Germaniya ukrainalik qochoqlarni mamlakatga joylashtirish uchun 2 mlrd yevro ajratadi



Download 47,7 Kb.
bet1/7
Sana09.04.2022
Hajmi47,7 Kb.
#540400
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
JAHON YANGILIKLARI


JAHON YANGILIKLARI
Germaniya ukrainalik qochoqlarni mamlakatga joylashtirish uchun 2 mlrd yevro ajratadi
Germaniya hukumati ukrainalik qochoqlarni mamlakatga joylashtirish va integratsiya qilish xarajatlarini qoplash uchun mintaqaviy hokimiyatlarga 2 milliard yevro yo‘naltiradi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols ma’lum qildi, deb xabar beradi DW.

Germaniya federal politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda hozirga qadar Ukrainadan kelgan 316 mingga yaqin qochoq ro‘yxatga olingan, ularning 60 mingga yaqini Berlinda yashaydi.


Shu bilan birga, Kanada hukumati Ukrainaga Xalqaro valyuta jamg‘armasi orqali 800 million dollarga yaqin mablag‘, shuningdek, harbiy yordam sifatida yana 400 million dollar taklif etmoqchi.

Latviya 9-mayni nishonlashni taqiqlab, ushbu sanani Ukrainada halok bo‘lganlarni xotirlash kuni deb e’lon qildi


Latviya parlamenti 2022-yilda 9-mayni Ukrainadagi jangovar harakatlar paytida halok bo‘lgan tinch aholi va ukrainalik harbiy xizmatchilarni xotirlash kuni deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi.
Shu kuni prezident qarorgohi, Seym (parlament) va hukumat binolari, boshqa davlat muassasalari, shuningdek, turar joy binolari yaqinida motam bayrog‘i ko‘tarilishi kerak. Latviya bayrog‘i yoniga Ukrainaning motam bayrog‘i ilinadi.
Bundan tashqari, tadbirni ommaviy nishonlash bekor qilinmoqda. Faqat marhumlarni xotirlash uchun mitinglar, yurishlar yoki piketlar o‘tkazishga ruxsat beriladi. 9—10-may kunlari mushakbozlik o‘tkazish taqiqlangan, qonunbuzarlar javobgarlikka tortiladi. Qonun 2022-yilning 11-mayiga qadar amalda bo‘ladi.

Pentagon: Rossiya qo‘shinlari Kiyev va Chernigov viloyatlaridan to‘liq chiqib ketdi


Rossiya armiyasi Ukrainaning Kiyev va Chernigov viloyatlari hududidan to‘liq olib chiqib ketildi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi jurnalistlarga ma’lum qilgan.

Foto: Anadolu


Ukraina Bosh shtabining ma’lum qilishicha, hozirda Rossiya Qurolli kuchlari bor diqqatini mamlakat sharqiga qaratgan bo‘lib, ularning maqsadi Donetsk va Lugansk hududlarini to‘liq nazorat ostiga olish. Ukrainalik harbiylarning ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi Slobojanskoe, Donetsk, Yujnobujskoe va Tavricheskoe yo‘nalishlarida oldinga siljimoqda.
Pentagon vakilining fikricha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada “o‘zining birorta strategik maqsadiga” erisha olmagan va faqatgina kichik aholi punktlarini nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘lgan.
Kreml qo‘shinlarning Kiyevdan olib chiqilishi tinchlik muzokaralari uchun qulay shart-sharoit yaratishga qaratilgan xayrixohlik harakati deb atagan. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shinlarni olib chiqish bo‘yicha buyruqni shaxsan Vladimir Putin bergan.
Pentagon vakillari keyinchalik Rossiya qo‘shinlari yana Kiyevga qaytishi mumkinligini istisno etmagan. Kiyev va Chernigov viloyatlaridan olib chiqilayotgan qo‘shin tarkibida 24 ming harbiy xizmatchi borligi aytilmoqda.
Avvalroq Rossiya tomonidan Ukrainada harbiy operatsiya boshlanganidan beri 1480 nafar tinch aholi halok bo‘lgani, shuningdek, 2195 kishi yaralangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Gap faqatgina tasdiqlangan holatlar haqida ketmoqda, haqiqiy raqamlar bundan ko‘p bo‘lishi mumkin.


Download 47,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish