Biologik diktantlar o`quvchilar bilimini nazorat qilish shakli m. T umaraliyeva



Download 21,32 Kb.
bet1/2
Sana23.05.2022
Hajmi21,32 Kb.
#606900
  1   2
Bog'liq
Biologik-diktantlar


BIOLOGIK DIKTANTLAR - O`QUVCHILAR BILIMINI NAZORAT QILISH SHAKLI


M.T Umaraliyeva.

Demokratlashiuv jarayoni jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan hozirgi kunda mamlakatimizdagi ta’lim tizimi oldidagi muhim vazifalrdan biri o`sib kelayotgan yosh avlodga ta`lim, tarbiya berishning yangi va samarali usullarini yaratish, o`quvchilarning bilim darajalariga bo’lgan talabni ko’tarish, o`qitishning rejalashtirilgan natijalariga erishish hisoblanadi.


Majburiy ta’lim talablarini qay darajada bajarilayotgani hamda egallayotgan bilim darajalari sifatini aniqlash uchun o`quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari nazoratini to`g`ri tashkil etish kerak.
O’quvchilar bilimini nazorat qilish - bu ta’lim jarayonining eng muhim va o’qituvchidan katta mahorat va ijodkorlik talab etadigan tarkibiy qismi hisoblanadi. Oqituvchi mohirlik bilan o`quvchilar bilimini nazorat qilishning vaqtini to`g’ri belgilashi, nazoratning turli usullaridan foydalangan holda o’quvchilarni butun dars davomida samarali ishlashini ta’minlay olishi kerak. Nazoratsiz o`quvchi shaxsining shakllanishiga pedagogik rahbarlik qilish, o`quvchilarning bilish faoliyatini, ularning aqliy va amaliy mehnatlarini boshqarish mumkin emas.
Nazorat aniq belgilangan faoliyatni yurtitishga undovchi pedagogik vosita sifatida o’quvchilarning xotira va tafakkurini hamda irodasini tarbiyalashga imkon yaratadi. Nazorat orqali o’quvchilar bilimini baholash bilan birga o’quv jarayonida ta’lim maqsadiga qay darajada erishilganini tahlil qilish mumkin.
O’qituvchi o’quvchilarnimg o’zlashtirishi zarur bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash bilan birga uni tuzatish choralarini izlashga undaydi. Doimiy nazorat o’quvchini sistemali mehnat qilishga, o`z bilimini o’zi baholashga o`rgatadi. To`g`ri va muntazam tashkil etilgan nazorat o’quvchini sistemali mehnat qilishga, o`z bilimini o’zi baholashga o`rgatadi hamda fanga bo’lgan qiziqishlarini orttiradi. Shuningdek o’quvchilarning o’zlashtirishini tekshirish o’qituvchilarning faoliyatiga baho berishga asos bo’ladi, ya’ni o’qituvchi o’quv materialini o`quvchilarga qay darajada yetkazib berishi, qanchalik tushunarli qilib bayon qila olishi va o’qitishning samarali usullaridan foydalanishi, o’quvchilarning mustaqil bilim olishlarini tashkil etishiga baho berish imkonini beradi. O`qituvchi nazorat natijalariga asoslanib o`qitishning kam samara beruvchi usullarini o`qitishning samarali usullari bilan almashtradi va shu bilan belgilangan bilimlarni egallashga keng sharoit yaratadi.
O`quv jarayonida tashkil etiladigan nazoratning turli shakllari mavjud. Biologik diktant o`quvchilar bilim va malakalarining yozma nazorat shakli hisoblanadi. Biologik diktant savollariga o`quvchi tez javob yozishi kerak, javoblar qisqa va aniq bo`lishi talab etiladi. Har bir javobni yozishga qat`iy belgilangan vaqt ajratilgani sababli savollar aniq va lo`nda, ma`noli javoblar talab etadigan bo`lishi kerak. Biologik diktantning savollariga beriladigan javoblar o`quvchini uzoq o`ylantirmasligi bilan hamda javoblar qisqa va aniq bo`lishi bilan boshqa yozma nazorat turlaridan farqlanadi. Biologik diktantlarning quyidagi turlarini tavsiya etamiz.
1. Tushirib qoldirilgan so`zlarni o`z joyiga qo`ying.
Zamburug`larning vegetativ tanasi_________ deyiladi. Zamburug’larning hujayrasida ______________ bo’lmaydi. Zamburug’lar mitseliysini tashkil etuvchi ingichka ipchalar _________ deyiladi. Mogor zamburug’ining sporalar yetiladigan a`zosi __________________ deyiladi. Zamburug`larning yashashi uchun _______________, ________________, _____________ kabi omillar zarur. Yaxshi sharoitda _______________ zamburug’i kurtaklanish yo’li bilan ko`payadi. Qalpoqchali zamburug’lar orasida _______________ va__________ iste’mol qilinadi. __________ zamburug’i ,,siyoh’’ zamburug’i ham deyiladi. Arpa, bug’doy kabi o`simliklarda ______________ zamburug’i parazitlik qiladi.
Biologik diktant javobi: sporangiy, xloroplast, gifa, mitseliy, harorat, oziq, achitqi, qo’ziqorin, yorug’lik, qo’zidumba, namlik, go`ng, qorakuya. Tushirib qoldirilgan so`zlar doskaga yozib qo`yiladi. O`quvchilar mos so`zlarni javob varaqasiga ketma - ket yozadilar.
2. Mitti diktant. O`qituvchi o`quvchilarga quyidagi savollarni birin ketin tartib raqami bilan og`zaki aytib turadi. O`quvchilar esa shu savolga tegishli atamani daftarga yozib boradilar. Diktant tugagach, o`qituvchi to`g`ri javoblarni aytadi, har bir o`quvchi oz ishini tekshirib baholaydi.
1. Zamburuglarning vegetativ tanasi. 2. Mog`or zamburug`ining oziqlanish usuli. 3.Lishayniklarda zamburug` va suvo`tning birgalikda yashashi. 4. Zamburug`, lishayniklarda ko’payish uchun xizmat qiladigan hujayra. 5. Sharsimon bakteriyalar. 6. Zamburug’ning vegetativ tanasini tashkil etuvchi ingichka shoxlangan ipchalar yig’indisi. 7.Qalpoqchali zamburug`larning iste`mol qilinadigan qismi. 8. Bukilgan bakteriyalar. 9. Lishayniklarning tanasi.
10. Zamburug`lardagi sporalar yetiladigan organ.
Mitti diktantning javoblari: 1. Mitseliy. 2. Saprofit. 3. Simbioz. 4. Spora. 5. Kokk. 6. Gifa. 7. Mevatana. 8. Spirilla. 9. Tallom. 10. Sporangiy.
3. “Raqamli diktant” O`qituvchi quyidagi atamalarni doskaga yozib qo`yadi.
1. Sporangiy. 2. Sporofit. 3. Spora. 4. Gametofit. 5. Spermatazoid. 6. Arxegoniy. 7. Tuxum hujayra. 8. Antiridiy. 9. Bahorgi poya. 10. Sporofill.
So`ngra o`qituvchi quyidagi savollarni o`qiydi. O`quvchilar doskadagi so`zlar orasidan shu savolga tegishli javobning raqamini yozadilar.
1. Erta bahorda dala qirqbo’g’imining ildizpoyasidan qanday poya o’sib chiqadi? 2. Spora beruvchi boshoqda halqa hosil qilib joylashgan shakli o’zgargan barglar nima deb ataladi? 3. Qirqbo’g’imining sporangiylarida nima yetiladi? 4. Sporofillning ostki tomonida nima joylashadi? 5. Qirqbo’g’imining yerga tushgan sporalaridan nima unib chiqadi? 6. Sporalardan unib chiqqan erkak o’simtalarda qanday a’zo hosil bo’ladi? 7. Sporalardan unib chiqqan urg’ochi o’simtalarda qanday a’zo hosil bo’ladi? 8. Arxegoniyda qanday hujayra yetiladi? 9. Anteridiyda qanday hujayra yetiladi? 10. Urug’langan tuxum hujayradan hosil bo’lgan murtakdan nima o’sib chiqadi?
Raqamli diktant quyidagi kalit yordamida tekshiriladi: 9 10 3 1 4 8 6 7 5 2

Download 21,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish