O'zbekiston aholisining demografik jihatlar va milliy tarkibstrreplA: Kirish



Download 71,81 Kb.
bet1/11
Sana10.06.2022
Hajmi71,81 Kb.
#652116
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O\'ZBEKISTON AHOLISINING DEMOGRAFIK JIHATLAR VA MILLIY TARKIBI




O'ZBEKISTON AHOLISINING DEMOGRAFIK JIHATLAR VA MILLIY TARKIBI
R E J A:


Kirish………………………………………………………………………………3
I. BOB O'ZBEKISTON AHOLISINING DEMOGRAFIK JIHATLARI
1.1 Aholi soni va axolining yosh-jinsiy tarkibi…………………………………. 6 1.2 Oʻzbekiston aholisining ijtimoiy -iqtisodiy va demografik rivojlanishi……...11
I.I BOB O’ZBEKISTON AHOLISINING MILLIY VA IJTIMOIY TARKIB
2.1 O’zbekiston aholisining milliy tarkibi……………………………………..…17
2.2 O’zbekiston aholisining milliy tarkibi………………………………….….…24
III.Xulosa…………………………………………………………………………30
IV.Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………31

Kirish
Kurs ishini dolzarbligi: Demografik tarkib, real aholi soni, doimiy aholi soni, jinsiy tarkibi, yosh tarkibi.  Oʻrta Osiyo hududida yashagan ibtidoiy odamlarning qad. manzilgohlari quyi paleolit davriga toʻgʻri keladi. Jez davrida Oʻzbekiston hududida chorvador va qisman dehqonchilik bilan shugʻullangan qabilalar yashagan. Bu vaqtda ibtidoiy jamoa davri yemirilib, qabilalar oʻrtasida mulkiy munosabatlar vujudga keldi.
Eron shohi Doro I ning Behistun yozuvlarida oʻzbek xalqining qadimiy ajdodlari xorazmiylar, sugʻ'iylar, saklar, baqtriyaliklar toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. Yunon va rim tarixchilari Gerodot, Strabon, Arrian va Ptolemey hozirgi Oʻzbekiston hududida yashagan saklar haqida maʼlumotlar qoldirganlar.
Oʻzbeklarning alohida elat boʻlib shakllanishi uzoq-yillar davomida sodir boʻlgan etnik jarayonlar mahsuli dir. Ular O'rta Osiyoning markaziy viloyatlari Movarounnahr, Xorazm, Yettisuv, qisman Sharqiy Turkistonning gʻarbiy mintaqalarida shakllangan. Oʻzbek xalqining asosini hoz. Oʻzbekis ton hududida qadimdan oʻtroq yashab, sugʻorma dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullanib kelgan mahalliy aholi: sugʻdiylar, xorazmiylar, baqtriylar, chorvador sak-massagetlar kabi etnik guruhlar tashkil etgan. Shuningdek, Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryolari boʻylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan etnik komponentlar ham oʻzbek xalqi etnogenezida ishtirok etganlar. Markaziy Osiyoning keng hududida yashagan bu etnoslar, asosan, turkiy va sharqiy eroniy tillarda soʻzlashganlar. Amudaryo va Sirdaryo havzalari oraligʻining oʻtroq aholisi va chorvador qabila va elatlarning etnik jihatdan dastlabki aralashuvi jarayoni natijasida oʻtroq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon, oʻzbek xalqiga xos antropologik qiyofa shakllangan.
Mil. avv. III-asrda Sirdaryoning oʻrta oqimida Qangʻ davlati hukm surgan davrda Amudaryo va Sirdaryo oraligʻi va unga tutash mintaqalarda iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib, oʻziga xos uygʻunlashgan madaniyat yuzaga keladi. Arxeologik va tarixiy majmualarda bu madaniyat „Qovunchi madaniyati“ nomi bilan qayd etilgan. Antropolog olimlarning taʼkidlashicha, aynan shu davrlarda Oʻrta Osiyoning vodiy va vohalarida yashovchi aholining tashqi qiyofasida hoz. oʻzbek va voha tojikla riga xos Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻi antropologik tipi toʻliq shakllanadi. 1 Oʻzbek xalqining etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik komponentlar kushonlar hamda 45-asrlarda Oʻrta Osiyoning markaziy viloyatlariga Oltoy, Jan. Sibir va Sharqiy Turkistondan kirib kelgan xioniy, kidariy va eftaliylardir. Shuningdek, oʻzbeklar etnogeneziga Oʻrta Osiyoning markaziy mintaqalari (Toshkent vohasi, Fargʻona, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vodiylari va Xorazm)ga kelib oʻtroqlashgan turkiy etnik komponentlar faol taʼsir koʻrsatadi. Bu komponent lar va mahalliy aholi oʻrtasidagi etno-madaniy munosabatlarning rivoji natijasida yangi qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy-xoʻjalik anʼanalar bilan jadal uygʻunlashuvi yuz beradi. 7-asrning 30-yillaridan boshlab oʻlkamiz „Turkiston“ nomi bilan atala boshlagan.
8-asrda arab va ajam xalqlarining Oʻrta Osiyoga kirib kelishi bilan mahalliy aholining etnik tarkibida maʼlum darajada oʻzgarishlar sodir boʻlgan boʻlsa-da, ammo mintaqadagi etnik jarayonlar ga kuchli taʼsir etmagan. Bu davrda Movarounnahrdagi oʻtroq va yarim oʻtroq turkiyzabon aholi, sugʻdiylar va Xorazmning tub yerli aholisi oʻz hududlarida arablar hukmronligida yashaganlar.
911-asrlarda Movarounnahrda yaxlit turkiy qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kelib, oʻz navbatida sugʻdiylar va b. mahalliy etnoslar bilan integratsiyalashuv jarayoni jadallashgan. Bu davrda Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega boʻlib, bu qatlam asosining aksariyat koʻpchiligi oʻtroqlashgan turgʻun turkiy etnoslardan iborat boʻlgan.
___________________________

    1. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг «Ўзбекистон Фанлар Академияси Тарих институти фаолиятини такомиллаштириш тўғрисида»ги қарори // Ўзбекистон овози. 1998. 28


Download 71,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish