Гидромелиорация ишларини ташкил этиш ва технологиясининг умумий масалалари. Фан ривожининг тарихий тараққиёти



Download 3,12 Mb.
bet10/16
Sana25.02.2022
Hajmi3,12 Mb.
#271068
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
tomchilab sugorish

QISHLOQ XO‘JALIGI ISHLAB CHIQARUVCHILARINING SUV TEJOVCHI SUG‘ORISH TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH BO‘YICHA XARAJATLARINING BIR QISMINI QOPLAB BERISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

  • LexUZ sharhi

  • Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-sonli “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 25-oktabrdagi PQ-4499-son qarori ijrosini ta’minlash hamda suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  • 1. Quyidagilar:

  • Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

  • Yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxonalarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  • 2. Belgilab qo‘yilsinki:

  • a) O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:

  • qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha hududiy manzilli ro‘yxatlarni shakllantirishga ko‘maklashish, ularni tahlil qilish va manzilli dasturni shakllantirish hamda belgilangan tartibda tasdiqlanishini tashkil qilish;

  • suv tejovchi sug‘orish texnologiyalaridan samarali foydalanish yuzasidan tizimli monitoring olib borish hamda manzilli dasturning joylarda ijrosini ta’minlashda, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga ko‘maklashish;

  • paxta xomashyosi yetishtirish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplashga subsidiyalarni o‘z vaqtida joylarga o‘tkazib berish;

  • b) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:

  • yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxona xo‘jaliklarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplab berishga subsidiya ajratish bo‘yicha takliflarning Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish hamda Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari Kengashlarida o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda subsidiya ajratish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash;

  • yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxona xo‘jaliklarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplab berishga subsidiya ajratish to‘g‘risida tegishli shartnomalarni rasmiylashtirish hamda ijrosi bo‘yicha monitoring yuritishni tashkil qilish;

  • qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalarni o‘z vaqtida joylarga o‘tkazib berish;

  • v) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlangandan so‘ng suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplashga ajratilgan mablag‘larni belgilangan tartibda:

  • O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, shuningdek, uning huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga hamda Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligiga;

  • paxta xomashyosi yetishtirish maqsadida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun esa O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga yetkazish;

  • g) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari:

  • qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tumanlar va hududiy manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish hamda ularning ijrosini tashkil qilish;

  • joriy qilingan suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini puxta o‘rganib, tegishli dalolatnomalarni, subsidiya berish to‘g‘risida xulosalar va talabgorlar ro‘yxatlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish hamda subsidiya ajratish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, paxta xomashyosi yetishtirish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha esa Suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim qilib borish bo‘yicha mas’uldir;

  • d) mazkur qarorga asosan joriy etilayotgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari o‘rmon xo‘jaliklari va o‘rmon fondi yerlari ijarachilariga ham to‘liq tatbiq etiladi.

  • (2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son)

  • 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish manzilli dasturiga muvofiq suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.

  • 4. Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishga ko‘maklashish bo‘yicha tumanlar ishchi komissiyalarining namunaviy tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  • 5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 481-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 6-son, 125-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.

  • 6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

  • 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov zimmasiga yuklansin.


  • Download 3,12 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish