Germaniya ukrainalik qochoqlarni mamlakatga joylashtirish uchun 2 mlrd yevro ajratadi


CNN: AQSH mart oyida gipertovushli raketani yashirincha sinovdan o‘tkazgan



Download 47,7 Kb.
bet4/7
Sana09.04.2022
Hajmi47,7 Kb.
#540400
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
JAHON YANGILIKLARI

CNN: AQSH mart oyida gipertovushli raketani yashirincha sinovdan o‘tkazgan


AQSH mart o‘rtalarida gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgan, biroq Rossiya bilan keskinlikning ortishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida buni sir tutishga qaror qilingan. Bu haqda CNN telekanali AQSH Mudofaa vazirligidagi amaldorga tayanib, xabar berdi.

Foto: CNN


Telekanal manbasining aytishicha, gipertovushli raketa (Hypersonic Air-breathing Weapon Concept, HAWC) AQSHning g‘arbiy sohillaridan B-52 bombardimonchisi yordamida uchirilgan. Raketa parvozining uzoqligi qariyb 482 kilometrni, balandligi 20 kilometr, tezligi 5 maxni (6,1 ming kilometr/soat) tashkil etgan. Hatto minimal gipertovush tezligi (611 kilometr/soat) 300 mil masofani 5 daqiqada bosib o‘tish imkonini beradi.
Sinovlar Moskva Ukrainadagi maxsus operatsiya vaqtida o‘zining “Kinjal” nomli gipertovushli raketasidan foydalanganini ma’lum qilganidan bir necha kun o‘tib o‘tkazilgan. Rossiya qo‘shinlari ushbu raketa yordamida Ukraina g‘arbiy qismidagi jangovar o‘q-dorilar omborini yakson qilgan.
Rossiya qo‘shinlari “Kinjal”dan Ukrainadagi maxsus operatsiyada 19-mart kuni foydalangan. Mudofaa vazirligi Ukraina kuchlarining “yirik yerosti raketa va o‘q-dori omborlari yo‘q qilinganini” ma’lum qilgan. Idora Ukraina Qurolli kuchlariga qarshi “Kinjal”dan foydalanish davom etishini, uning qo‘llanilishi “raqibning yuqori himoyali maxsus obyektlarini yakson etishda samara ko‘rsatganini” ta’kidlagan.
“Bunga o‘yin qoidasini o‘zgartirish sifatida qaramagan bo‘lardim”, — degandi o‘shanda AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin.
O’ZBEKISTON YANGILIKLARI

O‘zbekistonda pensiyani plastik kartada oluvchilarga 1 foiz qo‘shimcha pul beriladi


“Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman


Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-maydan:

  • “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilganlarga va jazoni o‘tab ozodlikka chiqqan fuqarolarga beriladigan to‘lovlar har oyning 5-sanasigacha moliyalashtiriladi hamda “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan mahallalarga yetkaziladi;

  • “Xalq banki” tomonidan pensiya, nafaqalar va moddiy yordamni fuqarolarga naqd yetkazish xizmatlari uchun Pensiya jamg‘armasi va budjetdan 1 foiz bankka xizmat haqi to‘lab beriladi;

  • pensiya, nafaqa, kompensatsiyalar va moddiy yordam pulini bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilinadi;

  • 2022-yil 1-sentabrgacha harbiylashtirilgan pensiyalar tizimi avtomatlashtiriladi va pensiya varaqalarini yuritish amaliyoti bekor qilinadi.

Shuningdek, 2022-yil 1-oktabrgacha xorijdan 1 800 ta bankomat olib kelib olis hududlarga o‘rnatiladi.
2022-yil yakunigacha pensiya va nafaqa oluvchilar mablag‘larini masofadan boshqarish imkonini beruvchi bankning yangi mobil ilovasi ishlab chiqiladi.
Mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va tegishli maqsadli jamg‘armalarning qoldiq mablag‘lari hamda respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ajratiladi.


Download 47,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish