5 - Mavzu:Yalpi talab – yalpi taklif modeli Har qanday bozorda vaziyat talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga bog‘liq bo‘lib, ular hajmlarining o‘zgarishi baholarning o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Baholarning o‘zgarishi esa talab va taklif hajmlariga ta'sir ko‘rsatadi.
Alohida tovarlar va xizmatlar bozoridagi bunday bog‘liqlik talab va taklif modeli yordamida tadqiq qilinadi.
Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig‘i deb ataladi.
AD –AS modeli – makroiqtisodiy muvozanatning asosiy modeli Makroiqtisodiy muvozanat – narxlar darajasi va milliy ishlab chiqarishning real hajmi o’rtasidagi muvozanat. Bu muvozanat yalpi talab yalpi taklifga teng bo’lganda ta’minlanadi. Bozor
Firmalar
Uy xo’jaliklari
Tashqi dunyo
Davlat
Y = C + I + G + Xn Yalpi talabning tuzilishi Foiz stavkasi samarasi shuni bildiradiki, yalpi talabning egri chiziq bo‘yicha surilishi narxlar darajasi o‘zgarishining foiz stavkasiga bo‘lgan ta'siriga bog‘liq. Foiz stavkasining o‘zgarishi investitsiya xarajatlari hajmiga va pirovardida yalpi taklab hajmiga ta'sir ko‘rsatadi.
Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi shuni bildiradiki, narxlar darjasining oshishi, jamg‘arilgan moliyaviy aktivlari (omonatlar, obligatsiyalar) real xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Natijada olingan daromadning ko‘proq qismi jamg‘ariladi va iste'mol xarajatlari hajmi pasayadi. Bu esa yalpi talabning kamayishini keltirib chiqaradi.
Import xaridlar samarasi shuni bildiradiki, biror mamlakatda tovar va xizmatlarning ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib borsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga talab kamayadi va o‘z navbatida shu mamlakatda import mahsulotlarga bo‘lgan talab oshadi. Va, aksincha, ichki narxlarning pasayishi importning kamayishiga va eksportning oshishiga yoki YaIMga talab oshishiga olib keladi.
Yalpi talabning baho omillari Foiz stavkasi samarasi
Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi
Import xaridlar samarasi
Yalpi talabning bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillar Iste'mol xarajatlaridagi o‘zgarishlar
Investitsiya xarajatlaridagi o‘zgarishlar
Sof eksport hajmidagi o‘zgarishlar
iste'molchilarning real moddiy aktivlari miqdorining o‘zgarishi
iste'molchilar kutishi
iste'molchilarning qarzlari miqdorining o‘zgarishi
iste'molchilar daromadlaridan olinadigan soliqlar miqdorining o‘zgarishi
foiz stavkasidagi o‘zgarishlar
investitsiyalardan kutilayotgan foyda normasining o‘zgarishi
boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining o‘zgarishi
valyuta kurslaridagi o‘zgarishlar
korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining o‘zgarishi
yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb qilinishi
zaxiradagi quvvatlar o‘zgarishi
Davlat xarajatlarining (masalan, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarning) o‘zgarishi.
Yalpi taklif degandamuayyan baholar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlarning (YaIMning) real hajmi tushuniladi.
Yalpi taklif egri chizig‘ining Keyns kesmasida iqtisodiyotni nisbatan qisqa muddatda amal qilishini xarakterlaydi.
Fırmalar
Uy xo`jaliklari
Bozor
Tashqi dunyo
Davlat