Mintaqaviy iqtisodiyot fanidan tayyorlagan mustaqil ishi mavzu. Mintaqalar aholisi va mehnat resurslari



Download 1,16 Mb.
bet1/10
Sana13.03.2022
Hajmi1,16 Mb.
#492438
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MINTAQA AHOLISI MEHNA RESURSLARI MUSTAQIL ISH




IQTISODIYOT KAFEDRASI SIRTQI BO’LIMI
9-6 IQTS HURUH TALABASI SAMOYIDDIN HUSENOVNING
MINTAQAVIY IQTISODIYOT FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

MAVZU. MINTAQALAR AHOLISI VA MEHNAT RESURSLARI

1.O’zbekiston mintaqalarining demografik holati.


2.Aholining milliy, jinsiy va yosh tarkibi.
3.Mehnat resurslari va ulardan foydalanish.
4.Mintaqalarda mehnat bozori va uni tartibga solish masalalari.
Tayanch ibora: mehnat resurslari, demografik holat, demografik portlash, demografik krizis, aholi, mehnat bozori, jinsiy va irqiy tarkib

1.O’zbekiston mintaqalarining demografik holati.
Har bir o’lka, hudud, viloyat yoki mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi avvalo, shu joyda yashovchi aholining mehnat faoliyatiga bog’liq. Mahalliy aholining mehnat madaniyati, jamoa ishlaridagi ijtimoiy faolligi, bilim va malakalari, oilaviy tarkibi, yoshi va jinsi shu o’lkada iqtisodiy taraqqiyotning rivojlanshida katta rol o’ynaydi. 1960–1990 yillarda mamlakat aholisi 8,4 mln.dan 20 mln.dan ortiqroqqa yoki 2,8 marta ko’paygan.
1990 yilda aholi 20,3 mln. kichidan iborat bo’lgan bo’lsa, 2012 yilda 29,5 mln., 2014 yilga kelib 30,4 mln. kishiga etgan bo’lsa, 2015 yilda 31,0 mlnni tashkil etdi. 2014 yilda tug’ilish koeffitsienti har 1000 aholiga nisbatan 23,3 promilleni tashkil etdi. O’limning umumiy koeffitsienti 1000 aholiga nisbatan 4,9 ni tashkil etadi. O’zbekiston aholisining 2012 yilda 15370,1 ming, 2013 yilda 15555,2 ming, 2014 yilda 15748,0 ming nafari (50,8%) shaharlar xissasiga to’g’ri kelsa, 2012 yilda 14623,4 ming, 2013 yilda 14937,6 ming, 2014 yilda 15274,5 ming nafari (49,2) qishloqlar xissasiga to’g’ri keladi.
Respublikada o’tgan asrning 90-yillarida boshlangan o’rtacha bolalik jarayoni deyarli shakllanib bo’ldi, kam farzandlilik jarayonini to’la shakllantirish uchun esa 20 – 25 yil kerak va u 2020 – 2025 yillarda yakunlanadi.
Xullas, aholining kengaytirilgan takror ishlab chiqilishi (tug’ilishning o’limdan ko’pligi) natijasida mehnat resurslari soni ko’payadi. Ayrim hududlarda inson resurslarining miqdoriga aholi migratsiyasi ham sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
Demografik omilning o’zgarib borishi global muammo bo’lib, u ko’p jihatdan jamiyatning holati va rivojlanishini belgilaydi.
2000 yilda sayyoramiz aholisining soni 6 milliard kishi bo’lsa, 2015 yilda aholi soni 7 milliarddan oshdi. Ko’payish sur’ati birmuncha qisqarayotganligiga qaramay, uning o’sish jarayoni davom etmoqda va 2050 yilga borib, 12 milliard kishiga etishi mo’ljallanmoqda.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitlarida aholi soni ancha kamaygan. MDHning Belorussiya, Ukraina va Qozog’iston kabi mamlakatlaridan farqli o’laroq, O’zbekistonda aholi soni oshib bormoqda. Bu erda tug’ilish, tabiiy ko’payishning nisbatan yuqori koeffitsentlari va o’limning past koeffitsenti saqlanib qolmoqda. An’anaviy ko’p farzandli oiladan o’rtacha farzandli oilaga o’ziga xos yo’l bilan demografik o’tish ro’y bermoqda.
3-jadvalda O’zbekistonning asosiy demografik ko’rsatkichlari keltirilgan. Undan ko’rinib turibdiki, 1897 yilda O’zbekiston hududida atigi 3,9 mln. kishi yashar edi, ya’ni o’tgan 100 yildan sal ko’proq vaqt mobaynida bu erda aholi 6,3 baravar ko’paydi. XX asrda O’zbekiston aholisining soni bir tekis oshgani yo’q. Uning dastlab ikki hissa ko’payishi salkam 60 yil davomida, keyingi ikki hissa ko’payishi esa 20 yil ichida ro’y berdi. Respublika aholisi 2001 yilning oxiriga kelib, 1980 yildagiga nisbatan 1,6 baravar ko’payishi kutilgan edi. Aholining uchinchi marotaba ikki hissa ko’payishi esa yuzaga kelgan ko’payish sur’atini saqlangan taqdirda XXI asrning ikkinchi o’n yilligi oxirida ro’y berishi kutilmoqda.
Aholi ko’payishi bilan uning zichligi ham ancha oshmoqda. 1940 yilda har kv.km.ga 14,6 kishi, 2000 yilda 54,1 kishi to’g’ri kelgan bo’lsa, 2014 yilda 67,9 kishi, 2015 yilda esa 69,1 kishi to’g’ri keldi Toshkent shahri aholi zich bo’lgan hududiy bo’linmalar jumlasiga kiradi.
Vaholanki, ular O’zbekiston hududining atigi choragini, aholi uncha zich bo’lmagan to’rtta viloyat esa to’rtdan uch qismini egallagan. Aholi nihoyatda zich bo’lgan mintaqalarga butun aholining mehnat resurslari, iqtisodiy faol va ish bilan band aholi, tug’ilgan bolalar va aholi tabiiy ko’payishning beshdan to’rt qismi to’g’ri kelmoqda.
Aholining ko’payishi uni oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvi, ish o’rinlari bilan ta’minlashda qiyinchiliklar, shuningdek, ekologik oqibatlar va kasallik ko’payishini keltirib chiqaradi.
O’zbekistonning aholi nihoyatda zich bo’lgan mintaqalarida ishlab chiqaruvchi kuchlar eng yuqori darajada rivojlangan va yashashni ta’minlash shart-sharoitlari qulay bo’lgan hududiy bo’linmalar bor. Shu sababli ularda aholining ko’payishi ishsizlik darajasiga mayinroq ta’sir etdi.
Aholi zichligi past darajada bo’lgan mintaqalarda kamroq rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, tor yo’naltirilgan tarmoq ixtisoslashuvi va ekotizimga putur etishining oqibatlari sezilarliroq.

3-jadval



Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish