Gimnastika (yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari)


Nafas olish tizimini mustahkamlash



Download 9,51 Mb.
bet72/511
Sana17.09.2021
Hajmi9,51 Mb.
#177338
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   511
Bog'liq
4gimnastikapdf

Nafas olish tizimini mustahkamlash
0 ‘pka orqali kislorod qonga kiradi va uglevod, yog‘, oqsil bilan qo‘shiladi. Natijada, energiya (quwat) ajraladi, u tufayli biz hayotmiz, fikrlaymiz, harakatlanamiz. Nafas olish va chiqarish o‘pka mushaklari bilan amalga oshiriladi. Ular qanchalik yaxshi rivojlangan bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Ularni nafasli mashqlar bilan mustahkamlash mumkin. Eng samaralisi chuqur, kam zo‘riqmasdan nafas olish hisoblanadi. Bunda havo alviolagacha boradi, o‘pka to‘qimalarida havo yaxshi almashadi. Nafas olish mushaklari tejamli ishlaydi, ularning ishchanligi tiklanishga ulguradi. 0 ‘pka havo almashinish kuchlanishi (chuqur tezlanib nafas olishda) organizmdan karbonat angidrid gazini haddan tashqari chiqarishga olib boradi.
Bu qondagi ishqorli kislota muvozanatini buzadi. Tomirlarning qisqarishiga olib kelib, miyaning qon bilan ta’minlanishini. shuningdek, organizmning hamma to‘qimalarini yomonlashtiradi. Tinch holatda va kichik yuklamada burundan nafas olish me’yor hisoblanadi, bunda havo issiqlanadi mikroblardan, changdan tozalanadi. Bundan tashqari, burun bo‘shlig‘ida nerv tugunlari

qo‘zg‘aladi, nafas olish apparati nafas olishga sozlanadi (burun, o‘pka refleksi) bosh miya qobig‘i tonusi ko‘tariladi, bu uning rivojlanishiga olib boradi. Jismoniy yuklamada o‘pkada havo almashinuvi kuchayib, burun yo‘llari orqali o‘tishi kamlik qiladi.

Bu hodisalarda nafas olish burundan amalga oshiriladi. Nafas chiqarish esa bumndan va og‘izdan yoki nafas olib chiqarish bir vaqtning o‘zida burundan va og‘izdan boiadi.
0 ‘rtacha jismoniy yuklamada nafas olishga eng yoqimli anatomik sharoitlar tana mushaklari zo‘riqmaganda, ko‘krak qafasi rostlanganda, oyoqlar uzatilganda, yelkalarni orqaga tekislanganda (yuqoriga ko‘tarmasdan, chunki ko‘krak qafasining yuqori qismi torayadi), qo‘llami yelkadan pastga yonga ko‘tarish, qo‘llarni yuqoriga ko‘tarishlarda, bukilgan va to‘g‘xi qo‘llami orqaga tort-ganda, qo‘llarni yelkalarga, belga ko‘targanda yaratiladi. Nafas chiqarish burilishlarda, cho£qqayishlarda, qo‘Uarning pastga barakatlarida oyoqlarni bukishda, ya’ni gavda tekisligining kichik-lashishida amalga oshiriladi.
Ratta mushak taranglatishlami nafas chiqarish bilan birga olib borishi kerak, nafas olishni esa dastlabki holatda qilish lozim. Masalan, qorinda yotib, gavdaning yuqori qismini ko‘tarib, qo'llarni yuqorida ushlab turish va nafas chiqarish. Bu katta mushaklar zo‘riqishida ayrim nafas olish mushaklari (qorinning qovurg‘a orasidagi qiya mushaklari, ко‘krak-о1mrov) bevosita mushak ishiga o‘tadi.
Bundan tashqari, nafas chiqarish bosh miya qobig‘i harakat markazining qo‘zg‘alishini kuchaytiradi, nafas olishni esa tormozlantiradi. Shunday qilib, nafas chiqarish mushak ishiga yordam beradi. Bu turdagi mashqlarda bolalarga batamom nafas olishga tavsiyalar berilmaydi (ular qanday qilib bo‘lsa, shunday nafas olishadi) yoki ularga dastlabki holatda nafas olish ko‘r-satiladi.
Mashq tugatilishida harakatni to‘xtatish shart, negaki bu vaqt­ da nafas o‘z holatiga keladi. Kichik tez harakatlar (kaftni, tovonrd aylantirishlar va boshqalar) odatdagi nafas olishda bajariladi.
Odatdagi yuza nafasda ko‘p takrorlanish katta yo‘nalish bilan bajariladi (joyda hakkalashlar va arg‘amchi bilan sakrashlarhamda

shunga o‘xshash). Bunday hollarda kam chuqur nafas olish organizmga qulayroq, negaki bunday jismoniy ishga kam quwat: sarflanadi.


Nafas olish harakat tempi xotirjam bo‘lishi kerak, tez bolmagan nafas chiqarish esa nafas olishdan ancha uzunroq. Kuchaytirilgan, to‘liq nafas olish o‘pkani ishlatilgan havodan bo‘shatadi. Shuning uchun nafas olishni o‘rgatishdan awal diqqatni nafas chiqarishga jalb qilish kerak. Uzoq nafas chiqarish mashqlari tempni va nafas olish ritmini normallashtiradi, nafas olish mushaklarini mus­ tahkamlaydi.
Ayniqsa, bu holatda qarshilikni yengib nafas chiqarish foydali (tishlaming yarim bekilganligi, tishini tishiga qo‘yib, nafasni nay-chadan chiqarish va shunga o‘xshash).
To‘g‘ri nafas olishni o‘rganish uchun nafas olish mushaklarini boshqarishni bilish kerak. Ulami rivojlantirish, mustahkamlash uchun 3 turli nafas olish mavjud: ko‘krakli, qorinli va aralash. Ko‘krakli nafaslanishda nafas olish vaqtida ko'krak qafasi oldinda, orqada va yon yo‘nalishlarda kengayadi; nafas chiqarishda qovur-g‘alar pastga tushadi, ko'krak qafasi hajmi kamayadi. Qorinning nafaslanishida nafas olish diafragmaning qisqarishi va tushishi hisobiga amalga oshiriladi.

Shunday qilib, ko‘krak qafasining hajmi yuqoridan pastga ko‘payadi, nafas chiqarish esa diafragmaning ko‘tarilishi va ko‘k-rak qafasining hajmi kamayishi hisobiga amalga oshiriladi. Nafas olishda qorinning oldingi tomoni keriladi, nafas chiqarishda u ichiga tortiladi.


Aralash tipdagi nafaslanishda nafas olish va chiqarish ko‘krak qafasining hajmi ko‘payishi va kamayishi tufayli hamma yo‘na-lishlarda bo‘ladi (oldinga-orqaga, yonlarga va yuqoridan pastga). Bu turdagi nafas olish eng tabiiy sanaladi. U bolalar va kattalarda, kundalik hayotda va mashqlar bajarishda sodir boMadi.
Lekin maxsus o‘rgatilmasa, u to‘liq emas hisoblanadi. Ko‘k-rakli va qorinli turdagi nafaslanishlar mushaklarni mustah­ kamlash va mashqlanish, harakatchanlikni rivojlantirish uchun tavsiya qilinadi.

6.3. Umumrivojlantiruvchi mashqlami o‘tkazish metodikasi, qad-qomatni to‘g‘ri shakllantirish uchun mashqlar


Bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazayotganda URM majmua-sidagi birinchi mashq har doim to‘g‘ri qomatni sezishga xizmat qildiradigan bo‘lishi kerak. U to‘g‘ri qomatga xos holatni qabul qilish va uni yodlab qolish imkonini beradi. Qanaqa mashqlar to‘g‘ri qomadni sezish mashqlariga kiradi? Quyida bir nechta shunday mashqlami keltirib o'tamiz.


  • Orqa bilan devorga shunday turish kerakki, bosh orqasi, kuraklar, dumba va tovonlar unga tegib tursin. Mushaklar zo‘riqishi bilan qabul qilingan holatni sezish va uni yodlab qolish kerak. Devordan chetlanish va bu holatni 10—30 soniya saqlash lozim.




  • Gimnastika tayoqchasini orqaga vertikal tarzda shunday qo‘yish kerakki, u bosh orqasiga va orqaga (umurtqasimon) tegib tursin. Tayoqni orqaga o‘ng qo‘l bilan bosh ustiga bosib turib, chap qo‘l esa orqada rostlanish va bu holatni eslab qolish lozim.




  • Devor oldida to‘g‘ri qomat holatida turib, orqani kerishtirish, boshni va tosni devordan uzmasdan va dastlabki holatga qaytish.

  • Shuning o‘zi, faqat o‘tirib va turib.

  • Shuning o‘zi, faqat oyoqlami ko‘tarib, bukib, belni va tosni devordan ajratmasdan.




  • Oyna oldida turib, to‘g‘ri qad-qomatni egallash.

  • D.h. —qo‘llar bosh orqasida (kuraklar bir-biriga tekkuncha, tirsaklami orqaga tortish).

1—2 — o‘tirish, tovonlar birga, oyoq uchi ochilgan (qorinni tortish, belni to‘g‘ri tutish). 3 —turish, 4 —D.h.




  • D.h —qo‘llar belda. 1 —oyoqlar uchiga ko‘tarilish va tirsaklami orqaga tortish (qorinni tortish); 2—3 - ushlash; 4 - D.h.




  • Chet el mutaxassislari quyidagi mashqlami taklif qiladilar. Tasawur qiling, sizning ko‘kragingiz o‘rtasidan tarang tros tortilgan. U sizni oldinga va biroz yuqoriga 45° ostida tortyapti. Yana shuni tassawur qilingki, sizning ko‘kragingiz kengavyapti, yelkalar ochilyapti, bel to‘g‘ri. Bu mashqni faqatgina yurish/paytida emas, balki tik turib, o‘tirib bajarish ham mumkin.

  • Chalqancha yotish va tana mushaklarini bir tekisda yo‘nal-tirib to‘g‘rilash.




  • Orqa bilan gimnastika devoriga osilib, to‘g£rilanishga va tananing hamma qismi bilan devorga tegishga harakat qilish.

  • Xatxa-yoga gimnastika mashqlari yaxshi samara beradi: tik turib, tana bo£ylab tushgan qoMlami kafl tashqarisiga oxiri-gacha ochib, tos mushaklarini taranglashtirib shu holatda biroz vaqt ushlab turish va bir tekisda nafas olish. Asosiy e’tibor boshning holatiga qaratiladi, chunki boshning egilishi, bel va qomatning bukilishiga olib keladi.

Bu mashqning biroz murakkabroq variantini oyoqlar uchiga ko‘tarilib bajarish. 0 ‘tirish, tovonga o‘tirish yoki turish holatlarida «chalishtirilgan» mashqini bajarish. Buning uchun bir qo‘lni orqaga o‘tkazib pastdan yuqoriga ko‘tarib, yelka orqasiga, ikkinchi qo‘lning bukilgan barmoqlaridan ushlanadi.


Barmoqlar mahkamlanib, uzatilgan qo‘lni oz-ozdan mu-shaklarda og£riq paydo bo‘lgunicha tortiladi. Bir necha soniya-dan so‘ng qo‘llar holati almashadi. 2—3 marta takrorlanadi. Oldinga to£g£ri qarab, bir tekisda va tinch nafas olinadi.

Qomatning yaxshi shakllanishiga boshda yuk (og‘irligi 150—200 gramm) ushlab turish bilan bog‘liq mashqlar yordam beradi.


Yuk boshga qo‘yiladi (peshonaga yaqin), bu tana holatini nazorat qilishga yordam beradi, ya’ni bosh biroz bo‘lsa ham to‘g‘ri holatdan chiqib ketsa yuk tushib ketadi.
1. Boshda yukni ushlab, sekin o‘tirish va turish.

  • Bir oyoqda turib, ikkinchi oyoqni odinga, yon tomonga, orqaga ko‘tarish.

3. Bir oyoqda turib, ikkinchisini bukish va qoringa tortish.




  • Orqaga burilish (oldin sekin, keyin tez).

  • Oyoq uchida turish, oyoqlar bir chiziqda.

  • Oyoqlarni chalishtixib o‘tirish, turish.

  • Oyoqlarni chalishtirib turib, o‘ng oyoq chap oyoq oldida buning aks holatigacha, ya’ni chap oyoq o‘ng oyoq oldida hola-tigacha chapga burilish, keyin o‘ngga burilib, dastlabki holatga qaytish.

  • Oyoqlarni chalishtirib turib (o‘ng oyoq chap oyoqning oldida), o‘tirib, chapdan orqaga burilish va chordana qurib o‘tirish. Turib, o‘ngdan orqaga burilish va dastlabki holatga qaytish.




  • Gimnastika devori bo“ylab yuqoriga, pastga tirmashib harakatlanish.

Qomatning shakllanishi va yassi tovonlikni davolashda oyoq­ ning panja mushaklari uchun mashqlardan foydalanish katta ahamiyatga ega.




      • Oyoq uchida yurish, tizzani baland ko'tarish.

    • Tovonda yurishlar (barmoqlami iloji boricha yuqori ko‘tarish).

    • Oyoq panjasining tashqi tomonida yurish (barmoqlar bukilgan).

    • Oyoqlarni kerib turishdan, oyoq panjalari parallel, qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib, sekin butun oyoq panjasiga oldinga bukilib, o‘tirish, oldinga egilib, qo‘llami orqaga yo‘naltirish.




    • D.h. (dastlabki holat) —oldinga bukilib tovonlarda o‘tirish, qo‘llar orqaga. 1—2 —tizzaga turish va orqaga bukilish, qo‘llar orqaga tashqariga, 3—4 —D.h.




    • Yarim cho‘qqayib yurish.

    • D.h. —oyoqlar juft, qo‘llar belda.

        • —oyoq uchiga turish.

      • —butun panjada turish, oyoq uchini birlashtirib, tovonlami ochish.




      • —oyoq uchida turish, tovonlar ochiq.

      • — butun panjalarga tushib, tovonlarni birlashtirib, oyoq uchini ochish.

      • D.h. —qo‘llar belda. Oyoq uchida oyoqlarni chalishtirib yurish.

      • D.h. —gimnastika devolining birinchi reykasiga barmoqlarda osilib turish.

1—2 —oyoq uchiga, tovonlami ajratib baland ko‘tarilish. 3—4 —tovonlami iloji boricha. pastga tushirish.

To‘g‘ri qomatni shakllantirish uchun eng yaxshi samara beruvchi mashqlar muvozanatni saqlab turuvchi mashqlar hi­ soblanadi.
Bulaming qimmatliligi shundaki, bu mashqlami bajarganda mushak tonusi refleks tarzda oshadi va tanani to‘g‘ri ushlab

turishga yordam beradi. Shuning uchun xoreografiya mashqlari hammaga foydalidir.

Qomat kamchiliklarini faqatgina maxsus gimnastika mashqlari yordamida to‘g‘rilash mumkin. Bukchaygan qomatda yelka mushaklarini mustahkamlashga va ulaming statik kuchini rivoj-lantirishga e’tibomi qaratib, umurtqa pog‘onasining yuqori qismi harakatchanligini oshirishga yordam beruvchi mashqlardan foy-dalanish katta ahamiyatga ega.
Lordotik (egma, bukma) qomatni oldinga egish va qorin mushaklarini mustahkamlash uchun tananing tos-son bo‘g‘i-mida bukilish, tana orqa tekisligini cho‘zishga mashqlar (oxir-gilari umurtqa kamarining kamayishiga yordam beradi) tavsiya qilinadi.
Skoliozda umurtqa pog‘onasi, tos qismining tashqi tekisligini hamda skoliozning bukilgan tomonidagi mushak bog‘lamlarini cho‘zuvchi va bo‘rtib chiqqan tomon mushaklarini mustahkam-lovchi mashqlardan foydalanish samarali hisoblanadi.


Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish