Gistologiya, stitologiya va


Turli organizmlar hujayralari tuziiishi bo‘yicha prin-



Download 12,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/297
Sana14.04.2022
Hajmi12,68 Mb.
#551898
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   297
Bog'liq
Gistologiya Sitologiya embriologiya

2. Turli organizmlar hujayralari tuziiishi bo‘yicha prin-
sipial o ‘xshashlikka ega. 
Hujayralar eng turli shakllarga va katta- 
likga ega bo‘lishi mumkin. Biroq, o ‘simliklar yoki hayvonlar turli 
organlar hujayralarini o ‘rganganda ularning tuziiishi bo‘yicha 
umumiy bir qonuniyat mavjudligi diqqatni jalb etadi. Haqiqatan 
ham, barcha hujayralar uch asosiy qismlarga ega: hujayrani tashqi 
muhitdan ajratib turuvchi qobig‘i (plazmatik membrana, plaz- 
molemma); o ‘zida xromosomalar tarkibida asosiy irsiy material 
(DNK.) saqlovchi yadro; sitozol, organellalar va kiritmalar 
tutuvchi sitoplazma. Hujayralar tuzilishidagi bu o ‘xshashlik tirik 
tizimning o ‘z ehtiyoji uchun zarur boMgan vazifalarning umu- 
miyligi (nuklein kislotalar va oqsillar sintezi, hujayra bioener- 
getikasi va boshqalar) bilan belgilanadi. Bir hujayradan (zigo- 
tadan) ko‘p hujayrali organizm hosil boMish jarayonida hujayralar 
maxsus oqsillar sintezlaydi, o ‘z shaklini va kattaligini o ‘zgartiradi, 
va shu bilan muayyan vazifalarni bajarishga ixtisoslashadi. Bu 
jarayon hujayra differensiatsiyasi (differentiation - o ‘zgarish, 
farqlanish) deb ataladi. Masalan, mioblastlar cho‘zilib, duksimon 
shaklga keladi, miofibrillalar oqsillarini(aktin, miozin) ishlab 
chiqarib, to'playdi. Aktin va miozin iplari boshqa hujayralarda
28


ham bor, ammo faqatgina mushak hujayralari bu oqsillardan 
kimyoviy energiyani qisqarish kuchiga aylantirishga ixtisoslash- 
tirilgan bo‘ladi. X u d d i sh u n in g d e k b irik tiru v c h i t o ‘qim adagi 
fib ro b la stla r hujayralararo moddani sintezlash va sekret qilishga, 
nerv hujayralari fizik va kimyoviy signallami harakat potensialiga 
aylantirishga, buyrak usti bezi, tuxumdon, urug‘donning b a’zi 
hujayralari steroidlar gormonlar sintezi va sekretsiyasiga, hazm 
sistemasi bez hujayralari fermentlar ishlab chiqarishga, ichak va 
buyrak hujayralari moddalarni so‘rishga ixtisoslashadi va hokazo. 
Tuziiishi va funksiyasi jihatdan turlicha bo‘lgan hujayralar hosil 
bo‘lishinig molekulyar-genetik mexanizmlari hali oxirigacha 
o ‘rganilmagan. Shu narsa ayonki, differensiatsiya turli hujayra- 
larda har xil genlaming ketma-ketlikda va tanlab aktivlashuvi 
natijasidir. Shubhasiz, bu jarayonda signal molekulari va retsep- 
torlar yordamida amalga oshiriladigan hujayralararo o ‘zaro 
ta ’sirlar muhim o ‘rin tutadi. Bulaming bari maxsus tuzilmalar va 
maxsus (spetsifik) xususiyatlarga ega bo‘lgan hujayralar paydo 
bo‘lishiga olib keladi. Differensiatsiya jarayonida maxsus hujay- 
ralaming bir yoki bir necha vazifalarni bajarish imkoniyatlari 
oshadi. Organizm tashqi muhit ta ’sirlariga sezuvchan bo‘lib, 
normal va patologik holatlarda bir hujayra shart-sharoitlariga 
ko‘ra o ‘zini turlicha namoyon qilishi mumkin. Tuziiishi bo‘yicha 
o ‘xshash hujayralar ta ’sirga bir xilda sezgir bo‘lmaydi, chunki 
ularning yuzasida joylashgan gormon va hujayradan tashqari 
matriks signallarini qabul qiluvchi retseptorlar turlicha b o ‘ladi. 
Masalan, sut bezidagi fibroblastlar va bachadonning silliq 
mushaklari jinsiy gormonlarga nisbatan yuqori sezgirlikka ega 
bo‘lib, ular ta ’sirida kuchli javob reaksiyasini beradi. Shu bilan 
birga boshqa a ’zodagi fibroblastlar va silliq mushak hujayralari 
jinsiy gormonlarga sezgir bo'lm aydi va gormonlar ta'siriga javob 
bermaydi.
Shunday qilib, turli organizmdagi hujayralarning tuzilishidagi 
o ‘xshashlik bu hujayraning hayoti va k o ‘payishi uchun lozim 
bo‘lgan vazifalarning umumiyligi bilan belgilanadi. Turli xil 
tuzilishga ega bo‘lgan hujayralarning kelib chiqishi ularning 
differentsiatsiyasi va funksional ixtisoslashishining natijasidir.
29



Download 12,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish