Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

aholisining 
soni tez o‘sayotgan mamlakatlardandir. so‘nggi bir 
yuz o‘n uch (1900 –2013-yy.) yil ichida uning aholisi 239 mln. dan 1221 mln. 
kishigacha ko‘paydi. Agar aholisining hozirgi o‘sish sur’atlari saqlanib qolsa
mamlakat aholisining soni, BMT hisobi bo‘yicha, 2025-yilda 1,4 mlrd. kishiga 
yetadi.
Hindiston jahondagi eng ko‘p millatli mamlakatdir. Aholisining milliy-
etnik tarkibi juda murakkab. Unda yashayotgan millat, elat va qabilalar turli til 
guruhlariga, dinlarga mansubdir. Ularning urf-odatlari ham turlicha, ijtimoiy 
rivojlanish darajalari esa har xil bosqichdadir.
Mamlakatda hindlar, bengallar, bixarlar, panjobliklar, tamillar, kashmirliklar 
va boshqalar asosiy millatlar hisoblansa-da, hech bir millat ko‘pchilikni tashkil 
qilmaydi.
Aholining diniy tarkibi ham ancha murakkab. Aholining 80 % i 
induizm 
diniga mansub. Ikkinchi o‘rinni islom diniga mansub aholi egallaydi. Ular mam-
lakat aholisining 100 mln. dan ko‘proq qismi (11 % i) ni tashkil qiladi. Jammu 
va Kashmir shtatlari aholisining 2/3 qismi islom diniga mansub. Shuningdek, 
Hindistonda 18 mln. xristianlar, 15 mln. sikxlar, 5 mln. buddizm va boshqa din 
vakillari ham yashaydilar.
Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida Markaziy Osiyo xalq-
larining alohida o‘rni bor. Temuriylar sulolasining yorqin namoyandalaridan 
bo‘lgan Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari bu mamlakat tarixida 
beqiyos iz qoldirganlar.
Binobarin, Bobur asos solgan Boburiylar saltanatining Hindiston tarixidagi 
ulkan xizmatlari – tarixan biron marta ham birlasha olmagan Hindiston, Pokiston 
va Bangladesh hududlarini yagona markazlashgan ulkan hokimiyat atrofida 
birlashtirgani va unda bir yo‘nalishli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘liga asos 
solgani edi. Darhaqiqat, Boburiylar saltanati Hindistonda uch asrdan ortiq 
(1526 –1858-yy.) vaqt davomida hukmronlik qildi. Bu yillar davomida tili, 
dini, manfaatlari turlicha bo‘lgan, ko‘pincha, bir-birlarini dushman hisoblagan 
(hind xalqi ijodiyoti namunalaridan bo‘lgan «Mahobxorat», «Ramayana»dagi 
voqealarni eslang) o‘nlab tarqoq davlat va davlatchalar mavjud edi.
Hindiston aholisining o‘rtacha zichlik ko‘rsatkichlari juda yuqori – 1 km
2
maydonga 370 kishidan to‘g‘ri keladi. Ammo aholisi hududlar bo‘ylab ancha 


156
notekis joylashgan. Agar pasttekisliklar, tog‘ oralig‘i vodiylarida aholi juda 
zich joylashgan bo‘lsa (masalan, Hind-Gang pasttekisligida 1 km
2
ga 700 – 800 
kishidan to‘g‘ri keladi), baland Himolay tog‘i yonbag‘irlari, shimoli-g‘arbiy va 
markaziy qurg‘oqchil hududlarida aholi ancha siyrak yashaydi.
Mamlakat aholisining urbanizatsiya darajasi u qadar yuqori emas. Hozir 
mamlakat aholisining 30,3 % i shaharlarda yashaydi. Hindistonda 4 mingdan ortiq 
shaharlar bor. Ularning 300 dan ortig‘i yirik shaharlardir. Millioner shaharlarning 
umumiy soni 25 dan ortadi. Bular orasida Mumbay (Bombay) 18,0, Dehli va 
Kolkata shaharlari aholisi 19,5 va 15,0 mln. taga to‘g‘ri keladi, ular jahonning 
eng ulkan shaharlaridan hisoblanadi.
Amaliy ish
1. Hindistonning tabiiy xaritasini o‘rganib, uning geografik o‘rnini baholab bering.
2. Yozuvsiz xaritada eng yirik shaharlarini belgilang va ular to‘g‘risida so‘zlab bering.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish