Germaniya ukrainalik qochoqlarni mamlakatga joylashtirish uchun 2 mlrd yevro ajratadi


Urushning ta’siri — O‘zbekistondagi mehmonxonalarda bo‘sh xonalar soni keskin qisqardi



Download 47,7 Kb.
bet6/7
Sana09.04.2022
Hajmi47,7 Kb.
#540400
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
JAHON YANGILIKLARI

Urushning ta’siri — O‘zbekistondagi mehmonxonalarda bo‘sh xonalar soni keskin qisqardi


Ukrainada urush boshlanganidan keyin O‘zbekistonda mehmonxonalar bandligi keskin oshdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman


28—30-mart kunlari – uch kunlik davrdagi yuklama respublika bo‘yicha 70,8 foizdan ortiq, Toshkent shahrida 83,6 foiz, Samarqandda 62,3 foiz, Qoraqalpog‘istonda 93,9 foiz, Xorazmda 56,3 foiz, Buxoroda 46 foizni tashkil etdi. 
Bu juda yaxshi ko‘rsatkichlar bo‘lib, turizm industriyasining o‘sishidan, mehmonxona biznesi uchun esa rentabellikning tez tiklanishidan darak beradi, — deyiladi xabarda.
2017-yilda mehmonxonalarning bandlik darajasi 39,3 foizni, 2019-yilda – 53,1 foizni, pandemiyaning o‘tkir davrida – 22,1 foizni, o‘tgan yili bandlik ko‘rsatkichi 36,3 foizni tashkil etgan edi.
2019 yilning pandemiyadan oldingi davrida 84,8 ming nafar chet el fuqarolari yashagan bo‘lib, umumiy ulushda eng ko‘p rossiyaliklar – 16,8 foizni, qozog‘istonliklar – 15 foizni, tojikistonliklar – 6,3 foizni, xitoyliklar – 6,1 foizni, afg‘onistonliklar – 5,7 foiz, turkiyaliklar - 5,5 foizni tashkil etgan.
Ayni paytda O‘zbekiston chet el sayyohlari uchun to‘liq ochiq. Bu borada barcha cheklovlar olib tashlandi. 
2022-yil oxiriga kelib 4,5 million nafargacha xorijiy sayyohlar mamlakatga kirib kelishini kutilmoqda.
Avvalroq Toshkent aeroporti yaqinidagi mehmonxona MIB tomonidan 6,3 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Surxondaryoda Afg‘oniston fuqarolari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi
O‘zbekistondagi Afg‘oniston fuqarolarining ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi. Bu haqda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova


7-aprel kuni Toshkentda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yevropa Ittifoqining (YI) O‘zbekistondagi delegatsiyasi va BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) shu kabi tashabbus bilan chiqqan. Qayd etilishicha, mazkur kengaytirilgan dastur hamda qisqa muddatli o‘quv kurslari afg‘onistonliklarga gumanitar, pedagogika va muhandislik sohalarida bilim egallashga yordam beradi. Loyiha Termizdagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Markaz o‘quv jarayoniga O‘zbekistondagi tegishli muassasalarning ta’lim va o‘quv resurslarini ham jalb qilishi mumkin.
Loyiha doirasida jami 345 nafar Afg‘oniston fuqarosi ta’lim grantlarini qo‘lga kiritib, o‘qishni tamomlaganidan so‘ng tegishli diplom va sertifikatlarga ega bo‘ladi.
Xususan:

  • hozirda markazda tahsil olayotgan afg‘onistonlik 145 nafar talaba, jumladan, 24 nafar xotin-qiz ta’lim jarayonini davom ettiradi;

  • 100 nafar Afg‘oniston fuqarosi bir yillik texnik hamda kasbiy ta’lim va tayyorgarlik (TKTT) dasturi doirasida o‘qitiladi;

  • 100 nafar Afg‘oniston fuqarosi qisqa muddatli kasbiy kurslarda ta’lim oladi.

2022-yilda BMTTD tomonidan bajariladigan tashabbus uchun YI 1 million yevro mablag‘ ajratgan. Ittifoq delegatsiyasi rahbari, elchi Sharlotta Adrianning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi hozirgi og‘ir sharoitda Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
“Umid qilamizki, bizning uzoq yillik hamkorimiz bo‘lgan BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan bu loyiha O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan Afg‘oniston fuqarolariga yangi bilim va ko‘nikmalar olishlarida ko‘maklashishi barobarida, ularga o‘z vatanlariga qaytishdan oldin turmush sharoitlarini yaxshilash va oilalarini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi”, — deydi u.
Shuningdek, loyihaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi asosiy hamkor bo‘ladi.
“O‘zbekistonda vaqtincha istiqomat qilayotgan Afg‘oniston fuqarolariga bunday imkoniyatlar yaratish juda muhim masaladir. Bu Afg‘onistonning yoshlariga o‘z hayot yo‘lini topishlari uchun ko‘nikma va mutaxassisliklarni egallashga sharoit yaratadi”, — deydi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov.
Tashabbus markaz salohiyatini yanada mustahkamlaydi va uni Afg‘oniston uchun ta’lim markaziga aylantirishga imkoniyat yaratishi ta’kidlangan. Natijada Afg‘oniston fuqarolari O‘zbekistondagi ko‘plab universitetlar, institutlar va kollejlarning ta’lim xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, markaz YI bilimlar markazini ochish va unda onlayn masofaviy o‘qitish vositasini ishga tushirish uchun platformaga ham aylanadi.
Avvalroq O‘zbekiston Termiz—Mozori Sharif—Kobul—Peshovar transafg‘on temiryo‘li qurilishini boshlagani, O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida xalqaro yuk tashuvlarida yuzaga kelayotgan muammolar muhokama etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Download 47,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish