Bog'liq MINTAQA AHOLISI MEHNA RESURSLARI MUSTAQIL ISH
4.Mintaqalarda mehnat bozori va uni tartibga solish masalalari Mehnat bozori bozor infratuzilmasida ishchi kuchini yollash va undan foydalanish bo’yicha ijtimoiy-iqtisodiy va mehnat munosabatlari majmui bo’lib, mehnatga bo’lgan talab va taklifda o’z ifodasini topadi.
Ma’lumki, mehnat bozorida uchta sub’ekt faoliyat ko’rsatadi: ish beruvchi, yollanma ishchi va davlat. Agrar mehnat uzoq vaqt rejalashtirilgan iqtisodiyot sharoitida amalga oshirilishi natijasida qoloq professional iqtisodiyot, past mehnat unumdorligi hamda ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklifning muvozanatsizligi oqibatilari girdobida bo’lishi mehnat motivatsiyasi pasayib ketishiga olib keldi. Bu esa, ishchi kuchining sun’iy tanqisligini yuzaga keltiradigan yuqori mehnat sig’imi natijasi bilan bog’liq. Shu munosabat bilan rejalashtirilgan iqtisodiyot sharoitida davlat monopolist sifatida ish haqining sun’iy pasaytirilgan darajasini qo’llab-quvvatlashni ma’qul ko’rdi, chunki bu u yuritayotgan siyosatini asosiy vositalaridan biri edi.
Mehnat bozorini o’rganish jarayonida quyidagilar juda muhim hisoblanadi: «iqtisodiy muvozanat» tushunchasi, mehnat bozori segmentatsiyasi, bandlik hajmining belgilanishi.
Mehnat bozoridagi iqtisodiy muvozanatning mohiyati quyidagilardan iborat: talab, taklif, ishchi kuchi bahosi va raqobat. Ishchi kuchiga bo’lgan talabning hajmi hamda mehnat resurslariga bo’lgan talabning hajmi mehnat resurslariga bo’lgan talab va ularning bahosiga bog’liq. Taklif esa, asosan, demografik xususiyatlarga asosan belgilanadi.
Mehnat bozorning asosiy ko’rsatkichlaridan biri raqobat quyidagicha belgilanishi mumkin: agrar talab va taklifning solishtirilish jarayonida taklif talabdan ko’proq bo’lsa, demak, raqobat mavjud bo’ladi. Uni ta’minlash uchun esa, birinchi navbatda tovar ishlab chiqaruvchilarda erkinlik bo’lishi lozim.
Mehnat bozoridagi iqtisodiy muvozanat shunday holatki, unda talab, taklif va ishchi kuchi bahosi egri chiziqlari bir nuqtada bir-birlarini kesib o’tadi. Egri chiziqlar bir-birlarini kesib o’tadigan nuqta esa, mehnat bozoridagi iqtisodiy muvozanat nuqtasi hisoblanadi. Lekin, bozorning bunday holatda bo’lishi juda kamdan-kam uchraydi. Bu bozor sharoitlaridagi iqtisodiyotning iqtisodiy muvozanatda emasligidan dalolat beradi. Mehnat bozoridagi iqtisodiy muvozanatda talab, taklif va ishchi kuchining qaysi holatida ishsizlik, qaysi holatida ishchi kuchi etishmasligi kuzatiladi. Bunda mehnat bozorini boshqarishga bo’lgan ishchi kuchining muvozanatlashganini baholash juda katta rol o’ynaydi.
Bozor iqtisodiyoti nuqtai nazaridan, ish haqi darajasi ishchi kuchining narxi muvozanatlashgan narxdan yuqori o’rnatilganda taklifning talabga nisbatan ko’pligi paydo bo’ladi, talab oshgan sari ish haqi ham oshadi, talab kamaygani sari esa, ish haqi ham kamayadi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, respublikadagi past darajali mehnat ta’minotiga ega bo’lgan xo’jaliklarda mehnat natijalari erkinligining yo’qligi past daromad olinishiga sabab bo’ldi. Bu esa ularga ishchi kuchini takror ishlab chiqarish imkoniyatini bermaydi. Ayni shu sabablarga ko’ra, ushbu xo’jaliklarda ishchi kuchi tanqisligi sun’iy yo’l orqali paydo bo’ladi. Ishchi kuchi bilan yuqori darajada ta’minlangan xo’jaliklarga xos bo’lgan daromad olish tendentsiyalari ayni ishchi kuchi bilan past darajada ta’minlangan xo’jaliklarga xos bo’lgan tendentsiyalar bilan bir xil, faqat ikkinchi holatda ishchi kuchi ta’minoti bahosi va talabi ko’payishiga imkoniyat bo’lmaydi. Shuning uchun ham, bunday xo’jaliklarda ishchi kuchining ortiqchaligi yoki yashirin ishsizlik mavjud.
Mehnat bozoriga tegishli bo’lgan muhim masalalardan biri bandlik hajmini aniqlashdir. Bozor klassik nazariyasiga muvofiq, bandlik hajmi yalpi talab va yalpi takliflarning kesib o’tish nuqtasi orqali aniqlanadi. Ayni shu nuqtada kutilgan tadbirkorlik foydasi maksimal darajada bo’ladi. Bandlik hajmining o’sishi aholining iste’mol qilishga moyilligiga hamda ish joylarining ko’payishi uchun kerak bo’lgan investitsiyalar hajmiga bog’liq. Yalpi daromad o’sishi bilan iste’mol qilish ham o’sadi, shuningdek, jamiyatning yalpi investitsiyalar bilan bog’liq bo’lgan harajatlari ham oshadi.
Mehnatga bo’lgan talab miqdorini aniqlash uchun cheklangan mehnat unumdorligi egri chizig’i bilan real ish haqi egri chizig’i bir-birini kesib o’tishi mehnatning maksimal foyda olishni ta’minlovchi miqdorini ko’rsatadi.
Agrar ishlab chiqarish sohasidagi ishsizliklarning maqomini aniqlash ham muhim masalarga kiradi. Ma’lumki, qishloq joylarda yashovchi ishchilarning deyarli har biri tomorqa xo’jaligiga ega bo’lib, bunday xo’jalik qishloq oilasi yalpi daromadining 40 – 60 foizini beradi hamda ishchi kuchining qisman takror ishlab chiqarilishi va ikki tomonlama bandlikni ta’minlaydi. Shaxsiy tomorqa xo’jaligiga egalik qiluvchi va ijtimoiy qishloq xo’jaligidagi ichidan mahrum bo’lib qolgan ishchini ishsiz deb ta’riflash va uni ishsizlik bo’yicha nafaqa olish uchun mehnat birjasida ro’yxatga olish to’g’rimi?
Agar to’g’ri bo’lsa, shaxsiy tomorqa xo’jaligida band bo’lgan ishchiga xususiy tadbirkor maqomi berilishi e’tiborga olinishi kerak.
Tarkibiy segmentatsiya tashqi bozorni regional va mahalliy bozorlarga taqsimlashdan iborat. Omilli segmentatsiya esa, asosan ichki bozorga taalluqlidir. Bizning fikrimizcha, ikki bozordagi segmentatsiya ham birinchi navbatda quyidagilar bo’yicha amalga oshirilishi lozim malaka bo’yicha; mulkchilik bo’yicha; ma’lumot bo’yicha; ish haqi bo’yicha; yosh jihatidan va boshqalar.
Bundan tashqari, ichki bozor birlamchi va ikkilamchi bozorlarga taqsimlanadi. Birlamchi mehnat bozori barqaror bandlik va ish haqining yuqori darajasi bilan belgilanadi. U asosan, ma’lumoti va malakasi yuqori darajada bo’lgan ishchilardan iborat. Ikkilamchi mehnat bozori esa, bandlik darajasining beqarorligi, ishchi kuchi bahosi va malakasining past darajasi bilan belgilanadi.
O’tish davri iqtisodiyoti oldida turgan dolzarb muammolardan biri mehnat bozorini shakllantirish va samarali rivojlantirishdir. Buning uchun, avvalo, ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar rivojlanishining ob’ektiv qonunlaridan ongli ravishda foydalanish zarur.
Ma’lumki, taraqqiyot sohibi bo’lib xizmat qiluvchi inson – jamiyatning asosiy ishlab chiqarish kuchidir. U bir vaqtning o’zida moddiy boyliklar va xizmatlarning ishlab chiqaruvchisi va iste’mol qiluvchisi bo’lganligi sababli, aynan uning tufayligina «ishlab chiqarish - iste’mol» tizimida muvozanatga erishiladi.
Faqat kishi ehtiyojini juda muhim deb bilgan va u samarali takror ishlab chiqarilishini ta’minlagan jamiyatgina eng yuqori taraqqiyotga erishadi. Jamiyatning boshqa barcha vositalari: mulkchilik shakllari, ishlab chiqarish va ilmiy salohiyat, moliya, narxlar va hokazalar ushbu asosiy maqsadga bo’ysinishi kerak. Bu degani, bugungi bozorga qarab iqtisodiy tizim harakatini to’g’ri mo’ljalga olmoq o’tish davrini tezlatmoq yoxud sekinlashtirmoqdir.
Mehnat erkinligi va ixtiyoriyligi mehnat bozori shakllanishining asosiy shartidir.
Shu bilan bir qatorda mehnat bozorining shakllanishiga bevosita ta’sir ko’rsatayotgan bir qator iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, tabiiy-iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar va omillar mavjudki, ularni quyida batafsilroq ko’rib chiqamiz.
Mehnat bozori shakllanishining asosiy iqtisodiy sharti bo’lib yollanma xodimlarni o’z ishchi kuchlariga nisbatan shaxsiy mulkchiliklari va ish beruvchilarning ish joylariga jamoa yoki xususiy mulkchiligi xizmat qiladi.
Bu o’rinda shuni nazarda tutish kerakki, mazkur sub’ektlar o’zaro almashuv munosabatiga kirishishiga ularning shaxsiy manfaatlari majbur qiladi, buning orasida esa shaxsiy iste’molchilik yotadi.
Ular ham o’z navbatida qayta takror ishlab chiqarishda aholi ijtimoiy-iqtisodiy turmushining faqat kerakli ijtimoiy ehtiyojini ifodalaydi.
Mehnat bozorining vujudga kelishi ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi muvozanatga erishish uchun o’zaro raqobat qilishga tayyor erkin va teng huquqli sheriklar iqtisodiy munosabatlarda bo’lishlarini taqazo etadi.
Bozorda yollanma xodim va ish beruvchi shaxsiy erkinlik va iqtisodiy zaruriyat nuqtai nazaridan bog’langan hamda bir-birlariga qaram bo’lsalar ham bir-birlariga qarashib turadilar.
Ishchi kuchi talab va taklifi o’rtasida bozor muvozanatiga erishish mehnat bozorining shakllanishida hal qiluvchi iqtisodiy shartlardan biri hisoblanadi. Ammo bunday muvozanat mavjud emas. Buning asosiy sababi – taklif qilingan mehnatga layoqatli aholi sonining talab miqdoriga nisbatan tez o’sishidir. Iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi tarkibiy o’zgarishlar hozirgi sharoitda mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifning yangi harakatini belgilovchi eng muhim iqtisodiy shartlardan hisoblanadi. Bular sanoat va xizmat ko’rsatish tarmoqlarida yangi ish joylari yaratish va hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida sifat o’zgarishlarini asoslab beradi. Bunday sharoitlarda bir tomondan, mehnat bozorining yangi infratuzilmasi ko’p sonli mehnat talab qiladigan tarmoqlar va ishlab chiqarish bo’g’inlarini qamrab olsa, boshqa tomondan iqtisodiyotning an’anaviy sektorlarida bozor munosabatlarini vujudga keltiradi va rivojlantiradi.
Ishchi kuchi narxining o’zgarishi mehnat bozori shakllanishining muhim iqtisodiy sharti hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish amalga oshirilayotgan mamlakatlarda ish haqi haqiqiy darajasining pasayish tendentsiyasi kuzatiladi. Nazariy jihatdan bunday vaziyatda ish haqini qiyomatidan pastroq belgilash uchun qulay imkoniyatlar yaratiladi. Ammo bunday imkoniyatlardan foydalanishni davlat qonunchilik yo’li bilan «to’sib qo’yish»ga harakat qiladi. Shu maqsadda minimal ish haqi va kun kechirish uchun zarur miqdor darajasi rasmiy ravishda belgilanadi. Bunday holda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti normal faoliyat ko’rsatgan minimal ish haqi kun kechirish uchun zarur miqdor darajasidan kam bo’lmasligi kerak. Mehnat bozori konyunkturasi shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari orasida yollanma xodimlar va ish beruvchilarning sifat ko’rsatkichlarini oshirish etakchi o’rin egallaydi.
Agrosanoat kompleksi va xizmat ko’rsatish tarmoqlari ko’lamlarining kengayishi, ularning intensiv rivojlanishi, o’z vaqtida moddiy-texnik va moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishi, mehnatkashlar qayta tayyorgarlikdan o’tishini va yangi zamonaviy kasblarni (universal ishchi va xizmatchi, tadbirkor, menejment, marketing va hakozo) egallashlarini talab qiladi.
Demografik shart-sharoitlar ishchi kuchi taklifining shakllanishiga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Masalan, yuqori darajadagi tug’ilish mehnat bozoriga aholi oqimi kelishini asoslaydi.
Ish beruvchi va yollanma xodim o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) mehnat bozorida ishchi kuchini sotish, sotib olishning hal qiluvchi huquqiy sharti hisoblanadi. G’arb mutaxassislarining mehnat huquqi bo’yicha ilmiy ishlarida mehnat shartnomasi «xodimni ish haqi evaziga mehnat qilish majburiyatini olish va huquqiy bo’ysunishi mavjudligi haqidagi kelishuv» sifatida ifodalanadi. Shartnoma xususiy-huquqiy xaridorlarning turlicha ko’rinishi bo’lib, unga nisabatn fuqarolik huquqiga xos me’yorlar, qoidalar, kontseptual konstruktsiyalarni qo’llash imkoniyatlari va zaruriyatini asoslaydi.
Aholining oqilona bandligi ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi bozor munosabatlariga erishishni bildiradi. Bunday holda ishsizlikning yo’l qo’yilishi mumkin (tabiiy) darajasi vujudga keladi.
Bunday muvozanat ish beruvchilar va «mehnatga qobiliyatli» kishilarning iqtisodiy manfaatlari eng muqobil darajada amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bunda ishchi kuchiga kasb-malakali tayyorgarligi bo’yicha mos narxlar belgilanadi. Xuddi shular tufayli aholining oqilona bandligi, ijtimoiy takror ishlab chiqarish va ishchi kuchi qiymati asosida «mehnat qilish qobiliyati»ni bozorda sotish uchun taklif qilinganlarning turmush darajasi shakllanishi kam ta’minlanadi.