratsen unumlarining milligram miqdori (kontsentratsiyasi).
V - Ishqoriy ajratmaning hajmi (boshlang’ich), ml. Q - Analizga olingan mahsulotning gramm miqdori.
h - Mahsulotning namligi, %
R - Qizdirilgandan so’ng suyultirilgan koeffitsienti.
Do'stlaringiz bilan baham: |